6-sinf geografiya darsligi asosida 57-58-mavzu: Balandlik mintaqalari Yevrosiyo hududining deyarli yarmi tog'lardan iborat. Tog'lardagi balandlik mintaqalarining soni va turi ularning geografik o'rniga, balandligiga, yo'nalishiga, havo oqimlariga ro'para kelishiga bog'liq. Tog' qaysi tabiat zonasida joylashgan bo'lsa, balandlik mintaqaning asosi ham shu tabiat zonasi hisoblanadi. Balandlik mintaqalarining almashinib kelishi Himolay (38° sh. k., 88° shq. u.), Alp (46° sh. k., 18° shq. u.) tog'larining janubiy yonbag'rida aniq namoyon bo'ladi. Himolayning tog' etaklarida botqoqlashgan changalzorlar - terayalar joylashgan. Tuprog'i qorabalchiq-botqoq, o'simligi baland bo'yli (5 m gacha) o't o'simliklari, sovun daraxti, mimoza, palma va bambuklardan iborat. Undan tepada tropik nam o'rmonlar (ferrolit tuproqlar, asosiy o'simligi dafna, palma), subekvatorial doimiy yashil o'rmonlar (ferralit tuproqlar, asosiy o'simligi dub, magnoliya), subtropik doimiy yashil o'rmonlar, bargini to'quvchi keng bargli o'rmonlar (o'rmon-qo'ng'ir tuproqlar, yong'oq, qayin, zarang), igna bargli o'rmonlar (chala-podzol tuproqlar, oqqarag'ay, tilog'och), baland bo'yli subalp va past bo'yli alp o'tloqlari (tog'-o'tloq tuproqlar), qor va muzliklar almashib keladi (22- rasm). Terayalarning iqlim sharoiti yerdan 2 - 3 marta hosil olish imkonini beradi. Odatda, yozda sholi, jut, shakarqamish, qishda esa arpa, grechixa va bug'doy yetishtiriladi. Himolay va Alp tog'laridagi balandlik mintaqalarini qiyoslasak, shunday xulosaga kelish mumkin: baland tog'lardagi mintaqalar soni qutblardan ekvator tomon ortib boradi. Agar bunday tog' qutbda bo'lsa bitta, agar taygada joylashsa uchta, dasht zonasida joylashsa yettita balandlik mintaqasi hosil bo'ladi. Masalan, Kavkaz tog'laridan qutbgacha qancha tekislik mintaqalari bo'lsa, shu tog'ning shimoliy yonbag'rida shuncha balandlik mintaqalari tarkib topadi. Kavkaz tog'ining shimoliy yonbag'rida dasht, o'rmon-dasht, keng bargli o'rmonlar, aralash o'rmonlar, igna bargli o'rmonlar, subalp va alp o'tloqlari, eng balandda qor va muzliklar almashinib keladi. 6-sinf geografiya darsligi asosida 58-mavzu: Aholi soni va irqlari. Yevrosiyoda 2016- yil 1- iyul hisobi bo'yicha 5 mlrd 177 mln kishi yashaydi (Yevropada 740 mln, Osiyoda 4 mlrd 437 mln). Bu dunyo aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Yevrosiyo aholining zichligi (1 kv km ga 96 kishiga yaqin) va o'sishi bo'yicha boshqa materiklarga nisbatan oldinda turadi. Aholining o'sishi O'rta Osiyoda, Osiyoning janubi va janubi-sharqiy qismida yuqori bo'lsa, Yevropada ancha past. Hindiston yarimoroli, Buyuk Xitoy tekisligi, Yevropada aholi zich, materikning shimoliy qismi, tog'lar va cho'llarida juda siyrak yashaydi. Yevrosiyoda, asosan, yevropeoid va mongoloid irqlariga mansub bo'lgan aholi yashaydi. Aholining deyarli yarmi yevropeoid irqiga tegishli bo'lib, Yevropava Osiyoning janubi g'arbida tarqalgan. Yevrosiyo xalqlari. Odatda, aholini xalqlarga ajratishda mezon hisoblangan tili, tarixan an'ana bo'lib kelgan madaniyma'naviy merosi (urf-odatlari), turmush tarzi hisobga olinadi. Jumladan, tiliga ko'ra, Yevropaqit'asida uchta yirik guruh - german, roman, slavyan guruhlari mavjud. Osiyoda esa ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
879.68 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:27
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
879.68 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:27 ]
Arxiv ichida: ppt