braziliya Braziliya-Janubiy Amerikadagi eng yirik davlat, u materikning sharqiy va markaziy qismida joylashgan. Mamlakat shimoldan Fransiya. Gvianasi, Surinam, Gayana, va Venesuela, shimoli-g'arb va g'arbdan Kolumbiya, Peru, Boliviya bilan janubiy g'arb va janubdan Paragvay, Argentina va Urugvay bilan chegaradosh. Braziliyaning quruqlik chegarasi 16 ming kmga cho'zilgan. Sharqda esa mamlakatni 7,4 ming km ga cho'zilgan Atlantika okeani suvlari yuvib turadi. Mamlakat relyefida shimoliy pasttekislik qismi (Amazonka xavzasi) va janubiy balandlik qismi (Braziliya yassi tog'ligi) o'rtasida katta tafovutlar kuzatiladi. Mamlakat hududining bepoyonligi va geologik tuzilishining xususiyatlari uning xilma xil foydali qazilmalar bilan ta'minlanishiga zamin yaratgan. Mamlakat temir rudalari, simob, niobiy, berilliy, apatit, boksit, oltin, marganes va asbest zahiralari bo'yicha dunyoda birinchi yoki oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Shuningdek mamlakat titan, kobalt, volfram, fosforit, uran, magnezit, mis nikel, molibden, xromit olmos, toshko'mir, yonuvchi slanes va boksitning katta zahiralariga ega. Toshko'mir konlari (zaxirasi 12 mlrd t.) asosan mamlakatning janubiy Riu-Grande-du-Sul, Santa-Katarina, Parana hamda shimolda Amazonka xavzasida joylashgan. Braziliya temir ruda zaxirasi va uning eksporti bo'yicha dunyoda 1-o'rinda turadi. Mamlakatning Para shtatidagi Karajas temir ruda koni (Amazoniyada) dunyodagi eng yirik temir ruda koni bo'lib, uning zaxirasi 18 mlrd t. deb baholanmoqda. (ruda tarkibida temir juda yuqori-65 foizni tashkil etadi.) Shuningdek temir rudasi Minas-Jerays shtatidan hamda Boliviya va Paragvay bilan chegaradosh qismidan ham qazib olinadi. Boksitning yirik konlari mamlakat shimolidagi Amazoniyada topilgan. Energetika-mamlakat yoqilg'i-energiya balansida neft, gaz, gidroenergiya toshko'mir, spirtdan foydalaniladi. XX asrning 80-yillariga kelib, neft konlarini qidirib topish va o'zlashtirish ishlari jadal olib borilishi natijasida mamlakat uni qazib chiqarish bo'yicha Lotin Amerikasida oldingi o'rinlardan biriga chiqib oldi va neft importi keskin qisqardi. Braziliyada ishlab chiqarilayotgan elektro energiyaning 90-foizi GESlarda ishlab chiqarilmoqda. Parana daryosida yirik gidroelektrostansiya qurilgan. Mamlakatda atom energetikasi rivojlanmoqda 1977 yilda Reo-de-Janeyro shtatida birinchi AES qurib ishga tushirildi. Qora metallurgiya sanoati-to'la mahalliy yuqori sifatli temir ruda xom-ashyosiga tayanib ishlaydi, biroq Braziliya kokslanuvchi ko'mirni chetdan tashib keltiradi. Mamlakat po'lat ishlab chiqarishda birinchi o'nlik mamlakatlar guruhiga kirib, ko'pgina g'arbiy Yevropadavlatlaridan o'zib ketdi. Yirik metallurgik zavodlar Minos-Jerays va San-Pauli shtatlarida joylashgan. Rangli metallurgiya sanoatida-mahalliy boksit asosida alyuminiy ishlab chiqariladi. Mamlakat alyuminiy eksport qiluvchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatida-transport mashinasozligi rivojlangan. Mamlakatda yiliga 1,6 mln donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarilmoqda. Tarmoq chet el kapitali ta'sirida nazorat qilinadi. («Jeneral Motors», «Folksvagen-du-Brazil», «Ford-Villis», «Kraysler-du-Brazil» va boshqalar). Braziliya dengiz kemalari ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda 4-chi o'ringa chiqib oldi. Ko'pgina yirik kemasozlik korxonalari Yaponiya firmalariga qarashli. So'nggi yillarda mamlakatda samolyotsozlik, stanoksozlik, harbiy sanoat, elektron-hisoblash texnikalari ishlab chiqarish sohalari jadal ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
10.78 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:28
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
10.78 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: pptx