Buyuk Britaniya iqtisodiyoti, sporti va ommaviy axborot vositalari Reja: Iqtisodiyoti. Britaniya sporti. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko'rsatuvi. Tayanch iboralar: iqtisodiyot, xojalik, sanoat, futbol, musobaqachilar, tennis, Tennis Assosiatsiyasi, xokkey, ga-zeta va jurnallar, radiostantsiya, hujjatli flmlar, murakkab. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti. Buyuk Britaniya iq-tisodiyoti rivojlangan mamlakat bolib, jahondagi sak kizta rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakat sanoatida qazib olish sanoati sohalari alohida rivojlangan bo'lib, aso-san bunda dengiz akvatoriyalarining ahamiyati katta hisoblanadi. O'z hududidagi shaxtalarning yopilishi va ko'mir qazib olishning qisqarishi bilan bir vaqtda Shimoliy den-gizdan neft va gaz qazib olish ko'paytirilmoqda. Sanoat-ning boshqa tarmoqlaridan - transport mashinasozligi (av-tomobilsozlik, kemasozlik), aerokosmik sanoati (AQSH va Fransiyadan keyin uchinchi o'rinda), odiiy va harbiy samolyotlar, vertolyot va aviadvigatellar ishlab chiqariladi, oziq-ovqat sanoati (mashhur shotland viskisi, jun va sut ishlab cniqariladi), masinasozlik sanoati (qishloq xo'jalik texnikasi, stanoklar, to'qimachilik asbob-uskunalari), elek-tronika va elektrotexnika (kompyuterlar, dasturlashtirish, prossesorlar, superkompyuterlar, telekommunikatsiya vosi-talari, tibbiyot anjomlari, maishiy texnika), kimyo sanoati (dori vositalari ishlab chiqarishda jahonda 4-orinda, agroxi-miya, parfumeriya, yangi materiallar va biotexnologiya), metall ishlab chiqarish, sellyuloza -qog'oz sanoati sohalari yuksak tarraqiy etgan. Zamonaviy sanoatning yuksak taraqqiyoti texnologiyalarning taraqqiy etganligi bilan bel-gilanadi. Buyuk Britaniya ilmiy texnikaviy potensial dara-jasi bo'yicha Yevropada yuqori o'rinlarni egallaydi. Nobel mukofoti egalari soni bo'yicna AQSHdan keyin 2-o'rinni egallaydi. London jahon moliya markazi - sayyoramizning eng yirik moliya poytaxti hisoblanadi. Britaniya sporti. Sport Britaniya madaniyatida mu-him rol o'ynaydi. Buyuk Britaniya xalqaro sport turlari - futbol, regbi, kriket, to'r to'pi, shaxmat, golf, tennis, stol tennisi, badminton, xokkey, boks, suv polosi, billiard kabi sport turlari bo'yicha yuqori o'rinlarni zabt etgan. Asosiy individual sport turlariga atletika, golf, velosiped haydash, motosikl haydash va ot minish kabilar kiradi. Ot sporti. Ushbu sport turi Buyuk Britaniyada uzoq Rim davrlari tarixiga taqalib, uning o'z qirollik tarixi bor. Buyuk Britaniya bo'ylab yil davomida taxminan 6 million odam ishtirokida va 1300 dan ortiq musobaqachilar bilan bu musoqa o'tkaziladi. Tennis. Buyuk Britaniya tennis sporti tarixi 100 yillab orqaga borib taqaladi. Buyuk Britaniya va dunyoda eng katta tennis kubogi Wimbledon Chempionligidir. Gar-chi tennis individual sport turi bo'lsa ham, Britaniya sport ishqibozlarini, turistlarni va tennis o'ynovchilarni jalb qi-lishda 3-o'rinda turadi. Britaniyada tennis Tennis Assosiat-siyasi tomonidan boshqariladi. Tennis o'yinida eng yaxshi nom qozongan o'yinchilaridan Greg Rudeski, Tim Hen-man, Andy Murray, Anne Keothavong va Elena Baltacha. suzish sporti. suzish sporti qatnashchilar soni bo' yicha Britaniyada eng yuqori o'rinda turadi. Ko'proq yoshlar qiziqadi va ko'pchilik rohatlanish uchun ham bu sport turi bilan shug'ullanadi. Britaniya suzish bo'yicha Olimpiya o'yinlari va Umumiy Sog'lik O'yinlarida katta yutuqlarga erishib kelgan. Xokkey. Britaniya xokkeyi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.72 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.72 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: doc