Buxoro, Navoiy turistik resurslari salohiyati

Buxoro, Navoiy turistik resurslari salohiyati

O'quvchilarga / Geografiya
Buxoro, Navoiy turistik resurslari salohiyati - rasmi

Material tavsifi

Buxoro Navoiy turistik resurslari salohiyati Reja: Mintaqaning turistik resurslari salohiyati Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari Mintaqaning turistik resurslari salohiyati Buxoro viloyati kddimiy davr, ilk va o'rta asrlarda qurilgan me'moriy yodgorliklarga juda boy. Hozirgi vaqtda Buxoro davlat me'moriy badiiy muzey qo'rikxonasi hisobida 997 tarixiy yodgorliklar mavjud. Bu tarixiy yodgorliklarda Sharq me'morlik an'analari o'zaro uyg'unlashib ketgan. O'zbek xalqi tomonidan ikki ming yil mobaynida bunyod qilingan bu obidalar ajdodlarimizning boy iste'dodi va badiiy mahoratidan, katta yaratuvchilik kudratidan dalolat beradi. Buxoroga borib, shu qadimiy shaharni ko'rgan kishilarning barchasi minoralarning tepalaridagi g'alati ko'rinishdagi «qalpoqlarga» e'tibor bergan bo'lsalar kerak. Bular laylak uyalaridir. Umidning timsoli bo'lgan bu oppoq qushlar shaharning ramzi, uning barqarorligi va sadoqatining ham ramzi bo'la oladi. Boy go'zal shahar juda ko'p marta turli-tuman dushmanlarning bosqinchilik hujumlarining maqsadi bo'lgan, mo'g'ul-tatarlarning bosqini eng og'ir, yer bilan yakson qiluvchi darajada bo'lgan edi. Lekin Buxoro har gal qaytadan aynan o'sha joyda tiklanib, o'z zamini-yu a'analariga sodiq bo'lib qaytadan barpo bo'lar edi Buxoroga asos solinishi qadim-qadimgi asrlar tubiga borib taqaladi. 1997 yilda YUNESKO ning qaroriga ko'ra butun madaniy dunyo uning 2500-yilligini nishonlagan edi. Afsonalar shaharning paydo bo'lishini tarixiy shaxs obrazi bilan bog'liq zardushtiylik xudolaridan biri - Siyovush bilan bog'laydi. Buxoroning eng qadimiy qismi uning qal'asi - Ark hisoblanadi, bu yerda arxeologlar eramizdan avvalgi IV - II asrlarga oid bo'lgan ba'zi topilmalar borligini aniqlashdi. Bu balandligi 20 metr bo'lgan katta tepalik bo'lib, u yerda ilgari Buxoro amirining saroyi, uning harami, xazinasi, qurol-yarog' saqlanadigan xonalari, o'ta xavfli jinoyatchilar uchun zindon bo'lgan edi. Hozirgi paytda ular tiklanmoqda. Ark qal'asi yuz yillar davomida Buxoro hukmdorlarining rasmiy yashash joyi bo'lgan. U balandligi 16-20 metr bo'lgan sun'iy tepalikda qurilgan. Qal'a maydoni qariyb 4 gektar. Odamlar ko'pincha uni shahar ichida shahar deb atashgan, chunki unda odatdagi shaharning hamma narsalari: ko'chalar, tor ko'chalar, saroy, masjidlar, ustaxonalar bor bo'lgan. Qal'a bir necha bor vayron qilingan, ta'mirlangan va tiklangan. Afsuski, hozirgi paytga kelib, o'tmishdagi hashamatli Arkdan ozginasi qolgan. Ko'plab binolar 1920 yilgi istibdod voqealari davrida buzilib ketgan. Lekin, shunga qaramasdan Ark borib ko'rishga arziydi. Arkda joylashgan o'lkashunoslik muzeyida siz shahar tarixi, miliy urf-odatlar va an'analar to'g'risida ko'p qiziqarli narsalarni eshitasiz. Bundan tashqari qal'aning baland devorlari ustidan turib siz Buxoroning chiroyli qiyofasini tomosha qilishingiz mumkin. Shaharning asosiy va eng baland ko'tarilgan inshooti - 1127 yilda qurilgan Kalon minorasidir. Bu har tomonlama komil muhandislik inshooti, Buxoroning sathidan 47 metrga ko'tarilib turgan ulkan minoradir. O'zbekistonda eng baland bo'lgan ushbu minora tepaga chiqqan sari sal ingichkalashib boradi, uning dumaloq aylanasidan o'rab turgan halqalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 5.67 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 5.67 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga