Baland Osiyo Markaziy Osiyoning cho'ldan iborat yassi tog'liklaridan janubda, ular bilan Gang va Hind pasttekisligi oralig'ida Yer sharidagi juda baland tog' va tog'liklar sistemasi joylashgan, ularning o'rtacha balandligi 500 m dan oshadi. Bu tog'lar sistemasiga g'arbda Pomir, Hindiqush va Qoraqurum tog' tugunidan sharqda Tibet tog'ligining sharqiy chekkasigacha bo'lgan yerlar. kiradi. Butun Tibet tog'ligi, Kunlun va Nanshan shu o'lkaga kiradi. Ilgari Himolay tog'lari sistemasini O'rta dengiz burmalanish mintaqasiga kiritilar edi, lekin yangi ma'lumotlarga ko'ra u Hindiston platformasining neogenga qadar rivojlanishning platforma tipida bo'lgan, aktivlashgan chekka qismidan iboratdir. Buni va shuningdek, Himolay tog'lari iqlimining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, biz bu tog'larni-Baland Osiyo bilan emas, balki Janubiy Osiyo tarkibida ko'rib chiqamiz. Turli yoshdagi burmali hosilalardan iborat bo'lgan Baland Osiyo neogen oxirida antropogenda ko'tarilgan, bu ko'tarilish hali ham davom ztayotgan bo'lib, dunyoda balandligiga ko'ra ham, egallagan maydoniga ko'ra eng katta balandlikning shakllanishiga olib kelgan. Baland Osiyoning mavjudligi uning o'zida baland tog' landshaftlari va balandlik mintaqalanishi turli tiplarining keng rivojlanishiga sabab bo'lib qolmasdan Osiyoning boshqa qismlari tabiiy sharoitining shakllanishiga ham juda katta ta'sir ko'rsatadi. Atmosfera umumiy tsirkulyatsiyasiga kiruvchi havo oqimlari yo'lida dunyoda eng katta orografik to'siq bo'lgan Baland Osiyo Osiyo maksimumining kuchayishiga yordam beradi, materik ichki qismiga Hind va Tinch okeanlardan havo oqimlarining kirishiga to'sqinlik qiladi va g'arbiy shamollarning tarqalishiga ta'sir ko'rsatadi. Osiyodagi hamma eng katta daryolar Baland Osiyodan boshlana,di va to quyilish joyigacha uning ta'siri ostida bo'ladi. Bularning hammasi Baland Osiyoning Yevrosiyo materigining mustaqil yirik qismi sifatida ajratishga imkon beradi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
6.96 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
6.96 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:27 ]
Arxiv ichida: doc