7-sinf geografiya darsligi asosida 46-mavzu: Chirchiq-ohangaron tabiiy geografik okrugi Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik o'krugi Respublikamizning shimoli-sharqiy qismida, Sirdaryo bilan G'arbiy Tyanshan tog'lari oralig'ida joylashgan (36- rasm). Okrugning shimoli-g'arbiy qismi Qozog'iston bilan O'zbekiston orasidagi chegaraga to'g'ri kelib, Qorjontov bilan Ugom tizmalaridan o'tadi. Sharqiy chekkasidagi Qirg'iziston bilan chegara Talas Olatovi, Piskom va Chatqol tog'lari orqali o'tadi. Qurama tizmasi okrugni Farg'ona vodiysidan ajratib turadi. Janubi-g'arbiy chegarasi Sirdaryo bo'ylab o'tadi. Tabiiy geografik okrug G'arbiy Tyanshan tog'larining bir qismini hamda Chirchiq va Ohangaron vodiylarini, shuningdek, Dalvarzin cho'lini o'z ichiga oladi. YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI Bu tabiiy geografik okrugning yer yuzasi ancha murakkab bo'lib, shimoli sharqdan janubi g'arbga, Sirdaryoga tomon asta-sekin pasayib boradi. Chirchiq-Ohangaron vodiysidagi tog'lar paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralari jinslaridan tarkib topgan. Tog'larda granit, paleozoy ohaktoshlari, qumtosh va slaneslar, tog' etaklari va daryo vodiylarida paleogen, neogen va antropogen davrlarining shag'al, qum va gil qatlamlari keng tarqalgan. Okrug yer yuzasining tarkib topishi paleozoy erasidan boshlangan. Tog'lari dastlab kaledon, keyin gersin burmalanishida ko'tarilgan, so'ngra tashqi kuchlar ta'sirida yemirilgan. Chirchiq va Ohangaron daryo vodiylarini mezozoy erasida dengiz qoplagan. Chirchiq-Ohangaron okrugining hozirgi relyefi vujudga kelishida antropogen davrida sodir bo'lgan jarayonlar, xususan, neotektonik jarayonlarning ahamiyati katta. Zilzilalar natijasida daryo qayirlarining o'zgarib turishi buning yorqin ifodasidir. Chirchiq-Ohangaron okrugidagi tog'lar G'arbiy Tyanshanning bir qismi hisoblanadi. Ular Talas Olatovidan janubi g'arbga qarab panjasimon yo'nalishga ega bo'lib, bir-biridan daryo vodiylari orqali ajralib turadi. Ularning eng muhimlari Qorjontov, Ugom, Piskom, Ko'ksuv, Chandalash, Chatqol tizmalari hisoblanadi. Chirchiq-Ohangaron okrugining eng g'arbida Ugom tizmasi joylashib, Talas Olatovidan Manas cho'qqisi (4484 m) yaqinidan janubi g'arbga qarab davom etadi. Uning eng baland Sayram cho'qqisi 4236 m. Ugom tizmasining janubi g'arbida Qorjontov joylashgan. Undagi Mingbuloq cho'qqisining balandligi 2834 m. Ugom va Qorjontovlarning shimoli-g'arbiy yonbag'irlari yotiq va keng, janubi-sharqiy yonbag'irlari tik va qisqa. Ugom tog'ining sharqida unga parallel holda Piskom tizmasi joylashgan. Uning eng baland cho'qqisi - Beshtor 4299 m. Piskom tog'ining janubi sharqida, Chatqol daryosi bilan Ko'ksuv daryosi orasida Ko'ksuv tog'i joylashgan. Piskom tog'ining janubi sharqida Chatqol tizmasi joylashgan. Chatqol tizmasidan shimoli g'arbga qarab Kichik Chimyon va Katta Chimyon (3309 m) tog'lari, janubi g'arbga qarab esa Qurama tog'i ajralib chiqadi. Uning eng baland Boboiob cho'qqisi 3769 metrga yetadi. Qurama tog'ining Qamchiq dovoni (2267 m) dan Farg'ona vodiysiga tunnel orqali avtomobil va temiryo'llari o'tkazilgan (36- rasm). Chirchiq-Ohangaron okrugi xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Ohangaron vodiysida mis, oltin, volfram, qo'rg'oshin kabi ma'dan konlari mavjud. Ohangaron vodiysi va Qorjontov etaklaridan aluminiy xomashyosi - alunit topilgan. Ohangaron vodiysida chinni xomashyosi - kaolin konlari ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
815.12 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:30
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
815.12 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:30 ]
Arxiv ichida: ppt