Avstraliya va Okeaniya xo'jaligi 9-sing Geografiya darsligi asosida 61 § - mavzu Reja: Avstraliya va Okeaniya xo'jaligi Avstraliyada mahalliy mineral resurslar Avstraliyada qora metallurgiya Qishloq xo'jaligida Okeaniya mamlakatlarining aholisi Avstraliya Ittifoqi va Yangi Zelandiya dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari qatoriga kiradi. Avstraliyada mahalliy mineral resurslar va qishloq xo'jaligi xomashyosiga asoslangan sanoat tarmoqlari: tog'-kon, metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati yuqori darajada rivojlangan. Mamlakat yirik issiqlik va gidravlik elektrostansiyalariga ega. Avstraliyada 2012-yilda 250 mlrd. kVtsoatdan ortiq elektroenergiya ishlab chiqarildi. Bu ko'rsatkich Yangi Zelandiyada 47 mlrd. kVtsoatga teng bo'ldi. Avstraliyada hozirgi vaqtda yiliga 30 mln. t neft, 30 mlrd. m3 tabiiy gaz, 400 mln. t ko'mir qazib olinmoqda, 12 - 15 mln. t po'lat eritilmoqda, Po'lat Ko'mir Neft Don ekinlarining yalpi hosili 35 - 40 mln. t ni tashkil etadi, yarim mln. t dan ortiq paxta tolasi ishlab chiqarilmoqda. Avstraliyada salkam 30 mln. bosh yirik shoxli qoramol (Yangi Zelandiyada 10 mln. bosh), 150 mln. boshdan ziyod qo'y va echkilar (Yangi Zelandiyada 60 mln. bosh) mavjud. Avstraliyada o'rtacha yiliga 4,0 mln. t go'sht (Yangi Zelandiyada 1,5 mln. t), 8 mln. t (Yangi Zelandiyada 9 mln. t) sut tayyorlanadi. Avstraliyada qora metallurgiya Port-Kembla, Nyukasl, Uandovi shaharlarida, Rangli metallurgiya Maunt-Ayza, Klonkarri, Gladston, Kalgurli-Boulder, Port-Piri, Kanberra, Xobart, Risdon, Bell-Bey shaharlarida rivojlangan. Mamlakatda neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Avstraliyada 5 - 6 mln. t sement va katta miqdorda boshqa qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Qurilish materiallari sanoati mamlakatning barcha regionlari va shaharlarida mavjud. Avstraliyada yengil sanoat, ayniqsa, uning to'qimachilik, teri-poyabzal tarmoqlari yaxshi rivojlangan. xalqaro savdo aloqalarida dengiz transportining ahamiyati beqiyosdir. Avstraliya doirasidagi asosiy yuklar temiryo'l transporti orqali tashiladi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:27 ]
Arxiv ichida: pptx