Buyuk Britaniya davlat tuzumi

Buyuk Britaniya davlat tuzumi

O'quvchilarga / Geografiya
Buyuk Britaniya davlat tuzumi - rasmi

Material tavsifi

Buyuk Britaniya davlat tuzumi Reja: Buyuk Britaniya davlat tuzumi haqida. Buyuk Britaniya siyosiy partiyalari. Siyosiy va iqtisodiy geografk o'rni. Tayanch iboralar: monarxiya, iqtisodiy geografk o'rni, Angliya, Shotlandiya, Uels, Shimoliy Irlandiya. Buyuk Britaniya davlat tuzumi haqida. Buyuk Britaniya - kostitutsion monarxiya. Davlat boshlig'i qirol (qirolicha). Mamlakatning kostitutsiyasi yo'q. 1215-yilgi Ulug' Erkinliklar xaritasi, 1679-yilgi Xabeas korpus akti, 1931-yilgi Vestminister statuta, 1969-yilgi Xalq vakilligi to'g'risidagi akt va boshqa eng muhim parlament hujjatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol (qiroli- cha) va parlament (u ikki palatadan iborat: Lordlar palatasi va Jamoalar Palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir bosh- chiligidagi hukumat (Vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi. Bosh vazirni qirol (qirolicha) tayinlaydi. Hukumat a'zolari parlament a'zolaridan bo'lishi kerak. Buyuk Britaniya tarkibidagi Angliya, Uels va Shotlandiya o'zining sud tizimiga, mahalliy boshqaruv organlariga ega. Shimoliy Irlandiya ma'muriy muxtoriyat huquqiga ega bo'lib, uni qirol (qirolicha) tayinlagan gubernator boshqaradi. Buyuk Britaniya, o'tmishda Britaniya imperiyasi tarki-bida bo'lgan mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi, Xamdo'stlikka boshchilik qiladi. Buyuk Britaniya siyosiy partiyalari. Davlat tuzumi - konstitutsion monarxiya. Davlatning rasmiy boshlig'i qirolicha hisoblanadi, lekin amalda davlatni bosh vazir boshqaradi. 2016-yilning 13-iyo'lidan boshlab hozirgacha bosh vazir (primer ministr) Tereza Mey. Asosiy siyosiy partiyalari: Buyuk Britaniya Konservatorlar partiyasi (1867-y.). Buyuk Britaniya Leyboristlar partiyasi (1900-y.). Buyuk Britaniya ijtimoiy demokratik partiyasi (198-y.). Buyuk Britaniya kommunistik partiyasi (1920-y.). Siyosiy va iqtisodiy geografk o'rni. Buyuk Britaniya Britaniya orollarida (Yevropadagi eng yirik orol) joylashgan. Birlashgan Qirollik tarkibiga Angliya, Shot-landiya, Uels va Shimoliy Irlandiya kiradi. Buyuk Bri-taniya - eng katta orolning nomi, Angliya davlatining asosiy tarixiy nomi. Mamlakatning xalqaro dengiz va havo yo'llari tugunida joylashganligi muhim ahamiyatga ega. Maydoni 244 ming km2. Buyuk Britaniyada kapitalizm Yevropadagi boshqa mamlakatlarga nisbatan ertaroq rivojlandi. Shu tufayli u dengizga hukmronlik qilishga, katta va boy mustamlaka-larni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan. 2-jahon urushi arafasida Britaniya imperiyasining maydoni 34,6 mln km2 (142 marta ko'p), aholisi esa 700 mln kishidan (11 marta ko'p) ortiq edi. 2-jahon urushidan keyin bu imperiya tez parchalandi. 1990-yillari Buyuk Britaniya nazorati ostida asosan orollardagi 12 ta mustamlaka va qaram hududlar bor edi. Masalan: Bermud, Kayman orollari, Gonkong, Avliyo Yelena, Gibraltar, Angilya, Folklend orollari. Buyuk Britaniya Hamdo'stlik markazi hozirgi vaqtda 49 mustaqil davlat kiradigan siyosiy va iqtisodiy birlashmadir. Siyosiy adminstrativ bo'linishi: 47 grafik, 6 metropo-liten grafigi, Katta London, 12 oblast, 6 okrug, Men va Normand orollaridan iborat. Yirik shaharlari: London 10,3 mln, Birmingem 3,8, Manchester 2,8, Lids 2,3, Liverpul 2,2, Glazgo 1,8. Buyuk Britaniyani urushdan keyin iqtisodiy mavqei va siyosiy nufuzi biroz bo'shashib qolgan bo'lishiga qara-may, u hamon jahonda kuchli iqtisodiy, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.19 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.19 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga