Chirchiq - Ohangaron havzasi daryolari, muallaq oqiziqlarining ekstremal qiymatlarini aniqlash

Chirchiq - Ohangaron havzasi daryolari, muallaq oqiziqlarining ekstremal qiymatlarini aniqlash

O'quvchilarga / Geografiya
Chirchiq - Ohangaron havzasi daryolari, muallaq oqiziqlarining ekstremal qiymatlarini aniqlash - rasmi

Material tavsifi

Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolari muallaq oqiziqlarining ekstremal qiymatlarini aniqlash Daryolar havzasidan bo'ladigan suv eroziyasi va ularning mahsuli-daryolarning muallaq oqiziqlari hosil bo'lish jarayonlarini o'rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu yo'nalishdagi tadqiqotlar, birinchidan, suv eroziyasi va daryolar muallaq oqiziqlarining hosil bo'lish qonuniyatlarini aniqlashga imkon bersa, ikkinchidan esa irrigatsiya va gidrotexnika amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni nazarda tutsak, daryolar havzasidan bo'ladigan eroziya jarayonlarini chuqur o'rganib, undan tegishli xulosaga kelish va bu borada zarur tavsiyalar ishlab chiqish masalalari bugungi kunda juda dolzarb hisoblanadi. Mazkur ishning asosiy maqsadi, Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolari misolida muallaq oqiziqlar sarfi va loyqaligining ekstremal qiymatlarini o'rganishdan iborat. Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolaridan bo'ladigan tuproq-gruntlar yuvilishi jadalligini baholash maqsadida o'rganilayotgan havzalardagi daryolarga tegishli bo'lgan 17 ta gidrologik stvorlar tanlab olindi (jadval). Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolari-ning muallaq oqiziqlari sarfi va loyqaligining ekstremal qiymatlarini dastlab V.L.Shuls o'rgangan bo'lsa, keyinchalik bu muammo Y.N.Ivanov, O.P.SHeglova, A.R.Rasulov, Z.S.Sirliboyeva, F.H.Hikmatov, S.R.Saidova va boshqalarning ishlarida yoritilgan. Lekin bu hisoblash ishlarining qariyb 30 yil ilgari amalga oshirilganligini hisobga olsak, bu kabi ishlarni so'nggi gidrologik ma'lumotlar asosida aniqlashtirish hozirgi kun talablaridan biridir. Bajarilgan tadqiqot ishining yangiligi shundan iboratki, uning natijalari kelajakda Chirchiq- Ohangaron daryolari havzalaridan bo'ladigan eroziya jarayonlari jadalligi ko'rsatkichlarini yangi, ya'ni 2005 yilgacha bo'lgan gidrologik ma'lumotlar asosida aniqlashtirish imkonini beradi. Pirovard natijada Chirchiq- Ohangaron daryolari havzalaridan bo'ladigan yuvilish moduli, yuvilish qatlami va erozion metr kabi ko'rsatkichlarning ekstremal qiymatlarini aniqlansh, bu borada o'rganilayotgan daryolar bo'yicha olingan natijalarni o'zaro solishtirish yo'li bilan tahlil qilish hamda amaliyot uchun tegishli xulosalar chiqarish mumkin bo'ladi. Demak, loyqalikni istalgan vaqt oralig'i uchun aniqlash mumkin. Buning uchun shu vaqt oralig'iga tegishli bo'lgan muallaq oqiziqlar sarfi(R) va suv sarflari(Q)ning qiymatlaridan foydalaniladi. Ishni bajarishda ko'zda tutilgan hisoblash ishlarini amalga oshirishda ham, yuqorida qayd etilganidek, o'rganilayotgan daryolardagi gidrologik kuzatish joylarida suv sarfi(Q), muallaq oqiziqlar sarfi(R) haqidagi ma'lumotlardan foydalanildi. Barcha hisoblashlar gidrologik kattaliklarning ekstremal, ya'ni o'rtacha ko'p yillik, maksimal va minimal qiymatlari uchun bajarildi (jadval). Jadval Chirchiq-Ohangaron havzasi daryolari muallaq oqiziqlar sarfi va loyqaligining ekstremal qiymatlari Ma'lumki, oqar suvlarning tog' jinslari va tuproq eroziyasi natijasida hosil bo'lgan qattiq jinslar bilan to'yinish darajasi loyqalik orqali ifodalanadi. Loyqalik deb, suvning hajm birligida mavjud bo'lgan oqiziqlar miqdoriga aytiladi. U «(» bilan belgilanib, qo'yidagi ifoda yordamida hisoblanadi: , , bu yerda R-muallaq oqiziqlar sarfi, kgs larda; Q-suv sarfi, m3s larda. Ifodadagi 103 raqami kg dan grammga o'tish kaeffitsiyenti bo'lib, loyqalik gm3 da ifodalanadi. Daryo suvi loyqaligini aniqlash maqsadida maxsus idishlarda daryo suvidan namuna olinadi. Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, muallaq oqiziqlar sarfi o'rtacha qiymatining eng kattasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.88 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.88 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga