Bolgariya Respublikasi Bolgariya Respublikasi xorijiy Yevropaning janubi-sharqiy qismida Bolqon yarim orolida joylashagan.Hududi 110,9 ming km2.U shimoldan Dunay daryosi boylab Ruminiya, janubdan Gresiya va Turkiya, g'arbdan Serbiya va Makedoniya kabi davlatlar bilan sharqdan esa Qora dengiz bilan tutashgan.Chunki xorijiy Yevropamamlakatlarini Kichik Osiyo, Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlariga boradigan quruqlik yo'llari ( temir va avtomobil) Bolgariya hududidan o'tadi.Shuning dek Bolgariyaning Qora dengiz bilan tutashganligi muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Bolgariya sanoatining rivojlanishiga imkon beruvchi tabiiy sharoit va resurslar avvalo foydali qazilmalar bilan bog'liq .Bolgariya ba'zi foydali qazilmalar: polimetall, va mis rudalariga boy. Lekin bir qator foydali qazilmalarga, ayniqsa yonuvchi foydali qazilmalarga (ko'mir, neft, tabiiy gaz) kambag'al. Gidroenergiya resurslariga boy. Etishmaydigan yoqilg'ilar o'rnini gidroresurslar qisman qoplaydi. Tabiiy sharoit Dunay tekisligi va Marisa pasttekisligida qishloq xo'jaligi uchun eng qulaydir. Bu tekisliklarning katta qismini tuproqlari qora tuproqlar bo'lib, mamlakat hududining 33% i haydaladigan erlardir. O'rmonlar mamlakat hududining 30 % ini, yaylovlar esa 16 % tashkil etadi. Aholisi 8,1 mln (2001 yil), 7,5 mln (2003yil), 7,7mln (2006yil) kishi bo'lib, zichligi 1 km2 ga 81 kishi. Tug'ilish koeffisienti 8 ‰ , o'lim 14‰. Bir ayolga 1,2 bola to'g'ri keladi. 15 yoshgacha bo'lganlar salmogg'i 15% , 64 yoshdan yuqori bo'lganlar 17%. O'rtacha umr 69-75 yosh. YAMD 6440$ (2001) . Urbanizasiya darajasi 68%. Bu jarayonga mamlakatdagi ichki migrasiya kuchli ta'sir ko'rsatadi (qishloqdan shaharga). Millioner shaharlari faqat Sofiya (1,1 mln). Mamlakatda aholi tabiiy o'sishning pastligi tufayli demografik tanglik kuzatilmoqda.mehnat resurslarining yetishmasligi yaqqol sezilmoqda.Aholisining 97 % ini bolgarlar (janubiy slovyanlar), qolganini ruminlar, serblar, greklar tashkil etadi. Bolgariya hududiy - ma'muriy tuzilishiga ko'ra unitar davlat bo'lib, Respublika shaklida boshqariladi. 9 ta oblastga bo'linadi. Asosiy siyosiy partiyalari: 1.Bolgariya kommunistik partiyasi (1891 yil asos solingan). 2.Bolgariya dehqonchilik xalq ittifoqi (1900 yil). 3. Bolgariya kasaba soyuzlari markaziy kengashi (1904 yil). Bolgariya Varshava shartnomasining qatnashchisi va O'IYOK ning a'zosi bo'lgan. Mamlakat iqtisodiyotining tarixiy rivojlanishiga ko'ra O'IYOK mamlakatlarining birinchi navbatda Sobiq SSR ning ta'siri kuchli bo'lgan. Mamlakatdagi iqtisodiy tanazzul (krizs) 1986 yildan boshlangan. Bolgariya energetikasida sharqiy Marisa xavzasidan qazib olinadigan lignit yaxshi o'rin tutadi. (Lignnum - daraxt ma'nosida, sifatli qo'ng'ir ko'mir bo'lib, 5-6 ming kkal energiya beradigan yoqilg'i). Lekin toshko'mirni Ukrainadan (Donesk) Varna Ilichechevsk paromi va Dunay orqali keltiradi. Neftni Rossiyadan Qora dengiz orqali keltiradi. Tabiiy gazni gaz quvuri orqali Rossiyadan oladi. Elektr energiyasini Ukrainadan oladi. Qora metallurgiya sanoati rivojlanmagan. Rangdor metallurgiya sanoati - qo'rg'oshin, rux, mis ishlab chiqarish bilan ajralib turadi. Bolgariya mashinasozligi ko'tarma transport mashinalari, elektrotexnika buyumlari, EHM lar (Praves 8) va daryo kemalari ishlab ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.37 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.37 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: doc