Buyuk geografik kashfiyotlar asri

Buyuk geografik kashfiyotlar asri

O'quvchilarga / Geografiya
Buyuk geografik kashfiyotlar asri - rasmi

Material tavsifi

Buyuk geografik kashfiyotlar asri (XVI - XVII asr o'rtasi) Reja: Buyuk geografik kashfiyotlar asri. Ekspeditsiyalar davri. Buyuk geografik kashfiyotlar asri. XV asrda italiyalik gumanistlar tomonidan qator antik geograflarning asarlari tarjima qilindi va bu asarlarning (ayniqsa Ptolomey asarlarining) ta'siri ostida Buyuk geografik kashfiyotlar oldidan shu epoxaning tasavvurlari shakllandi.Geografik fikr sekin-asta cherkov dogmalaridan ozod bo'la boshladi. Yerning sharsimonlik g'oyasi va u bilan Ptolomeyning Yevropaning g'arbiy sohillari va Osiyoning sharqiy chekkalarining yaqinligi to'g'risidagi g'oyalari qayta tug'ildi. Bu g'oya Hindiston va Xitoyga dengiz yo'li bilan yetib borish maqsad-intilishni amalga oshirishga javob bera olar edi. Ammo maqsadni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar faqat XV asrning oxiriga kelib to'liq yetishdi. Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb nomlanadigan XV - XVI asrlarda chinakamiga yirik geografik kashfiyotlar qilindi. Yer yzasining dengiz va quriqlik bo'yicha joylanishi, ularning qiyofasi, Dunyo okeanining bir butunligi isbotlandi. Bu kashfiyotlar va fandagi yuksalish, uyg'onish - renessans - jarayoni bilan bog'liqdir.Bu davrda kartalardan, XVI asrning oxiridan boshlab atlaslardan foydalanish ayniqsa katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ayrim mamlakatlarning asosan iqtisodiyoti va siyosatiga e'tibor qaratilgan batafsil tasvirlashlar yuzaga kela boshladi. Ular orasida L.Gvichchardinining Niderlandiyaning tasviri (1557) asari o'z davrining namunasi edi. Xristafor Kolumbning (1451 - 1505) Amerikani qayta kashf etishi eng katta tarixiy voqeadir. 1492-yil 12-oktyabrda birinchi marta geografiya faniga noma'lum bo'lib kelgan qit'a kashf etildi. Bu - hozirgi Amerika qit'asining Bagam orollari edi. Uni Kolumb o'zining birinchi sayohatida kashf qidi. Bu sana Amerikaning kashf etilgan sanasi sifatida tarixda koldi. Birinchi sayohatida Kuba, Gaiti orollarini kashf etdiki, aslida Kolumb ertaklardagidek juda boy mamlakat Hindistonga bordim deb uylagan. U Hindistonga - Osiyoga g'arbga tomon yurib sharqdan yetib keldim deb hisoblagan. Kolumb 1493 - 96-yillarda ikkinchi, 1498-yilda uchinchi va 1502 - 1504 yillarda turtinchi bor sayohat kildi. Hayotining ohirigacha Kolumb o'zi ochgan yerlarni Hindiston deb xato hisoblanadi. Shu turt marta sayohatning ikkinchisida 1499 yilda Aleksandre Oheda boshchiligidagi kema tarkibida xizmat kilgan Amerigo Vestuchchining nomi bilan yangi ochilgan materik Amerika deb ataldi. Bu nomlanish ham tasodifiy holda yuz berdi deyish mumkin. Amerigo Vespuchchining yozib koldirgan maktublari Germaniyaning Sen Per shahrida matbuotda bosib chikariladi. Nemis kartografi Martin Valdzemyuller boshchiligidagi ilmiy to'garak a'zolari chiqargan e'lon qilingan maktubda yangi ochilgan qit'aning tabiati haqqoniy ta'riflangan va bu materikka Vespuchchining o'zi boshchiligida sayohat uyushtirilganligi ko'rsatilgan. Aslida Vespuchchi biron bir ekspedittsiyaga bosh bo'lganini tarixiy dalillar isbotlaydi, bunday sayohat bo'lmagan. Valdzemyuller tuzgan kartada yangi ochilgan qit'aga Amerika deb nom berilgan ediki, kartalarda bu nomni Valdzemyullar izohlab shunday yozadi. Shu vaqtgacha ma'lum bo'lgan qit'alar ayollar nomi bilan atalgan, yangi qit'aga erkak ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.19 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.19 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga