Buzilgan landshaftlar tushunchasi haqida

Buzilgan landshaftlar tushunchasi haqida

O'quvchilarga / Geografiya
Buzilgan landshaftlar tushunchasi haqida - rasmi

Material tavsifi

Buzilgan landshaftlar tushunchasi haqida Tog'-kon sanoati hududlarida tabiiy landshaftlarning buzilishi, ya'ni tabiiy-texnogen va texnogen landshaftlarning vujudga kelishi sodir bo'ladi. Landshaftlarning buzilishi va ularni tiklash muammolari landshaftshunoslik, geoekologiya, injenerlik geologiyasi, injenerlik geografiyasi, tog'-kon sanoati, qishloq xo'jalik va qurilish fanlari tomonidan o'rganilgan. Shu munosabat bilan texnogen landshaftshunoslikda qator atamalar, tushunchalar va terminlar vujudga kelgan. Mazkur atama va tushunchalar, terminlar mazmuni, mohiyati va kelib chiqishiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi: buzilgan landshaftlarning shakllanishini o'rganish jarayonida vujudga kelgan atamalar, tushunchalar va terminlar. buzilgan landshaftlarni qayta tiklash muammosini o'rganish jarayonida ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan atamalar, tushunchalar va terminlar; yer resurslaridan samarali foydalanish va turli maqsadlar uchun yerlarni ajratish muammosini o'rganish jarayonida tavsiya etilgan atamalar, tushunchalar va terminlar. Buzilgan landshaftlarning shakllanishini o'rganish jarayonida vujudga kelgan atamalar, tushunchalar va terminlar. Dastlab, Buzilgan yerlar tushunchasini fanga ingiliz olimi Biver 1945 yil olib kirgan (Uolvork,1972). Keyinchalik mazkur tushuncha Oksenxem, K. Uolvork, Bush (Uolvork 1972), P.I.Tomakov va V.S. Kovalenko (1984), X. Vaxobov va boshqalar tomonidan qo'llanilgan. Buzilgan yerlar, Buzilgan landshaftlar atamasining asosida landshaftlarning insonning xo'jalik faoliyati ta'sirida buzilishi haqidagi qarashlar yotadi. Biver bo'yicha buzilgan yerlar deganda maxsus chora tadbirlarsiz foydalanish mumkin bo'lmagan tog'-kon sanoati va boshqa ishlab chiqarish faoliyati ta'sirida vujudga kelgan hududlar tushuniladi ( Uolvork, 1972). K. Uolvork ( 1972), Oksenxem (1966) bo'yicha sanoatning turli sohalari ta'sirida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan landshaftlar buzilgan yerlar deb ataladi. Ko'rinishi yoki manazarasi yomon holga kelgan yerlarni Bush (1947) buzilgan yerlar deb ataydi. (P.I. Tomakov, V.S. Kovalennko bo'yicha, 1984). P.I. Tomakov va V.S. Kovalenko ( 1984) buzilgan yerlar deganda foydali qazilmalarni qazib olish ta'sirida tuproq qoplamini, gidrogeologik sharoitining buzilishi va texnogen relyef shakllarining hosil bo'lishi natijasida ho'jalik ahamiyatini yo'qotgan va tabiatga salbiy ta'sir ko'rsatadigan yerlar tushuniladi. Buzilgan yerlar haqidagi mavjud tushunchalarni tahlil qilib va umumlashtirib X.Vaxobov (2001) uning mazmunini quyidagicha ifodalashni tavsiya etadi. Buzilgan yerlar - insonning xo'jalik faoliyati ta'sirida yaroqsiz va kamyaroqsiz holga kelib qolgan yerlar. Tog' - kon sanoati hududlari uchun mazkur atama quyidagicha ifodalaniladi. Buzilgan yerlar - mineral xomashyoni qidirish, qazib olish va qayta ishlash jarayonida yaroqsiz va kamyaroqsiz holga kelgan yerlardir ( X. Vaxobov, 2001). Buzilgan landshaftlarni qayta tiklash (rekultivatsiyalash) muammosini o'rganish jarayonida ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan tushunchalar, atamalar va terminlar. Rekultivatsiya (qayta tiklash) tushunchasi landshaftshunoslikda, tog'- mexanikasida, qishloq xo'jaligida, qurilish mexanikasida va boshqa fanlarda keng qo'llaniladi. Mazkur muammo bilan N. F.Reymers (1990) N.B. Bekarevich (1990), K. Uolvork 1972), L.B. Motorina va N.M.Zabelina, L.V.Motorina va V.A. Ovchinnikova, (1979), A.Nig'matov., X. Vaxobov va boshqalar shug'ullanishgan. Rekultivatsiya tushunchasi turli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.67 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.67 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga