Bolgariya - rasmi

Material tavsifi

bolgariya O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI Bajardi:. BOLGARIYA Bolgariya (B'lgariya), Bolgariya Respublikasi - Yevropaning jan., Bolqon ya. o.ning sharqiy qismidagi davlat. Sharqda Qora dengiz bilan o'ralgan. Mayd. 11 ming km2. Aholisi 8,3 mln. kishi (1997). Poytaxti - Sofiya sh. Ma'muriy jihatdan 9 viloyatga, ular jamoalarga bo'linadi. Sofiya sh. viloyatga tenglashtirilgan. Davlat tuzumi Bolgariya - parlamentli Respublika. 1946 y.dan 1990 y. 15 noyab. gacha Bolgariya Xalq Respublikasi deb atalgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 y. 12 iyulda kuchga kirgan. Davlat boshligi - prezident (1997 y.dan Petr Stoyanov). Uni mamlakat aholisi to'g'ri va yashirin ovoz berish yo'li bilan 5 y. muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - 240 deputatdan iborat Xalq majlisi (doimiy ishlaydigan organ). Yangi konstitutsiyani qabul qilish, B. hududini o'zgartirish masalasi yoki davlat tuzilishi va mamlakat boshqaruvi shakliga uzgartirish kiritish masalalarini hal etish uchun 400 vakildan iborat Buyuk xalq majlisi saylanadi. U o'ziga havola qilingan masalalar yuzasidan uzilkesil qaror qabul qilganidan so'ng vakolatito'xtatiladi. Vazirlar Kengashi (hukumat) ijroiya hokimiyat organi hisoblanadi. Aholisi Asosiy aholisi bolgarlar, shuningdek turklar, lo'lilar, armanlar, ruslar, makedonlar va b. millatlar ham yashaydi. Aholining 67,93% shaharlarda istiqomat qiladi. Davlat tili - bolgar tili. Aholining aksariyati - pravoslavlar; musulmon sunniylar ham bor. Eng yirik shaharlari: Sofiya, Plovdiv, Varna, Ruse, Burgas, StaraZagora. Tarixi Bolgaryaning eng qadimgi aholisi frakiy qabilalaridir. Mil. I-a.da Bolgariyani Rim imperiyasi bosib oldi, u qulaganidan so'ng Bolgariya Vizantiya tarkibiga kirdi. VII asr boshlarida Bolqonga slavyanlar bostirib kirib, keyinchalik bu yerda dastlabki davlat - Yetti slavyan qabilasi deb nomlangan ilk feodal davlatini tashkil etishdi. VII asrning ikkinchi yarmida B. hududiga xon Asparux (Isperix) boshchiligidagi protobolgarlar - qad. bulg'orlar (ko'chmanchi turkiy elat) bostirib kirdi. Ular slavyanlar bilan birga poytaxtiPliska sh. bo'lgan Birinchi bulg'or podsholigi (681-1018) ni tuzdilar. IX asr oxiriga kelib protobolgarlar slavyanlar bilan qo'shilib ketdi, slavyanlar tili davlat tili bo'lib qoldi, bolgar deb nomlangan slavyan xalqi vujudga keldi. 1185-1187 yillarda Aka-uka Petr va Asen boshchilik qilgan yirik xalq qo'zg'olonlari natijasida poytaxti Tirnovo shahri bo'lgan ikkinchi bulg'or podsholigi (1187-1396) tuzildi. 1396-yilda Bolgaryani turklar bosib oldi. Mahalliy boylarning bedodligi, og'ir milliy zulm bolgar xalqining ozodlik kurashini kuchaytirdi. Mamlakatda gayduklar (xalq qasoskorlari) harakati keng quloch yoydi. 1876 yilgi eng kuchli apr. qo'zg'oloni shafqatsizlik bilan bostirildi. 1877-1878 y.lardagi Rossiya Turkiya urushi natijasida rus askarlari yordamida B. turklardan ozod qilindi. Ammo mamlakat Turkiyaga qaram bo'lib qolaverdi. 1908 y. dan mustaqil podsholik tashkil topdi. B. 1912-13 y. lardagi Bolqon urushlarida qatnashdi. 1-jahon urushida (1915 y.dan) Olmoniya tomonida harakat qildi. 1919 y.gi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:28 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga