Bino inshoatlar davlat kadastrini yuritish Reja: Bino va inshootlar davlat kadastri, uning mazmuni, mohiyati, yuritish tamoyillari. 2. Binolar va inshootlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish. 3. Bino va inshootlar kadastrini yuritishni tashkil etish 1. Bino va inshootlar davlat kadastri, uning mazmuni, mohiyati, yuritish tamoyillari. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarining rivojlan borish yer munosabatlarini tubdan qayta qurish bilan bir qatorda ushbu yer maydonlari bilan mustahkam bog'liq bo'lgan ko'chmas mulklar, yani bino va inshootlar hamda ular bilan bo'ladigan turli harakatlarni tartibga solishni talab qiladi. Bu esa, o'z navbatida Davlat kadastrlarining yagona tizimi tarkibida bino va inshootlar davlat kadastrini yuritilishini taqozo qiladi. Bino va inshootlar davlat kadastini yuritsh tizimi - bu kadastr axborotlarini to'plash, qayta ishlash, hisobga olish, bir tizimga keltirish, saqlash, yangilab turish va foydalanuvchilarga berishdan iboratdir. Binolar vka inshootlar davlat kadasti binolar inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk egalarining va shu obyektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro'yxatidan o'tkazilishini ta'minlash uchun yuritiladi. Binolar va inshootlar davlat kadastri ma'lumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir. Kadast hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni soliqqa tortishda, loyihalashtirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma'lumotlar sifatida qabul qilinadi. Binolar vainshootlar davlat kadastrini yuritish bu obyektlar to'0risidagi kadastr ma'lumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa ma'lumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Bino va inshootlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi shaxslar davlat ro'yxatidan o'tkazishda qonun buzilishlarini bilib qolgan taqdirda, bu to'g'rida tegishli davlat organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishlari kerak bo'ladi. Mulk ega bo'lgan yoki binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga ega bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar ularga tegishli binolar va inshootlar davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi hujjatlarga ega bo'lishlari kerak. Odatda bino va inshootni davlat ro'yxatidan o'tkazish majburiyati mulk egasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga ega bo'lgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuo'yicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlar va majburiyatlarni bo'yobga chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Binolar va inshootlar meros qilib olingan taqdirda binolar va inshootlarga egalik huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar merosxo'rga yoki davlatga qonunchilikda belgilangan tartibda o'tganda keyin davlat ro'yxatidan o'tkaziladi. Binolar va inshootlar davlat kadastrini tashkil etish va yuritish tuman, shahar ko'chmas mulk kadastri xizmatiga yuklanadi. Bu xizmat kadastr hujjatlarini va kadastr ma'lumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor etishdan himoya qilinishini ta'minlashi zarur. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ham an'anaviy (kadastr kitobida ro'yxatdan o'tkazish, kadastr ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.5 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.5 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:27 ]
Arxiv ichida: doc