Britaniyaliklarning urf-odatlari, bayramlari

Britaniyaliklarning urf-odatlari, bayramlari

O'quvchilarga / Geografiya
Britaniyaliklarning urf-odatlari, bayramlari - rasmi

Material tavsifi

Britaniyaliklarning urf-odatlari, bayramlari Buyuk Britaniyaning urf-odatlari va bayramlari. Har yili Chelsida butun dunyoga mashhur gul festivali, Edinburgda musiqa-drama festivali, Londonda esa Karib musiqa festivallari o'tkaziladi. Shu bilan birga, Buyuk Bri-taniyaning urf-odatlariga talabalarning Qayiq poygasi,Ot poygasi, Futbol chempionatlari, xalqaro tennis, Qirollik Regata va 12-iyul (1690-yildan Shimoliy Ir-landiyada nishonlanadi) kabi bayramlari mavjud. Asosiy o'rinni Rojdestvo urf-odatlari egallaydi. Ya'ni Rojdestvo boshlanishi bilan qishloqlarda Sham-lar kechasi o'tkaziladi va Rojdestvo otkritkalari tarqati-ladi. Bu kunda Angliyada tushlikka kurka go'shti pishiri-lishi, Uels va Irlandiyada qovurilgan g'oz go'shti, Shot-landiyada dudlangan g'oz go'shti va butun Qirollik dav-latlarida Plum-puding deb nomlangan taomni iste'mol qilinishi ham ahamiyatga ega. Rojdestvo odatlaridan biri Londonning markaziy maydoni - Trafalgarga katta archani o'rnatilishi. Bu archani har yili Buyuk Britaniyaga Nor-vegiya Qirollik uyi hadya qiladi. Rojdestvo bayrami 24 dekabrning oqshomida bosh-lanib, u oilaviy bayram hisoblanadi. 26-dekabr kuni esa Sovg'alar kunini nishonlaydilar. Bu kunda hamma ya-qinlari va qarindoshlarini ko'rishga borishadi. Shotlandiyada yilning eng katta bayrami Xogmeney - yangi yildan bir kun oldin nishonlanadi. 5-noyabr kunida ham britaniyaliklar Gay Foks kecha-si deb nomlangan bayramni nishonlaydilar. U o'ziga xos tarixga ega. 1605-yil shu kunda Gay Foks parlament binosini portlatib, qirol Jeyms I ni o'ldirmoqchi bo'lishadi, biroq qirol soqchilari bombani topadilar va Gay Foksni Tauerda hibsga olib, boshini tanasidan judo qiladilar. Shu kundan boshlab britaniyaliklar gulxanda eski kiyim va pi-chandan qilingan odam ko'rinishidagi qo'g'irchoqni yo-qib, Feyerverk uyushtiradilar. Bahor fasli ham qiziqarli bayramlarga boy. 17-mart kuni Avliyo-Patrik kuni, ya'ni irlandlarning diniy bayra-mi bo'lib o'tadi. Bu kunda butun Britaniyada irlandlar folklor musiqasi bilan milliy festivallar o'tkaziladi. 1-aprel kulgidan boshlanadi, odamlar turli xil hazillar, latifalar ay-tadilar. Angliyaliklar o'z Qirolichasini juda yaxshi ko'radilar, shu sababli uning tug'ilgan kuni - 21-aprel butun dav-lat miqyosida bayram sifatida keng nishonlanadi. Hamma tele-radio kanallar, ommaviy axborot vositalari orqali tab-riklar yo'llanadi. Biroq Angliyada Angliya monarxining rasman tug'ilgan kuni - 1748-yildan boshlab iyun oyining 2-shanbasiga to'g'ri keladi. Bu kunda bayramona parad o'tkazilib, unda harbiy qo'shinlar bayroqni ko'rgazmali tarzda maydondan olib o'tishadi va kun yakunida yuqori qatlam vakillari uchun bazm uyushtiriladi. Yana bir bahor bayrami butun xristian xalqi nishon-laydigan Pasxasidir. Pasxa kuni yildan yilga o'zgaradi, asosan mart yoki aprel oyiga to'g'ri keladi. Yoz fasli ko'p bayramlardan tashkil topmagan bo'lsa-da, avgust oyining oxirgi kunlaridagi ikki muhim sana o'zgacha ahamiyatga ega. Bularning birinchisi: avgust dam olish kuni - oyning so'nggi dushanba kuni nishonlanib, rasman dam olish kuni deb e'lon qilingan. Bu kunni mahalliy xalq oila davrasida, tabiat qo'ynida o'tkazishga harakat qilishadi. Ikkinchi sana - Notting Xill karnavali bo'lib, u oyning eng so'nggi yakshanbasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.23 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.23 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga