Boltiq bo'yi davlatlarining iqtisodiy geografik tahlili Reja: 1.Estoniya iqtisodiy geografiyasi. 2.Latviya iqtisodiy geografiyasi. 3.Litva iqtisodiy geografiyasi. Estonya - shimoldan Fin qo'ltig'i, g'arbdan Riga qo'ltig'i, sharqdan Rossiya, janubdan Latviya bilan chegaradosh. Maydoni 45 00 km2 (Saaremma va Xiyumaa orollari bilan). Sohillari uzoq vaqt muzlaydi. Namgarchilik ko'pligi sababli botqoqlashib ketgan. Mayda daryo va ko'llari (Chud, Pskov)ko'p. Siyosiy ma'muriy jihatidan 15 uezdga bo'linadi. Foydali qazilmalarga, ayniqsa, yonuvchi slanesga boy (Fin qo'ltig'i bo'ylari), bundan tashqari torf va fosforitga boy. Yonuvchi slanesdan IES larda va ximiya kombinatida xom-ashyo sifatida ishlatiladi. Aholisi 1,4 mln (2001 y),1,3 mln (2006 y)kishi. Tug'ilish koeffisienti 9 ‰, o'lim 14 ‰. 1 ayolga 1,3 bola to'g'ri keladi.15 yoshgacha bo'lganlar salmog'i 17 % , 64 yoshdan yuqori bo'lganlar 16 %. O'rtacha umr 65-76 yosh. YAMD 9650 $ (2001 y.) .Urbanizasiya darajasi 75 %. Aholi zichligi 1 km2 ga 35 kishi. Millioner shaharlari yo'q. Tallinda 435 ming kishi (1995 y). Yirik shaharlari: Tartu, Narva, Kaxtla - Yarve, Pernu. Sanoati mamlakatda metall yo'qligi sababli kam metall sarflanadigan tarmoqlar priborsozlik, radioapparatlar, slanes sanoati uchun asbob-uskunalar, kemalarni remont qilish, baliq sanoati, o'rmon sanoati rivojlangan. Qishloq xo'jaligida chorvachilik etakchi tarmoq. Dehqonchiligida asosan kartoshka, qisman zig'ir ekiladi. Mamlakat territoriyasi tekislik bo'lganligi sababli GES lar qurilmagan, AES lar yo'q. Elektr-energiyasi asosan yonuvchi slanesga ishlaydigan IES lardan olinadi. Neft va gaz yo'qligi sababli Rossiyadan sotib oladi. Sohillarda turizm rivojlangan. Yirik sanoat shaharlari: Tallin, Tartu. Temir yo'l transporti va dengiz transporti yaxshi rivojlangan. Barcha shaharlari temir yo'llar bilan tutashtirilgan. Asosiy portlari: Tallin, Pernu. Tashqi savdosi asosan Rossiya va xorijiy Yevropadavlatlariga to'g'ri keladi. Pul birlig - eston kronasi. Eksporti: baliq, radiotexnika, priborlar, qog'oz. Importi: tabiiy gaz, neft mahsulotlari, g'alla, metallar, mashinalar. Latviya - g'arbdan Boltiq dengizi (Riga qo'ltig'i), sharqdan Rossiya, shimoldan Estoniya, janubdan Litva va Belorus bilan chegaradosh. Maydoni 64,6 ming km2 Iqtisodiy geografik o'rni qulay. Oblastlarga bo'linmagan. Siyosiy adminstrasiyaga bo'lingan: 26 uezd va 6 Respublika shaharlari. Hududidan Daugava (G'arbiy Dvina) daryosi oqib o'tadi. Daryoga 3 ta yirik GES qurilgan. Foydali qazilmalardan torf katta ahamiyatga ega. O'rmonga boy. Aholisi 2,7 mln kishi, 2,4 mln kishi (2003 y),2,3mln kishi (2006 y). Tug'ilish koeffisienti 9‰, o'lim 14‰. 1ayolga 1,2 bola to'g'ri keladi. 15 yoshgacha bo'lganlar salmog'i 17 %, 64 yoshdan yuqori bo'lganlar 15 %. O'rtacha umr 65-76 yosh. YAMD 7760 $ (2001 y). Urbanizasiya darajasi 70%. Aholi zichligi 1 km2 ga 41 kishi. Eng yirik shahari Riga (82700-96 y), Daugavapilis, Liepaya, Elgava, Yurmala. Sanoati. Latviya Estoniya va Litvaga nisbatan iqtisodiy jihatdan rivojlangan. Mashinasozlik ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
574.54 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:28
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
574.54 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: pptx