Buyuk Britaniya ta'lim tizimi Reja: Buyuk Britaniyaning ta'lim tizimi. Adabiyoti. Me'morchiligi. Teatri. Tayanch iboralar: boshlang'ich, universitet, akademi-ya, qirollik jamiyati, Pikadilli, Big-Ben, Kembrij, Oksford, Tauer ko'prigi, Shekspirning pyesalari, ibtidoiy, insonpar-varlik, dramaturglar. Buyuk Britaniyaning ta'lim tizimi. Buyuk Bri-taniyada boshlang'ich va to'liqsiz o'rta ta'lim (5 dan 16 yoshgacha) majburiy. Boshlang'ich maktablarda 5 yosh-dan 11 yoshgacha o'qiladi. O'rta maktablar asosan 3 turga: 5-7 yillik grammatik maktablar, 5 (ba'zan 7) yil-lik texnika maktablari va 4 yillik zamonaviy maktablar-ga bo'linadi. O'quvchilarning 65 % 16 yoshdan keyin ta'limni kollej, universitet va boshqa oliy o'quv yurtlari va markazlarida davom ettiradi. Buyuk Britaniyada 80 ga yaqin universetet, 40 ga yaqin politexnika kolleji faoliyat olib boradi. Eng qadimgi univer-sitetlari - Oksford (1167-y.), Kembrij (1209-y.), Edinburg (1583-y.), Darema (1832-y.) universitetlari bo'lib, unda na-faqat Buyuk Britaniya fuqoralari, balki jahonning ko'pgina hududlaridan ham yoshlar kelib ta'lim oladi. Shuningdek, London Imperial kolleji (1907-y.) ham yetuk kadrlar tayyor-lashda muhim o'rin tutadi. 1662-yilda London Qirollik jamiyati tashkil topdi. 1675-yil Grinvichda Buyuk Britaniyaning astronomiya soha-sidagi asosiy ilmiy muassasasi - Qirollik-Grinvich rasad-xonasi, Qirollik san'at akademiyasi, Britaniya akademiya-si, Buyuk Britaniya Qirollik instituti, Angliya va ingliz tili to'g'risidagi bilimlarni yoyish bo'yicha Britaniya Kengashi, Edinburg qirollik jamiyati tashkil etilib, faoliyat olib bormo-qda. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo'shma Qi-rolligining ramzi quyidagilar hisoblanadi: London Taueri, Big-Ben, London Parlament uyi, Britaniya muzeyi, Pikadilli maydoni, Temza daryosidagi Tauer ko'prigi va boshqalar. Eng yirik kutubxonalari: Britaniya muzeyi kutubxona-si, Shotlandiya Milliy kutubxonasi (3 mln. dan ortiq asar), Kembrij va Oksford universitetlarining kutubxonalari va boshqalar. Eng yirik muzeylari: Britaniya muzeyi (1753), Milliy galereya (1824), Teyt galereyasi (1897), Shotlandiya Qi-rollik muzeyi (1854). Tibbiy xizmat. Buyuk Britaniya sog'liqni saqlash tizimida 500 mingga yaqin o'rinli shifoxonalar mavjud. 80 mingdan ziyod shifokor tibbiy yordam ko'rsatadi. Bray-ton, Istborn, Bognor, Rijis, Bornmut, Torki, Bat kabi ku-rortlar bor. 2. Adabiyoti. U.Leglendning Qo'shchi Pyotr haqida tush, J.Choserning Kenterberi hikoyalari, T.Morning Utopiya, V.Shekspirning Hamlet, Otello, Qirol Lir, Makbet, J.Sviftning Gulliverning sayohatlari, D.Defoning Robinzon Kruzo asarlari mavjud. Shuning- dek, M.Garkness, U.Marris, S.Batler, E.Voynich, T.Gardi, B.Shou, J.Golsuorsi, E.Garv, D.Untli, L.Kuper, J.Osborn, K.Emis, D.Ueyn, A.Sillitou, S.Chaplin, S.Barstou kabi yo- zuvchi va shoirlarini keltirishimiz mumkin. Buyuk Britaniya adabiyotining eng yaxshi namunalari o'zbek tiliga tarjima qilingan: V.Shekspirning pyesalari, J.Sviftning Gulliverning sayohatlari, D.Defoning Robinzon Kruzo, E.Voynichning So'na romanlari va boshqalar. 3. Me'morchiligi. Buyuk Britaniyada mis-jez davriga mansub ibtidoiy me'moriy yodgorliklar (Stonxenj - megalit inshooti) va o'rta asrda qurilgan Vinchester, Norij kabi ibodatxonalar mavjud. Binolarning ichiga har xil bezak- lar berish, temir, beton va oynadan foydalanish (Billur saroy, J.Pakston, 1851) avj oldi. E.Govarx, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
10.97 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:28
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
10.97 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: pptx