Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi haqida umumiy ma'lumot

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Buyuk Britaniya Britaniya orollarida (Yevropadagi eng yirik orol) joylashgan.Birlashgan Qirollik tarkibida Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya kiradi. Buyuk Britaniya eng katta orolning nomi, Angliya davlatining asosiy tarixiy nomi.Mamlakatning xalqaro dengiz vahavo yo'llari tugunida joylashganligi muhim ahamiyatga ega.Maydoni 244ming km2. Aholisi 58,8mln (1996y.), 59,2mln (2001y.), 60,5mln kishi (2006y.). Buyuk Britaniyada kapitalizm Yevropadagi boshqa mamlakatlarga nisbatan ertaroq rivojlandi.Shu tufayli u dengizga xukmronlik qilishga katta va boy mustamlakalarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan.2-jahon urushi arafasida Britaniya imperiyasining maydoni 34,6mln km2 (142marta ko'p), aholisi esa 700mln kishidan (12,5marta ko'p) ortiq edi.2-jahon urushidan keyin bu imperiya tez parchalandi.1990 yillari Buyuk Britaniya nazorati ostida asosan orollardagi 12ta mustamlaka va qaram territoriyalar bor edi.Masalan: Bermud, Kayman orollari, Gonkong, Avliy Elena, Gibraltar, Angilya, Folklend orollari. Buyuk Britaniya Hamdo'stlik markazi, u hozirgi vaqtda 49 mustaqil davlat kiradigan siyosiy va iqtisodiy birlashmadir. Siyosiy adminstrativ bo'linishi: 47 graflik, 6 metropoliten grafligi, Katta London, 12 oblast, 6 okrug, Men va Normand orollaridan iborat.Yirik shaharlari: London 7mln, Birmingem 96100, Glazgo 71600, Lids, Liverpul, Edinburg, Manchester. Buyuk Britaniyani urushdan keyin iqtisodiy mavqei va siyosiy nufuzi biroz bo'shashib qolgan bo'lishiga qaramay, u hamon jahonda kuchli iqtisodiy, moliyaviy va harbiy-siyosiy mavqeini saqlab kelmoqda. Buyuk Britaniya NATOning faol a'zosi.1973 yildan buyon EIHga a'zo. Aholisi.XX asrning 2-yarmiga qadar aholining okean ortiga ommaviy ravishda ko'chib ketishiga qaramay mamlakat aholisi tez o'sdi.Lekin keyingi paytlarda aholi tabiiy o'sishining sezilarli pasayishi natijada ingliz millatining qarishi sezilmoqda. Buyuk Britaniyada tug'ilish koeffisenti 11%0, o'lim 10%0. 1ayolga 1,6 bola to'g'ri keladi.15 yoshgacha bo'lganlar salmog'i 19%, 64 yoshdan yuqori bo'lganlar 16%.O'rtacha umr 75-80 yosh.YAMD 24340 dollar (2001y). Buyuk Britaniya urbanizasiya darajasining juda yuqoriligi bilan ajralib turadi, aholisining 92%i shaharlarda yashaydi.Masalan: London aglomerasiyasida 13mln kishi yashaydi, zichligi 1km2ga 750 kishi.Mamlakatda 1km2 246 kishi.Aholisining 80%i inglizlar, qolganini shotlandlar, uelsliklar (valliylar), irlandlar tashkil etadi. Davlat tuzumi-konstitusion monarxiY.Asosiy siyosiy partiyalari: Buyuk Britaniya Konservatorlar partiyasi (1867y.). Buyuk Britaniya Leyboristlar partiyasi (1900y.). Buyuk Britaniya sosial demokratik partiyasi (1981y.). Buyuk Britaniya kommunistik partiyasi (1920y.). Buyuk Britaniya sanoati ichki yalpi mahsulotning 50%ini eksportning qariyb 90%ini beradi.Dunyoda sanoat ishlab chiqarishning yalpi hajmi jihatidan 1986 yil 5-o'rinni egallaydi. Buyuk Britaniya neft qazib olishda Shimoliy Dengiz hisobiga G'arbiy Evropada 2-o'rinda turadi (yiliga 115mln t. 2006y.) 1-o'rinda NorvegiY.Energiya balansida GESlarning roli past asosan IESlar energiya beradi.Keyingi paytlarda AESlarning salmog'i ortib bormoqda.Elektr energiya jahonda 9-o'rinda (2,5% 370mln.kVt.soat). Buyuk Britaniya yuqori kalloriyali kokslanuvchi ko'mirning katta zapaslariga ega.Yuqori sifatli temir rudasini Shvesiya, Liberiya, Kanada kabi davlatlardan keltirilganligi sababli asosiy qora metallurgiya korxonalari dengiz boylarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.73 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.73 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga