7-sinf geografiya darsligi asosida 47-mavzu: Iqlimi. Chirchiq-Ohangaron tabiiy okrugining iqlimi bir xil emas. Uning tekislik qismiga ko'proq Arktikaning sovuq hamda g'arbdan esadigan iliq va nam havo massalarining oqimi kirib keladi. Uning yozi issiq va quruq, iyul oyining o'rtacha harorati +27°C. Aksincha, tog'li qismi nisbatan salqin va namroq bo'lib, iyulning o'rtacha harorati +20°C atrofida. Yozning eng issiq kunlarida harorat tekislik qismida +44°C gacha, tog'- larda esa undan past. Qish okrugda unchalik sovuq emas (tog'larning baland qismi bundan mustasno). Yanvarning o'rtacha harorati tekisliklarda -1 -2°C, eng sovuq harorat -30°C atrofida bo'ladi. Okrugning tog'li qismida qish tekislikka nisbatan sovuq, yoz esa salqin, yanvarning o'rtacha harorati -2 -14°C (Chorvoqda -2,1°C, Chatqolda -14,2°C), iyulning o'rtacha harorati +17 +24°C (Chorvoqda +24,5°C, Chatqolda +17,3°C). Eng sovuq harorat -32°C, eng issiq harorat +42°C. Yog'in okrug bo'yicha notekis taqsimlangan, eng kam yog'in tekislik qismining janubi g'arbiga to'g'ri kelib, 250- 300 mm bo'lsa, shimoli sharq tomon ortib borib, 550 mm dan G'arbiy Tyanshan tizmalarining nam havoga ro'para yonbag'irlariga 200 mm gacha yog'in tushadi. Yog'inning asosiy qismi bahor va qish oylariga to'g'ri keladi. Suvlari. Chirchiq okrugning eng yirik daryosi hisoblanadi. Chirchiq daryosi Talas Olatovi, Chatqol, Piskom, Qorjontov va Ugom tog'laridan suv oladi, Chatqol va Piskom daryolarining qo'shilgan joyidan Chirchiq deb ataladi. Chirchiq daryosining Chatqol, Piskom, Ko'ksuv va Ugom kabi irmoqlari mavjud. Chirchiq daryosi tekislikka chiqqach, unga o'ng tomondan Qizilsuvsoy, Qoraqiyasoy, Oqtoshsoy, chap tomondan Qoranqulsoy, Glavasoy, Oqsoqotasoy, Parkentsoy, Zarkentsoylar qo'shiladi. Chirchiq daryosi suvini 100 foiz desak, shuning 55 foizi Chatqolga, 36 foizi Piskomga, 9 foizi Ugom va boshqa irmoqlariga to'g'ri keladi. Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik okrugida kichik ko'llar ko'p. Ularning eng kattalari Shovulko'l (maydoni 0,4 km2 , suv hajmi 3,9 mln m3) va Katta Arashon ko'li (maydoni 0,12 km2 , suv hajmi 0,56 mln m3 ) hisoblanadi. Tuproqlari. Chirchiq-Ohangaron tabiiy okrugining tuproqlari xilma-xil. Ular tekislik qismidan tog'ga tomon o'zgarib boradi. Chirchiq va Ohangaron vodiylarining quyi qismida bo'z tuproqlar tarqalgan. Ular o'zlashtirilgan bo'lib, madaniy bo'z tuproqqa aylangan. Okrugning 300 - 500 m gacha baland bo'lgan joylarida och tusli bo'z tuproqlar tarqalgan, ular tarkibidagi chirindi miqdori 1 - 1,5 foiz. 500-1200 m balandliklarda tiðik va to'q bo'z tuproqlar tarqalgan. Ularning tarkibidagi chirindi miqdori 4-6 foizga boradi. Okrugning 1200-2500 m balandliklarida qo'ng'ir tog'-o'rmon va jigarrang tog'-o'rmon tuproqlari tarqalgan bo'lib, uning tarkibida chirindi miqdori 10 foizga boradi. 2500 m dan yuqorida tog'-o'tloq, tog'-botqoq, toshloq-shag'alli tuproqlar tarqalgan. O'simliklari. Chirchiq-Ohangaron vodiysida 300-500 m balandlikda, asosan, efemer va efemeroid o'simliklar - lola, lolaqizg'aldoq, rang, qo'ng'irbosh, bug'doyiq, javdar, oq kavrak kabilar ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.75 MB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:30
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.75 MB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:30 ]
Arxiv ichida: ppt