Britaniya orollari

Britaniya orollari

O'quvchilarga / Geografiya
Britaniya orollari - rasmi

Material tavsifi

Britaniya orollari Britaniya orollari-G'arbiy Yevropaqirg'oqlari yaqinidagi birdan-bir yirik arxipelagdir. Uning sostaviga ikki yirik orol-Buyuk Britaniya bilan Irlandiya va ko'pdan-ko'p mayda orollarmen, Anglsi, Uayt, Ichki va Tashqi Gebrid, Orkney va Shotland orollari kiradi. Arxipelagning umumiy maydoni 325 ming km2, bundan 244 ming qm2 Buyuk Britaniya orollarig'a, 84 ming km2 esa Irlandiya oroliga to'g'ri keladi. Butun oblast materni yaqinida, materik sayozligida joylashgan; materik sayozligi esa sharqda ayniqsa keng bo'lib, unda Shimoliy dengiz joylashyan. Shimoliy va g'arbiy sohillarni bevosita Atlantika okeani o'rab turadi, Irlandiya bilan Buyuk Britaniyani, Irlandiya dengizi bir-biridan ajratib turadi. Britaniya orollari qirg'oq bo'yi suvlarining chuqurligi 200 m dan oshmaydi. Ularning sayoz qismi tik tushgan jarlik bilan chegaralanadi, okean chuqurliklarsho' jarlikdan boshlanadi. Qirg'oq bo'yi suvlarining tadqiq qilinishi natijasida materik sayozligining tagida daryo vodiylarining yaxshi saqlanib qolgan chuqurliklari va dyuna relefli joylar borligi aniqlangan. Bu esa quruqlikning Britaniya orollari rayonida nisbatan yaqin geologik davrda cho'kib, suv ostida qolganligidan dalolat beradi. Arxipelagning materikdan uzil-kesil ajralib chiqishi va uning hozirgi qirg'oq chizig'ining shakllanishi muzliklardan keningi vaqtga to'g'ri keladi. Territoriyaning orollarda joylashganligi va Atlantikaning kuchli ta'siri, qirg'oqlarning keskin parchalanganligi (bu ham Atlantika okeani ta'sirini yanada kuchaytiradi), relefining juda o'yilib ketganligi, hozirgi vaqtda o'rmonsizligi hamda antropogen landshaftlarning keng tarqalganligi Britaniya orollari tabiatining asosiy xususiyatlarini belgilab bergan. Yana shuni ham aytish kerakki, materik bilan bo'lgan aloqasini yatsinda yo'qotgan bu orollar tabiatining ko'p belgilariga ko'ra materikning ularga qo'shni rayonlariga juda o'xshash; biroq territoriyaning orollarga yaqin ekanligi uning tabiiy xususiyatlarida ham, aholining yashash sharoitida ham malum iz qoldirgan. Britaniya orollarining paleozoyda burmalangan tog'lari kuchli ravishda tik o'yilgan; bu o'yilish protsessi neogenning oxiri va antropogenning boshida ayniqsa kuchli ro'y bergan. Bu protsesslar juda parchalanib ketgan relefni vujudga keltir-an bo'lib, unda burmalangan fundamentning chiqib qolgan va cho'kkan joylari o'zaro almashinib keladi; cho'kkan joylar turli-yoshdagi va har xil yo'l bilan paydo bo'lgan yotqiziqlar bilan to'lib qolgan. To'rtlamchi davrda Buyuk Britaniya orolining janubiy qismidan boshqa deyarli butun oblast materik muzlari bilan qoplangan; bu muzlar qalin morena yotqiziqlarini qoldirgan va relefning shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatgan. So'nggi muzlanish lokal xarakterda tog'lardagina uchrab, uning markazlari Shotlandiya, Irlandiya va Uelsda bo'lgan. Britaniya orollari relefida uncha baland bo'lmagan va tekislanib qolgan tog' massivlari ustun turadi; b.u tog' massivlari sertepa suv osti soyliklari hamda platolari bilan almashinadi. Eng baland yeri 1300 m dan salgina oshadi. Orollarning qirg'oq chizig'i tektonik yoriqlar va qaytaqata bo'lgan ko'tarilish va cho'qishlar natijasida.juda parchalanib ketgan. 0irik qo'ltiqlar Buyuk Britaniya bilan Irlandnining yer yuzasi tekisLikdan iborat sohillariga kirib boradi. Yirikroq yarimorollarda esa, aksincha, tog' massivlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.03 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.03 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga