Avtomobilsozlik

Avtomobilsozlik

O'quvchilarga / Geografiya
Avtomobilsozlik - rasmi

Material tavsifi

8-sinf geografiya darsligi asosida 20-mavzu: AVTOMOBILSOZLIK Avtomobilsozlik O'zbekistonda mustaqillikdan so'ng shakllandi. 1992-yilda O'zbekiston Respublikasi Janubiy Koreyaning «DAEWOO» kompa-niyasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatining Asaka shahrida paxta tashiydigan tirkamalar zavodi negizida yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan «Uz-Daewoo Avto» (bugungi kunda «GM Uzbekistan») avtomobil zavodi qurila boshlandi. 1996-yilda dastlabki «Damas», «Tico», «Nexia» rusumli yengil avtomobillar zavod konveyeridan chiqa boshladi. Bu yosh va istiqbolli soha neft-kimyo, elektronika kabi boshqa milliy iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalarining o'ziga xos lokomotivi bo'ldi. Koreyalik, italiyalik, gollandiyalik va amerikalik hamkorlar bilan faoliyat yuritib, kompaniya doim respublikada ishlab chiqariladigan jamlovchi qism-lar ulushini oshirib kelmoqda. Dastlabki yili avtomobil qismlarining 20 foizi O'zbekistonda tayyorlangan bo'lsa, 5 yil o'tgach bu ko'rsatkich 60 foizga ya-qinlashdi. Endilikda bu ko'rsatkich 85 foizni tashkil etib, avtomobilsozlik kor-xonalarining mamlakat doirasidagi kooperatsiyasi yuksak darajaga ko'tarildi. Bugungi kunda respublikaning 250 dan ortiq korxonalari o'z mahsulotlarini Asaka shahridagi avtozavod konveyeriga yetkazib bermoqda (44-rasm). Mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish tadbirkorlik ruhini rivojlantirishga yordam berib, qo'shimcha ish joylari yaratildi. O'zbekiston jahonda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-davlatdir. «GM Uzbekistan» zavodi «Damas», «Nexia», «Lacetti», «Chevrolet Captiva», «Spark», «Malibu» kabi avtomobillarini ishlab chiqarmoqda. Respublika yalpi ichki mahsulot umumiy hajmida avtomobilsozlarning ulushi yildan yilga ortib bormoqda. Jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobatchilik kompaniyadan doimiy ravishda, zamonaviy texnologiyalarni, ilmiy va dizaynerlik ishlanmalarini tatbiq etishni talab etmoqda. Kelajakda yosh mutaxassislarni tayyorlash, ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarini barpo etish, ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish, ishchilarning intellektual imkoniyatlarini rag'batlantirish muhim vazifa hisoblanadi. O'zbеkistоndа ishlаb chiqаrilgаn аvtоmоbillаrning ekspоrt hаjmi оrtib, gеоgrаfiyasi kеngаyib bоrmоqdа (45-rаsm). Birginа Rоssiya Fеdеrаtsiyasidа 750 mingdаn оrtiq bizdа ishlаb chiqаrilgаn аvtоmоbillаr hаrаkаtlаnmоqdа. O'zbеkistоn Rоssiyagа аvtоmоbil sоtish bo'yichа Chехiya, АQSH, Ukrаinа hаttо Frаnsiyadаn hаm оldindа turаdi. Yengil avtomobillardan tashqari O'zbekistonda Yaponiyaning ISUZU va Germaniyaning MAN korxonalari blan birgalikda tashkil qilingan qo'shma korxonalarda avtobuslar, yuk mashinalari, turli maxsus texnikalar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi (46-rasm). Ayni paytda mazkur korxonalar avto transport vositalarining 30 dan ortiq turini ishlab chiqaradi. Loyihani ishlab chiqish davrida «Sam Avto» qo'shma korxonasining ta'minotchisi bo'lishi mumkin bo'lgan korxonalar aniqlandi. Ular orasida: lok-bo'yoq, o'rindiq va detallar hamda ko'plab boshqa buyumlar ishlab chiqarish bo'yicha O'zbekiston-Janubiy Koreya qo'shma korxonalari bor. Istiqbolda mahalliy ishlab chiqarish ulushi avtobuslarning 56 va yuk mashinalarning 44 foizini tashkil etishi kerak. Bu mamlakatimiz mashinasozligi o'zining mustahkam zaminiga va porloq istiqboliga ega ekanligidan dalolat beradi. O'zbekistonda avtomobilsozlik sanoati rivojlanar ekan, turli hududlarda sanoat korxonalari qurila bordi. Jumladan, «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatining Xorazm viloyati filial! hamda Toshkentdagi «GM Powertrain Uzbekistan» avtomobil dvigatellari zavodlari ishga tushdi. Xorazm viloyati filiali mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati tarkibida iqtisodiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo'shayotgan korxonalardandir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.36 MB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:27 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.36 MB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga