Buxoro, Navoiy turistik mintaqasi

Buxoro, Navoiy turistik mintaqasi

O'quvchilarga / Geografiya
Buxoro, Navoiy turistik mintaqasi - rasmi

Material tavsifi

Buxoro Navoiy turistik mintaqasi Reja: Buxoro-Navoiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o'rni Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari Buxoro-Navoiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o'rni Buxoro viloyati - O'zbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. O'zbekiston viloyatlari ichida, chegasining kattaligi bo'yicha Navoiydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum cho'lida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-g'arbda Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-g'arbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 39,4 ming km2. Buxoro viloyati tarkibida 11 qishloq tumani: Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorako'l, G'ijduvon, 11 shahar (Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Kogon, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorako'l, Qorovulbozor, G'ijduvon), 3 shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 qishloq fuqarolari yig'ini bor. Markazi - Buxoro shahri. Buxoro qorako'llari mashhur. Buxoro viloyatining barcha tizimdagi xo'jaliklarida 428 ming qoramol, shundan 184,7 ming sigir, 750 ming qo'y, 64 ming echki, 3 ming yilqi, 2,8 ming tuya, 771 ming parranda mavjud. Viloyatda ipak qurti ham boqiladi. 10 ta o'rmonchilik xo'jaligi bo'lib, asosiy o'simliklari saksovul, cherkez, qandim. Qorako'l o'rmon xo'jaligida esa dorivor o'simliklar ham yetishtiriladi. Buxoro viloyati dan magistral temir yo'li o'tgan. Eng katta temir yo'l stansiyasi - Kogon. Asosiy avtomobil yo'llari: Buxoro-Toshkent, Buxoro-Urganch-Nukus, Buxoro-Turkmanobod (Chorjo'y) va Buxoro-Termiz yo'nalishlari. Aeroport bor. Buxoro - jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri: 1997 yilda shahar o'zining 2500 yillik yubileyini nishonladi. Buxoro nomi dastlab IX asrda tarixchi Narshaxiy tomonidan zikr etilgan. Bungacha shaharning boshqa bir necha nomlari bo'lgan. Ko'plab tarixchilar, tilshunoslarning fikriga ko'ra Buxoro so'zi sanskritcha vihara so'zidan kelib chiqqan bo'lib, kal'a degan ma'noni bildiradi. Arxeologik qazishmalar natijasiga asosan olimlar ushbu shahar eramizgacha bo'lgan davrda hududning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol o'ynagan degan xulosaga keldilar. Buxoro Xitoydan Rimgacha olib boruvchi Buyuk Ipak yo'lining eng muhim chorrahalaridan birida joylashgan. Hozirgi Buxoro O'zbekistonning boshqa shaharlari singari eski va yangi shaharga bo'lingan. Lekin shahar shak-shubhasiz ustunlikka ega: agar boshqa joylarda eski shahar qismida faqat tarixiy yodgorliklar bo'lib, hech bir aholi yashamagani uchun ochiq osmon ostidagi muzey sifatida qabul qilinsa, Buxoroda odamlar ming yillar ilgarigidek yashamoqdalar. Bu har bir kishiga shaharning boy tarixini tasavvur qilish imkonini beradi. Shaharning yangi qismida ma'muriy binolar, maktablar, institutlar va sanoat korxonalari joylashgan. Siz 2500 yillik Buxoroning tor ko'chalarida kezishingiz va ko'k gumbazli hashamatli binolar hamda kichik loysuvoq uylardan zavq olishingiz mumkin. Buxoro tuprog'ida Abu -Ali Ibn Sino, Imom Al Buxoriy, Abduxoliq Gijduvoniy, Boxovuddin NAQSHband, Xuja-Orif Revgariy, Narshaxiy kabi jahon tamaddumi rivojiga ulkan hissa qo'shgan ko'plab allomalar yashab o'tgan. Buxoro shaxri ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.48 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.48 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga