Ma'ruza mashg'ulotining texnologik kartasi Braziliya Federativ Respublikasi Braziliya nafaqat Janubiy Amerikadagi balki yer sharidagi eng ulkan tropik mamlakat. U maydonining kattaligiga (8557 ming km2 ) ko'ra ham, aholisining soniga (187 mln 2006 y) ko'ra ham dunyoda 5- o'rinda turadi. Braziliya Janubiy Amerika materigining sharqiy va markaziy qismini egallagan. Braziliya Janubiy Amerika materigi maydonining 47 % ini o'z ichiga olgan bo'lib, quruqlik orqali materikning 10 davlati bilan chegaradosh. Iqtisodiy geografik o'rnining qulayligi: Dengiz bo'yida joylashganligi; AQSH ga yaqinligi, Venesuella va Argentina bilan chegaradoshligi. Janubiy Amerikaning barcha davlatlari bilan chegaradoshligi (Ekvador, Chilidan tashqari.) Braziliya hududida 50 dan ortiq mineral resurslar uchraydi. Ulardan masalan; temir rudasi qazib olish bo'yicha dunyoda 1-o'rinda (yiliga 160 mln t.). Marganes qazib olishda 5-o'rinda. Xrom qazib olishda 8- o'rinda. Boksit qazib olishda 5- o'rinda turadi. Ulardan tashqari uran, qalayi, nikel, olmos kabilarni qazib olishda unyoda yuqori o'rinlarda turadi. Mamlakat hududi ekvatorial, subekvatorial va tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Iqlimi sernam bo'lganligi uchun mamlakatda o'rmonlar (selva, kampos, kaatinga) katta maydonlarni egallagan. Amazoniya o'rmonlarida 25 00 dan ortiq o'simlik turi uchraydi, shundan 400 turi daraxtlardir. Bu o'rmonlar hayvonot dunyosiga ham boy. Braziliya hududining 23 qismini o'rmonlar egallagan. Mamlakat jahonda suv resurslari, agroiqlim resurslari bilan ta'minlanganlik darajasiga ko'ra dunyoda oldingi o'rinlarda turadi. Bularning hammasi Braziliyani ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko'rsatib turadi. Aholisi. Mamlakat aholisi demografik portlashda. Aholisi 176,5 mln (2003y), 187 mln (2006 y) kishi. Tug'ilish koeffisienti 20 ‰, o'lim 7 ‰ . 15 yoshgacha bo'lganlar jami aholining 30 % ini, 64 yoshdan o'tganlar 6 % ini tashkil etadi. O'rtacha umr 65-73 yosh. 1 ayolga 2,2 bola to'g'ri keladi. YAMD 7070 $ (2001y). Aholisining o'rtacha zichligi 1 km2 ga 21 kishi. Aholisining 90% i mamlakat hududining 25 qismida yashaydi, ya'ni mamlakatning janubi-sharqida okean sohillarida yashaydi. Mamlakatning ichki, g'arbiy rayonlarida (Amazoniyada) butun aholining 5 % i yashaydi. Aholining bunday notekis joylashganligiga avvalo tarixiy va iqtisodiy sabablar ta'sir etgan. Aholi Braziliyada yiliga 1,7 % ga o'smoqda. Aholisining etnik tarkibi (80 dan ortiq millat va elat) juda murakkab. Yevropaliklarning ajdodlari (portugal, ispan, italyan, nemis) mamlakat aholisining 55 % ini, oraliq emigrant guruhlar (metis, mulat, sambo) 38 % ini, negrlar esa 6 % ini tashkil etadi. Tub joy aholisi Amazoniyada, negrlar esa mamlakatning shimoli-sharqiy rayonlarida ko'p tarqalgan. Urbanizasiya darajasi 80 %. Millioner shaharlari 11 ta: San-Paulu (9,4 mln kishi) Belu-Orizonti Salvador Rio-de-Janeyro (5,5 mln kishi) Fortaleza Manaus Belen Kuritiba Brazilia Portu-Algeri Resifi Braziliya federativ Respublika bo'lib, u 26 shtat va 1 ta poytaxt federal okrugidan ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
690.74 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:28
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
690.74 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: pptx