Bangkok shahri atrofidagi uy-joylar va aholi

Bangkok shahri atrofidagi uy-joylar va aholi

O'quvchilarga / Geografiya
Bangkok shahri atrofidagi uy-joylar va aholi - rasmi

Material tavsifi

Bangkok shahri atrofidagi uy-joylar va aholi Ortiqcha belgi sifatida yo'qolgan, skeletning umumiy ixchamlashuvi ro'y bergan (suyak ingichkalashgan, bo'y pasaygan), pigmentatsiya bir oz kuchaygan. Bu o'zgarishlar va okeanik tarmoq bilach aralashuv natijasida shunday irq tiplari paydo bo'lganki, ular shimoliy va sharqiy mongoloidlardan ancha farq qilgan. Asta-sekin alohida janubiy mongoloid yoki Osiyo-Tinch okean irqi vujudga kelgan; bu irqni ko'pchilik antropologlar mongoloid ekvatorial katta irqlar o'rtasidagi o'tkinchi (oraliq) irq deb qaraydilar. Bu irqqa Xitoyning janubiy rayonlari aholisi, Hindixitoy yarimoroli va Malayya arxipelagi orollaridagi xalqlarning katta qismi kiradi. Yaponlarni bazan shu irqqa kiritadilar, boshqa hollarda ularni esa mongoloidlar bilan okeanik tarmoq orasidagi alohida irq tipiga ajratadular. Hozirgi vaqtda Xokkaydo orolida yashovchi (ilgari esa orol tarzida katta areal hosil qilgan) va nisbatan kam sonli aynlar kelib chiqishi hamda irqiy xususiyatlari jihatidan katta qiziqish uyg'otadi. Ular bo'yining pastligi, pigmentatsiyasining och (oqish) ekanligi va yuzi hamda tanasi juda serjun ekanligi (aynlar-Yer yuzida eng serjun odamlardir), sochining to'lqinsimonligi bilan xarakterlanadi. Aynlarning bazi belgilari (masalan, tanasining nisbatan oqish ekanligi) ularni evropeoidlarga kiritishga asos bergan. Hozirgi vaqtda aynlar-ekvatorial irqning okeanik tarmog'ining alohida antropololik tipidir, bu tip shimolga ancha uzoq kirib borishi jarayonnda pigmentatsiyasini yo'qota borgan va tanasidagi tukning o'sishi kuchaygan, degan fikr ustun turadi. Ilgarilari aynlar faqat Yapon orollarida yashamay, Saxalin va Kuril orollariga ham kirib borganlar. Qeyinchalik ularni materikdan kirib kelgan aholi-yaponlar siqib chiqargan va qisman qirib tashlagan. Yevrosiyo hozirgi aholisining soni (orollar aholisini ham qo'shib hisoblaganda) 2,8 mlrd. kishidan ortadi. Bu butun Yer yuzi aholisining katta qismini tashkil etadi. Buncha ko'p aholi materik bo'ylab g'oyat notekis taqsimlangan. Yevrosiyoda aholining har joylardagi zichligi o'rtasidagi farq boshqa materiklardagiga qaraganda eng kattadir. Yevrosiyoda deyarli aholi yashamaydigan territoriyalar bilan birga shunday katta territoriyalar ham borki, ular aholisining zichligi Yer yuzida eng yuqoridir. Aholi zichligi G'arbiy Yevropa, Sharqiy Osiyo va Janubiy Osiyoda eng katta bo'lib, bu erlardagi juda katta maydonlarda aholining o'rtacha zichligi 200 dan 600 kishigacha to'g'ri keladi va undan ham ortadi. Yevropada aholi zichligining kattaligiga sabab shaharlarning ko'pligi va sanoat rivojlanishi darajasining yuqori ekanligidir. Osiyoning musson tabiatli qismida qishloq aholisining zichligi juda katta. Osiyo bo'yicha aholining o'rtacha zichligi 90 kishi bo'lgani holda VSR ning ayrim rayonlari, Yava va Sharqiy Bengaliyada 1 km2 ga 100-1500 kishi to'g'ri keladi. Shu bilan birga Osiyoning musson tabiatli qismining ko'pgina tog'li rayonlari yoki tropik o'rmonlar bilan qoplangan juda keng botqoq bosgan pasttekisliklari, shuningdek, Chekka Shimol rayonlarida aholi siyrak yoki bu erlarning deyarli aholisi yo'q. Markaziy va G'arbiy Osiyoning qurg'oqchil oblastlarida ham juda katta territoriyalarda aholi juda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.72 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.72 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga