Braziliya yassi tog'ligi Reja: Kirish Geografik joylanishi Geologik tuzilishi va relefi Iqlimi va ichki suvlari Tuproqlar, o'simliklari va hayvonot dunyosi Tabiiy geografik rayonlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish o'lkaning g'arbida va markaziy qismida kristall jinslarni paleozoy va mezozoy eralarining ohaktosh hamda qumtosh qatlamlari qoplagan. Daryolar bularni tik yonbag'irli kursisimon qirlarga (shapadalarga) bo'lib yuborgan. Yuqori Parana havzasida kristall asos yuzasini trias davrining lavalari qoplab, zinapoyasimon platolar relefini vujudga keltirgan. Bu platolar zinalaridan Parana va uning irmoqlari suvi otilib tushib, ostonatoshlar hamda sharsharalar hosil qilgan (Iguasu, Setikedas, Urabuanga va boshqa sharsharalar). Kristall plato chekkalarini kesib o'tuvchi daryolarda ostonatosh va sharsharalar ko'p. Braziliya tog'ligi g'arb va shimolda pasttekisliklar bilan chegaralangan. Tropik o'rmonlar bilan qoplangan pasttekis yerlar daryolar vodiylari-bo'ylab, tog'likning ichki qismlariga uzoq kirib borgan. Braziliya tog'ligi subekvatorial va tropik mintaqalarda joylashganligidan yil davomida quyoshdan ko'p miqdorda issiqlik oladi. Faqat eng baland Serralardagina salqinroq. U erlarda hatto ushiq sovuqlar ham bo'lishi mumkin. Geografik joylanishi O'lka tabiatining asosiy xususiyati yassi tog'liklar va kursisimon platolarning ko'pligiga hamda subekvatorial va tropik iqlimlarning hukmronligiga bog'liqdir. Erozion jarayonlarning uzoq vaqt davomidagi ta'siri va yaqin geologik davrda bo'lgan tektonik harakatlar natijasida xilma-xil relef vujudga kelgan. Relefda qadimgi kristall peneplenlar bilan birga cho'kindi jinslardan tuzilgan orol shaqlidagi qirlar ham, kaynozoyda ro'y bergan yorilishlar va ko'tarilishlar natijasida vujudga kelgan vulkan platolari hamda palaxsali tizma tog'lar ham bor. Tog'likning eng baland qismlari Atlantika okeani yaqinida joylashgan bo'lib, undan faqat kambar cho'zilgan sohil orqali ajralgan. Deyarli hamma joydagi qirg'oqda bu erlarda yaqinda cho'qish bo'lganligining izlari bor. Bazi joylarda unchalik katta bo'lmagan barmoqsimon shakldagi ko'rfazlar qirg'oqni o'yib kirgan, bular qulay gavanlardir. Ana shunday ko'rfazlardan birining sohilida Braziliyaning yirik shahri Rio-dejaneyro joylashgan. Shahardan shimol va janub tomonlarda tog'likning chekkasi Atlantika okeani qirg'og'idan uzoqlashadi va bu yerda qumlsq keng plyajlar cho'zilgan. Plyajlarni suv ko'tarilganda qisman suv bosadi. Braziliya tog'ligining sharqiy va janubi-sharqiy chekkalari Atlantika okeani tomonidan qaraganda baland va juda parchalanib ketgan tog' sistemasiga o'xshab ko'rinadi. Sharqiy Braziliya qalqoni chekka qismlarning neogenda parchalanishi va ko'tarilishi natijasida balandligi 200 m dan ortadigan tizmalar, yani Serralar vujudga kelgan. Sohilning bundan keyingi cho'qishi natijasida Serralardan kalla qandga o'xshash cho'qqili orollar ajrab qolgan, bular Rio-de janeyro ko'rfazi atrofini o'rab turadi. Tog'likning bu qismi yer bag'rida temir va marganets rudalarining radioaktiv elementlar, olmos hamda oltiining boy konlari bor. Markaziy rayonlarda tsokol (poydevor) yassi tog'lar joylashgan, bularni daryolar vodiylari chuqur o'yib kirgan. o'lkaning g'arbida va markaziy qismida kristall jinslarni paleozoy va mezozoy eralarining ohaktosh hamda qumtosh qatlamlari qoplagan. Daryolar bularni tik yonbag'irli kursisimon qirlarga ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
897.33 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:28
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
897.33 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: ppt