Avstraliyaning geografik o'rni, o'rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi

Avstraliyaning geografik o'rni, o'rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi

O'quvchilarga / Geografiya
Avstraliyaning geografik o'rni, o'rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi - rasmi

Material tavsifi

6-sinf geografiya darsligi asosida 29-mavzu: AVSTRALIYA VA OKEANIYA Avstraliyaning geografik o'rni, o'rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi Avstraliyaning asosiy xususiyatlari. Eng mitti, eng past, eng quruq materik, xaltali hayvonlar vatani, sayyoramizning yaxlit noyob qo'riqxonasi, o'rtasidan janubiy tropik chizig'i o'tadi, evkaliðt daraxti vatani (bo'yi 2 m dan 150 m gacha), materikdagi berk havza maydoni (60 %) jihatidan birinchi o'rinda, yagona davlat - Avstraliya Ittifoqi bor, aholisining deyarli yarmi ikkita shaharda (Sidney, Melburn) yashaydi. Maydoni - 7 mln 659 ming kv km. Geografik o'rni. Avstraliya (lotincha australius - janubiy) to'liq janubiy yarimsharda joylashgan. Quruqlikni shimol, g'arb va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o'rab turadi. Maydonining kichikligiga ko'ra unga materik-orol nisbatini berishgan. Odam yashaydigan materiklardan ancha uzoqda joylashgan. O'rganilish tarixi. Avstraliya odam yashaydigan materiklar orasida eng keyin kashf etilgan. Yevropaliklardan birinchi bo'lib Avstraliya quruqligiga qadam qo'ygan kishi niderlandiyalik Uilyam Yanszondir. U 1606- yilda Keyp-York yarimorolini tekshirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi. Shu sana Avstraliyaning kashf etilgan vaqti bo'lib, geografiya tarixiga kirdi. Keyinchalik, ispaniyalik L. Torres, niderlandiyalik A. Tasman va boshqalar materikni o'rgandilar. Geologik tuzilishi. Avstraliya qadimgi geologik o'tmishda Gondvana materigining bir qismi bo'lgan. Mezozoy erasining oxiriga kelib Avstraliya mustaqil materik tariqasida shakllandi. Materik asosini qadimgi qattiq va mustahkam platforma tashkil etadi. U Hind-Avstraliya litosfera plitasining bir bo'lagidir. Platformaning mustahkam kristalli zamini materikning shimolida, g'arbida va markaziy qismlarida yer yuzasiga chiqib yotadi. Sharqiy qismidagi Katta Suvayirg'ich tizmasi gersin tog' burmalanishida ko'tarilgan. Keyingi tektonik harakatlar natijasida Yangi Gvineya, Tasmaniya - materik orollari quruqlikdan ajralib qolgan. Kuchli zilzilalar kuzatilmaydi, vulqonlar umuman yo'q. Foydali qazilmalari. Platformaning zaminida temir, mis, qo'rg'oshin, rux, uran rudalari, qalay, oltin, platina kabi rudali qazilmalar joylashgan. Cho'kindi jinslar bag'rida fosforit, osh tuzi, toshko'mir va qo'ng'ir ko'mir, neft, tabiiy gaz tarkib topgan. Avstraliya temir va rangli metallar (boksit, qo'rg'oshin, rux, nikel) hamda uran zaxiralari bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinda turadi. Ko'pgina qazilma boyliklar yer yuzasiga yaqin joylashgan. Shu bois, ular arzon - ochiq usulda qazib olinadi. Avstraliya - rux, qo'rg'oshin va kumush qazib chiqarishda dunyoga mashhur. Relyefi. Materikning 95 % hududi pasttekislik va yassi tog'- liklardan, 5 % i tog'lardan iborat. Avstraliya relyef tuzilishiga ko'ra uch qismga ajraladi. Birinchisi, G'arbiy Avstraliya yassi tog'ligidir. U yassi tog'lik va baland tekisliklardan iborat (atlasga qarang). Nurash natijasida yemirilib, pasayib qolgan balandliklar va qoldiq tog'lar ko'zga yaqqol tashlanadi. Bunga yassi tog'liklar ustidan baland ko'tarilib turgan Makdonnell (Zil cho'qqisi - 1 510 m) va Xamersli (Brus cho'qqisi - 1 226 m) tog'lari misol bo'ladi. Kelib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.65 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:27 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.65 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga