Bobotog' okrugi Reja: Geografik o'rni Yog'in okrugda hudud va yil fasllari Rayon relefi Nurota tabiiy-geografik rayoni Bobotog'ni g'arbdan Surxondaryo, shimoldan Hisor, sharqdan Qofirnixon, janubdan esa Amudaryo vodiylari o'rab turadi. Biz okrugning sharqiy chegarasini shartli ravishda O'zbekistonning Tojikiston bilan bo'lgan davlat chegarasi orqali o'tkazamiz. Bobotog' okrugida bo'r va paleogen, neogen davr yotqiziqlari rivojlangan bo'lib, ular alhp tektonikasi ta'sirida ko'tarilib qolgan. Bobotog' Respublikamizning tog'li okruglari ichida o'zining geologik tuzilishi va rivojlanish tarixi jihatidan eng yosh o'lka hisoblanadi, bu yerdagi keksa tog' jynslari bo'r davriga xos bo'lib, tog'ning eng baland qismlari va zamini qizil gil, qizil qumtosh, qizil mergel, konglomerat hamda ohaktoshlardan iboratdir. Tog'larning quyi qismlarida esa paleogen va neogen davr ohaktoshlari, mergellari, qizil qumlari va konglomeratlari uchraydi. Okrugning tog' etaklarida, daryo vodiylarida va botiqlarda antropogen davrning allyuvialprolyuvial yotqiziqlari, lyossli qumloq, shag'al va boshqa yotqiziqlari ko'p uchraydi. Bobotog' okrugi relefiga ko'ra ham Hisor-Zarafshon okrugidan farq qiladi; bu yerda qoyali, qirrali baland cho'qqilar uchramaydi. Tog'lar past bo'lib, yemirilgan va bir necha massivlarga bo'linib ketgan. Bular ichida eng muhimi Bobotog'dir. Bobotog' Hisor tog'idan Hisor vodiysi orqali ajralgan bo'lib, janubda to 37° 30 shimoliy kenglikkacha taxminan 100 km cho'zilgan. Tog'ning janubiy qismi Tusuntog', Turtog' so'ngra Qakitog' deb atalib to Amudaryo vodiysigacha cho'zilib tushadi. Lekin okrug hududiga Bobotog'ning faqat o'zi kiradi, unyng janubiy qismi Tojikistonga qaraydi. Okrug hududida Bobotog'ning o'rtacha balandligi 1200 - 1500 m. Eng baland qismi esa 38° shimoliy kenglikdagi Zarkosa, cho'qqisidir (2290 m). Bobotog' bu cho'qqidan shimolga va janubga pasaya boradi, 1900-1800 m ga tushib qoladi. Tog' assimetrik tuzilgan, sharqiy yonbag'ri tik bo'lib, Kofirnihon vodiysiga birdaniga pasayib tushadi. Aksincha, g'arbiy yonbag'ri keng va uzun bo'lib, Surxondaryo okrugiga tomon asta-sekin pasayib boradi. Okrug kuchli denudao'iya jarayoniga duchor bo'lgan, uni daryolar, soylar juda o'yib yuborgan. Buning ustiga karst jarayoni tog' relefini ancha murakkablashtirgan. Bobotog'ning gipsli jinslar tarqalgan va ohak yotqiziqlaridan tashkil topgan sharqiy yonbag'rida karst jarayoni g'arbiy yonbag'riga nisbatan keng tarqalgan. Aksincha, lyoss va lyossimon jinslardan iborat bo'lgan g'arbiy yonbag'rida esa suffozion relef shakllari mavjud. Bobotog' o'zining geomorfologik tuzilishi jihatidan ancha parchalangan postovli hudud hiyeoblansada, lekin uning o'q qismi vaqtli suvlar ishi natijasida vujudga kelgan chuqur kanhonsimon vodiylar orqali bir necha qiomlarga bo'lib yuborilgan. Buning ustiga Bobotog'ning shimoliy qismini baland joylariga yog'inning nisbatan ko'proq tushishi tufayli vujudga kelishi har xil yotqiziqlar va tuproqlarni yuvib ona jinslarni yuvilishiga sababchi bo'lgan. Bobotog'ning g'arbiy yonbag'ri va tog' oldi relefi jihatidan suv va shamol eroziyasi tufayli o'nqir-cho'nqirlardan iborat. Bunday relef shakllantirish ayniqsa lyoss va lessimon jinslardan tashkil topgan. Agar bu ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.44 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.44 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: doc