Hayvonot dunyosi Reja: Tinch okeanning o'rta qismidagi orollar Avstraliya va okeaniyaning territorial farqlari hamda rayonlar obzori Shimoliy avstraliya Sharqiy avstraliya Janubi sharq Markaziy tekislik Avstraliya faunasi turlarga boy emas, orollar faunasi ayniqra kambag'al. Bunga sabab shuki, materik va orollar qadimdan Yer sharining boshqa quruql-iklaridan ajralib qolgan hamda ular faunasi o'zicha rivojlanib borgan. Ikkinchi tomondan, Avstraliya faunasi tarkibida Janubiy Amerika, Antarktika va Janubiy Osiyo faunasining bazi bir vakillariga o'xshagan yoki ular avlodidan bo'lgan hayvonlar ham bor. Avstraliyaning va Okeaniyadagi materik orollarning, xususan, Yangi Zelandiyaning faunasi juda qadimgiligi hamda endemikligi bilan ajralib turadi va aniq ifodalangan relikt xususiyatga ega. Materik va orollardagi yovvoyi hayvonlar tarkibida boshqa qitalarda tarqalgan hayvonlarning ko'p gruppalari yo'q. Xususan platsentar sutemizuvchilarning deyarli hamma otryadi, qushlar, bo'g'ma ilonlar va boshqalarning bazi bir avlodlari va butun-butun oilalari yo'q. Avstraliya va Okeaniya faunasida tafovutlar ham borki, ular kichik oblastlarni ajratishga imkon beradi. Bular: materik va Tasmaniyani o'z ichiga oluvchi Avstraliya, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, Polineziya. Avstraliya faunasining eng xarakterli xususiyati tuban sut-emizuvchilar-bir teshiklilar va qopchiqlilarning keng tarqalganligidir. Bir teshiklilarning ikkita oilasi-o'rdakburunlar bilan exidnalar oilasi mavjud, ular faqat materik va bazi bir orollarda saqlangan. Qopchiqlilar Avstraliyaga nisbatan yaqinda-antropogen boshlarida kirib kelgan. Avstraliya va Okeaniyaning zoogeografik rayonlashtirilishi. Avstraliya oblastida qopchiqlilarning 130 tagacha turi bor bular oliy sutemizuvchilar-ning turli biologik tiplariga mos bo'lgan turli gruppalardan iborat: qopchiqli it, yirtqichlar, kemiruvchilar, daraxtlarda yashozchilar, hasharotxo'rlar. Qengurular oilasi vakillari ayniqsa ko'p sonli va hayot tarziga ko'ra xilma-xildir. Shuningdek ornitofauna, sudralib yuruvchilar va hasharotlar ham juda o'ziga xosdir. Masalan, Avstraliyadagi 66 tur qushlardan 450 turi endemik. Avstraliyaning turli qismlari faunasi hozirgi zamondagi tabiiy sharoitga bog'liq ravishda o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu ichki har xillik yana tarixiy taraqqiyot sharoitiga ham bog'liq. Masalan, Avstraliyaning uzoq vaqt mobaynida dengiz orqali ajralib turgan g'arbiy va sharqiy qismlari o'rtasida katta tur tafovutlari mavjud. Avstraliyaning shimol va sharqidagi, shuningdek, Yangi Gvineya va bazi bir boshqa orollardagi sernam tropik hamda subtropik o'rmonlar uchun daraxtlarda yashovchi turli xil hayvonlar xarakterlpdir. Xyniqsa xaltaly ayiq, yani koala ayig'i (Phascolarctos-cinereus) diqqatga sazovor, buni yana xaltali yalqov (lenivets) deb ham ataladi. U tunda hayot kechiruvchi hayvon bo'lib, ko'p vaqtini .daraxt ustida o'tkazadi, daraxt bargi bilan oziqlanadi. Bundan tashqari, ko'pincha daraxt ustida yuruvchi kuzu (Irichosurus), shakar olmaxon va daraxtda yashovchi kenguru ham tarqalgan. Yangi Gvineyada Osiyo faunasining ayrim vakillari, masalan, yovvoyi to'ng'iz bor. Tropik o'rmonlarning qushlarjjuda xilma-xil va boy. Bu yerda liradum (Menula superba) Avstraliya faunasining endemik vakili bo'lgan haqiqiy kazu.ar (Casuarius casuarius), rang-barang va chiroyli jannat qushlari, turli to'tilar, asalxo'r ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
309.54 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
309.54 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:27 ]
Arxiv ichida: doc