Belarus. Belorussiya Respublikasi

Belarus. Belorussiya Respublikasi

O'quvchilarga / Geografiya
Belarus. Belorussiya Respublikasi - rasmi

Material tavsifi

Belorussiya Respublikasi MDH ning g'arbiy qismida Sharqiy Yevropatekisligida joylashgan. Maydoni 207,6 ming km2 . Shimoli-g'arbdan Litva, shimoldan Latviya, shimoli-sharqdan va sharqdan Rossiya, janubdan Ukraina, g'arbdan Polsha bilan chegaradosh. Polsha, Rossiya va Ukraina bilan chegaradoshligi iqtisodiy qulayligi bo'lsa, dengiz bilan tutashmaganligi noqulayligidir. Ayni vaqtda Rossiya bilan xorijiy Yevropadavlatlari orasida tranzit yo'llar ustida joylashgan. Territoriyasining 7 % i torfli botqoqliklardir. Belorussiya siyosiy-ma'muriy tuzilishiga ko'ra 6 ta oblastga bo'linadi. Millioner shaharlari bitta. Aholisi 10100 (1986y.), 1023600 kishi (1997y.), 9,9 mln (2003y.), 9,7 mln. (2006 y.) bo'lib, asosiy Sharqiy slovyan xalqlaridir.Tug'ilish koeffisenti 9%0, o'lim 14%0. 1 ayolga 1,3 bola to'g'ri keladi.15 yoshgacha bo'lganlar 18 %, 64 yoshdan yuqori bo'lganlar 14 %.O'rtacha umr 63-75 yosh.YAMD 7630 dollor.Aholisining 81 %ini beloruslar tashkil etadi.Beloruslardan tashqari ruslar, yahudiylar, ukrainlar va polyaklar yashaydi.Aholisining zichligi ancha katta 1km2ga 47 kishi (2006y.).Yirik shaharlari: Minsk (16800), Gomel (50400), Mogilev, Vitebsk, Gradno (1996y.).Urbanizasiya darajasi 62%.Mehnat resurslari bilan yaxshi ta'minlashgan, lekin mustaqillik yillari mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklar sababli oqillar migrasiyasi kuzatilinmoqda. Belorusiya asosan pastekislikdan tashkil topgan bo'lib, janubida katta maydonni Polese tekisligi egallagan.Tog'lar umuman yo'q.Faqat Minsk qirlari bo'lib, ularning mutloq balandligi 345 m.Mamlakat hududining 13 qismini o'rmonlar tashkil etadi.2-jahon urushi Belorusiya o'rmonlariga katta zarar etkazgan.O'rmonlar mamlakatning markaziy va janubiy qismlarida ko'proq.Belorusiyada yirik o'rmon massivlari pushcha deyiladi. Belorusiya asosan binokorlik materiallari (ohaktosh, mergel, kaolin, kvars qumlari) va o'rmonga boy, torfga ham boy. Boshqa yonuvchi foydali qazilmalar va metallarga juda kambag'al. Shuning uchun Belorussiya sanoati butunlay chet el xom-ashyosi va yoqilg'isiga muhtoj. Belorusiya XGMT da mashinasozlik, ximiya, yog'ochsozlik, yengil va oziq ovqat sanoatlari, zig'ir tola, kartoshka yetishtirish, sut chorvachiligi va cho'chqachilik bilan ajralib turadi. Mamlakat tekislikda joylashganligi sababli GES lar yo'q, AES lar ham qurilmagan. Elektr-energiyasini asosan torfga ishlaydigan IESlar va chetdan keltiriladigan ko'mirga asoslangan IES lar beradi. Shuningdek, tabiiy gazga asoslangan. Lekin elektr-energiyasi bilan o'zini o'zi ta'minlay olmaydi.Rossiyadan oladi. Ko'mirning tannarxi qimmatligi, torf arzonligi tufayli torfga e'tibor oshmoqda. Belorusiyada metall yo'q. U metalni Rossiyadan , ko'mirni Ukrainadan oladi. Mashinasozlik sanoati traktorlar (Belorus, kranlar), ko'p tonnali og'darma mashinalar (Samosval), MM 133 metal qirquvchi stanoklar, qishloq xo'jalik mashinalari, asbobsozlik, radioapparaturalar, elektrotexnika va chorva fermalari uchun turli jihozlar ishlab chiqarish rivojlangan edi, lekin hozir krizis. Ximiya sanoatida kaliy tuzlari (Soligorsk shahri mamlakatda ishlab chiqariladigan kaliy o'g'itining 40% ini beradi), ximiyaviy tolalar, plastmassa, avtomashinalar ishlab chiqariladi. Neft-ximiya sanoati tarmoqlari Do'stlik atrofida joylashgan. Yog'ochsozlik sanoati gugurt va faner ishlab chiqaradi. Mebel ishlab chiqarish juda tez o'smoqda. Yog'ochsozlikning asosiy markazlari: Bobruysk va Mogilyov. Go'sht-sut sanoati hamma joyda bor. Qishloq xo'jaligida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.22 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.22 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga