Bolqon yarim oroli

Bolqon yarim oroli

O'quvchilarga / Geografiya
Bolqon yarim oroli - rasmi

Material tavsifi

Bolqon yarim oroli Bolqon yarim orolining shimoliy chegarasini Sava va Dunay daryolari bo'ylab, sharqda esa Dunayning kenglik bo'ylab oqadigan qismidan 44° shim. kenglik orqali Qora dengizga o'tkaziladi. G'arbda oblastni Adriatika va Ioniya dengizlari o'ragan, Ioniya orollari shu tabyiy o'lkaga kiradi. Sharqda tabiiy o'lka Qora dengiz, Bosfor, Dardanell bo'g'ozlari, Masar va Egey dengizlari bilan chegaralanadi. Egey dengizidagi ko'pdan-ko'p orollar va Krit oroli ham bu tabiiy o'lka tarkibiga kiradi. Shimolda yaxlit keng maydonni egallagan Bolqon yarim oroli janubga tomon torayib boradi, parchalanadi, qirg'oqlari egri-bugri bo'ladi. Bolqon yarim oroli yer yuzasi tog'li. Yarim orolning nomi ham turkcha bolqon, yani tog' so'zidan kelib chiqqan. Tekisliklar, pasttekisliklar va soyliklar nisbata kichik maydonni egallagan. Tabiiy o'lkaning hozirgi qiyofasi va relefi neogen oxiri.va antropogen davri boshida ro'y bergan tektonik harakatlar natijasida tarkib topgan. Egey dengizi Bolqon yarim orolini Kichik Osiyo bilan bog'lab turgan quruqlikning parchalanishi va dengiz ostiga cho'qishi oqibatida hosil bo'lgan. Egey dengizidagi orollar ana shu quruqliknin qoldiqlaridan iborat, Bosfor va Dardanell bo'g'ozlari esa neogen davrida mavjud bo'lgan keng daryo vodiylarining cho'kib, dengiz bosishi natijasida vujudga kelgan. Bolqon yarim orolining g'arbiy va shimoli-sharqiy chekkalarida kaynozoy erasida vujudga kelgan tog' sistemalari ko'tarilib turadi. Yarim orolning o'rta qismida o'rtalikdagi kristalli massiv joylashgan, u neogenda yorilib parchalangan. Yarim orolning shimoli-sharqida janubga qavariq Bolqoya tog'lari yoki Bolgariyada Stara Planina deb ataladigan tog'lar cho'zilgan. Bolqon tog'lari burmalanish yoshiga va- tuzilishiga ko'ra Karpat tog'lariga o'xshaydi va, aftidan, Alp burmalanishi zonasining Dobrudja orqali Qrim yarim oroligatomon davom etadigan tog'lar sistemasiga kiradi. Bolqon tog'larining shimoliy yonbag'ri Bolgariya tog' oldn platosiga asta-sekin tutashib keladi, bu plato ham o'z navbatida Quyi Dunay pasttekisligiga tushib boradi. Bolgariya platosini, Stara Planinaning shimoliy yonbag'rini chuqur vodiylar kesib o'tgan. Iskir daryosi esa Bolqon tog'larini ko'ndalangiga kesib o'tib, mashhur Iskir darasini hosil qiladi. Bu dara orqali Sofiyaga boradigan temir yo'l va avtomobil yo'li o'tka-zilgan. Bolqon tog'larining janubiy yonbag'ri Bolqon orqasi tektonik soyliklariga tik tushadi. Tog'larning eng baland markaziy qismi kristall jinslardan tuzilgan. Uning eng baland nuqtasi 2373 m (Botev tog'i), dovonlar 100 m dan ancha ortiq balandliklarda joylashgan. Shipka dovoni rus xalqi xotirasida 1877-1878 yillardagi urush tufayli hurmat bilan saqlanadi, bu urushda rus qo'shinlari bolgar qo'shinlari bilan birgalikda Bolgariyani Turkiya hukmronligidan ozod qilgan. G'arbiy va Sharqiy Bolqon tog'lari Markaziy Bolqon tog'laridan ancha past va mezozoy erasining ohaktoshlaridan tashkil topgan. Plitvitsi ko'llari kAsqadi Yirik daryo vodiylarining yonbag'irlari bazi joylarda ohaktoshli jarliklar hosil qilib tushgan. Stara Planinaning janubiy etagida Bolqon orqasi soyliklari-Sofiya, Karlova, Qozonliq va Sliven soyliklari bor. Eng keng Sofiya soyligi 500 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 63.92 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 63.92 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga