Buyuk Britaniya tarixi

Buyuk Britaniya tarixi

O'quvchilarga / Geografiya
Buyuk Britaniya tarixi - rasmi

Material tavsifi

Buyuk Britaniya tarixi Reja: Buyuk Britaniyaning shakllanish tarixi va davlat tizimi. Buyuk Britaniyaning ma'muriy-hududiy bo'linishi. Buyuk Britaniyaning aholisi, tarkibi va tabiiy ko'-payishi. Tayanch iboralar: Qirollik, qirolicha, konstitutsiya, orol, bo'g'oz, funt sterling, EI, Kardiff, La-Mansh, Pade-Kale, anglosakslar, tyudorlar, papa, tori, vigi, parlament, imperiya, grafik, import, eksport. Kelt, millioner shahar, urbanizatsiya, megapolis, aholi zichligi, mehnat resursi, faol aholi. Buyuk Britaniyaning shakllanish tarixi va davlat tizimi. Hozirgi Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo'shma Qirolligi hududida miloddan avvalgi 1-ming yil-likda kelt qabilalari - brittlar yashagan. Miloddan av-valida Britaniya orollarining katta qismini rimliklar bosib olgan. Yangi asrning V asrning ikkinchi yarmida anglo-sakslar mamlakatning ancha qismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nor-tumbriya, Mersiya) tuzishgan. IX asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, Angliya deb atala boshlandi. An-gliya 1016-1042-yillarda normanlar (daniyaliklar) hukm-ronligida bo'lgan. 1066-yili Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I is-tilo qilgandan so'ng mamlakatda feodal yer egaligi paydo bo'lib, dehqonlarni tutqunlikka (krepostnoylikka) aylanti-rish avj oldi. X-XI asrlarda hunarmandchilik va savdo-27 sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo bo'la boshladi. XII-XII asrlarda markazlashgan moliya va sud muassa-salari yuzaga keldi. 1265-yilda paydo bo'lgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi, ho-kimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo bo'ldi. Angliya bi-lan Fransiya o'rtasida bo'lib o'tgan yuz yillik urush (1337-1453) oqibatida soliqlarning ko'payishi va 1348-1349-yil-lardagi vabodan so'ng aholi ahvolining og'irlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qo'zg'oloniga sa-bab bo'ldi. Qo'zg'olon mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki bo'ldi. XV asrda Angliyada dehqonlarning tutqunligi bata-mom yo'qotildi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va o'rtahol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab bo'ldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485-1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning ko'payishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovla-riga aylanib ketdi, natijada dehqon xo'jaliklari xonavay-ron bo'ldi. 1630-yillarda boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qo'yilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga bo'lib berildi. XVI asrning 2-yarmi va XVII asr boshlarida Ang-liya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shimoliy Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo bo'ldi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya g'olib chiqdi. XVII asrning 2-yarmida Buyuk Britaniya hukmron doiralari si-yosiy jihatdan ajralib, hokim sinfarning 2 partiyasi - tori bilan vigi shakllandi. XIX asr o'rtalarida shu partiyalar aso-sida konservatorlar va leyboristlar partiyasi tashkil topdi. XVII-XVII asrlarda Buyuk Britaniya Hindiston va Shimoliy Amerikada yangi yerlarni zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shimoliy Amerikadagi mustaqil-lik uchun bo'lgan urush (1775-1783) natijasida Shimoliy Ame rika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. Keyinchalik Yangi Zelandiya, Birma, Janubiy Amerikadagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.78 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.78 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga