Biosfera ta'limoti Biosfera ta'limoti biotik moddalarning tabiatda aylanishi, biosferaning chegarasi, ozonosfera va uning roli, tirik modda, biokos, biogen moddalar to'g'risida ma'lumot yoritilgan. Inson va biosfera, biosferadagi o'zgarishlarda insonning roli, biosfera barqarorligini asrash to'g'risida ma'lumot berilgan. V.V.Dokuchaev o'z ishlarida, birinchi bo'lib, hayotning tabiiy jarayonlarga ta'sirini, yani tuproq hosil bo'lishi faqat iqlimgagina bog'lik bo'lmay, o'simliklar va hayvolarning iig'indisi ta'siriga ham bog'liq bo'lishini asoslab berdi, Akademik V.I.Vernadskiy biosferaning kompleks ta'limotini yaratdi. U tirik va o'lik tabiatning o'zaro bog'liqligi qonunini, ular holatning bir butunligi sifatida ochib berdi. V.I.Vernadskiy ta'limoti asosini biosfera tushunchasi tashkil etib xuddi yerning butun bir qobig'i, hayot bilan qoplangan va sifat jihatidan tirik moddalardan hosil bo'lgan qobiq tashkil qiladi. Tirik modda-bu biosferada eng zo'r kuch. Tog' jinslari, suv, biosfera havosi tirik moddaga ta'siri ostida o'zgaradi. Tabiatda ta'sirlashishlarning yangi qonuniyatlari pnydo bo'ladi. Biosfrraning pastki chegarasi yer yuzidan 3 km chuqurlikda va okean tubidan 0,5 km pastda yotadi. Yuqori chegarasi troposferaning hammasi va stratosferaning pastki qismi, yer yuzidan o'rtacha 20 km balandlikkacha bo'ladi. Biosferani vertikal bo'lganda moddalarning 3 ta yarusini: qattiq (litosfera), suyuq (gidrosfera) va gazsimon (atmosferani) yaruslarini ko'rish mumkin. Ozonosfera (ozon ekrani) - biosferaning yuqoriasida yotuvchi 20 dan 35 km gacha bo'lgan qavat bo'lib, u ultrabinafsha nurlarni yutadi, bu esa biosfredagi tiriklikni o'limdan saqlaydi. Ozonsfera biogen kislorod hisobiga hosil bo'ladi, yani u yerdagi tirik organizmlar hosil qilgan kisloroddan kelib chiqqan. V.I.Vernadskiy biokos moddalar deb, tuproq va tabiiy suvlarni aytgan. V.I.Vernadskiy yer yuzida tirik organizmlardan kuchliroq kimyoviy kuch yo'q degan edi. Biosferaning o'zaro doimo ta'sirlanuvchi strukturasi uning yig'ilgan, baayni mustahkam, dinamik sistemalili gini belgilaydi. V.I.Vernadskiy biosfera-bu bizni o'rab turgan tabiat dir deb yozadi. Haqiqatdan ham, tabiiy atrof-muhit va biosfera tushunchalari bir-birlarini tuldiruvchi tushunchalardir. Tog'lar, daryo, okean, havo massasi, yerda hayot paydo bo'lgunga qadar paydo bo'lgan. Keyin, tirik moddalarning rivojlanishi natijasida ular moddalarining biogen ko'chishiga uchragan hamda bularning yordamida biosferada o'zgarishlar sodir bo'lgan. Tirik modda qisqa vaqt ichida atmosfera, tabiiy suvlar va cho'kma jinslarning tarkibini yangilagan. Tirik moddalar faoliyati, yani ularning bilvosita ta'siri-bu ozon ekrani, hamda juda ham katta miqdordagi organik birikmalarning paydo bo'lishidir. Yerning tirik qoplami planetaning turli uchastkalaridagi iqlim, suv va havo massasining aylanishi va tog' jinslarining parchalanishiga ta'sir qiladi va hakozalar. Sayyoramizning taraqqiyot tarixida va hozirgi hayotida biosferaning roli juda katta. Chunki Yerning geografik qobig'i taraqqiyotida bioximik, geoximik jarayonlarning ro'y berishida «tirik» organizmlarning ishtiroki g'oyat muhimdir. Biosferaning tirik moddasi orqali har yili sayyoramizda juda katta miqdorda moddalar almashinuvi ro'y beradi, natijada Yerning geoerafik qobig'ida katta o'zgarishlar yuz beradi. Organizmlar tog' jinslarining ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.63 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:28
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.63 MB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: pptx