Cho'l landshaftlarini tipologik tasniflashning asosiy tamoyillari. Buxoro viloyati

Cho'l landshaftlarini tipologik tasniflashning asosiy tamoyillari. Buxoro viloyati

O'quvchilarga / Geografiya
Cho'l landshaftlarini tipologik tasniflashning asosiy tamoyillari. Buxoro viloyati - rasmi

Material tavsifi

Cho'l landshaftlarini tipologik tasniflashning asosiy tamoyillari (Buxoro viloyati misolida) Landshaftshunoslikdagi markaziy masalalardan biri landshaftlarni tipologik tasniflash ularga tartib berish, turlashtirishdir. Bu jarayon landshaft-larning katta-kichikligi (morfologik) bilan emas, balki sifat ko'rsatkichlari (nisbiy bir xillik) tamoyili asosida amalga oshiriladi. Buning ilmiy ahamiyati nihoyatda katta. Landshaftlar tasnifisiz ularning tahlili ham, xaritalashtirish masalalari ham yakun topmagan hisoblanadi. Bu borada ma'lum tajribalarga erishilgan (N.A.Gvozdetskiy, 1961; A.G.Isachenko, 1967; V.A.Nikolayev, 1979 va boshq.). Ammo, hamma birdek e'tirof etadigan tasnif sxemasi hali ishlab chiqilmagan. Mavjud sxemalarning munozarali jihatlari bor. Buning birinchi va asosiy sababi geotizimlarning o'ta murakkab tuzilganligi. Ikkinchidan, izlanuvchilarning bu masalaga turli maqsad va usullar bilan yondoshganligi. Uchinchidan, esa tadqiqotchilar maktabi va ilmiy salohiyatining turli darajada ekanligidir. Falsafiy til bilan aytganda mazkur tadqiqotlarni tabiatda mavjud bo'lgan landshaftlarni bilish yo'lidagi, bosqichma-bosqich qo'yilgan ilmiy qadamlar deb baholash mumkin. Bu tadqiqotlar birinchidan - tarixiyligi, ilmiyligi bilan qadrli bo'lsa, ikkinchidan - esa ular muloqot mavzusi, ya'ni yangi izlanishlar uchun ozuqa muhiti ekanligi bilan qimmatlidir. Bundan tashqari, «landshaft» tushunchasining etimologik mazmuni, ko'lami, uni yaratuvchi omillar haqidagi fikrlar ham xilma-xil. Bunday turlicha talqinlar fanning ijtimoiy nufuziga putur yetkazadi va o'ziga xos qiyinchiliklar tug'diradi. Buxoro viloyati landshaftlarini tasniflashda M.P.Petrov (1973), N.A.Gvozdetskiy (1979), N.A.Kogay (1982), A.P.Jumashov (1990), A.G.Isachenko (1991), A.G.Babayev (1995) ishlariga tayangan holda quyidagi tamoyillar asosida ish tutildi: 1) geotizimlarning sifat ko'rsatkichlarini belgilashda dialektikaning «miqdor o'zgarishining sifat o'zgarishlariga o'tishi» qonuni asosida yondashish tamoyili. Bunda geotizimlar ko'lami kichraygan sari ularning «nisbiy bir xilligi» ortib borishi va nihoyat «landshaft»ning tipologik geotizim ekanligi ravshanroq namoyon bo'ladi. Bu o'rinda uning ko'lami emas, balki sifatiy asoslari belgilab turadi; 2) «landshaft» tushunchasiga umumiy (keng) va tor (asl) ma'noda yondashish tamoyili. Buning uchta asosi bor. Birinchidan, «landshaft» atamasi bugungi kunda geografik, nogeografik adabiyotlarda, omma orasida keng tarqalgan (masalan, «tog' landshaftlari», «tekislik landshaftlari», «cho'l landashftlari» kabi). Ikkinchidan, «landshaft» atamasi barcha huquqiy va me'yoriy hujjatlarda keng ma'noda ishlatiladi. Uchinchidan, regional komplekslar bilan tipologik komplekslar o'rtasida keskin chegara yo'q. Chunki turli ko'lamdagi geotizimlar modda va energiya oqimlari tufayli bir-biri bilan bog'langan. Masalan, ushbu tadqiqotda keltirilgan landshaftlar tasnifida «landshaft tiplari guruhi»-«landshaftlar sinfi» «landshaftlar kichik sinfi» keng ma'noda bo'lsa, «landshaft tiplari» va uning qismlari tor (asl) ma'noga ega. Demak, landshaft asl ma'noda N.A.Gvozdetskiy (1979) ta'kidlaganidek, «tuproq» kabi tipologik mazmunga ega. Xullas, «landshaft» umumiy tipologik tushuncha bo'lib, u «landshaft tipi», «landshaftning kichik tipi» va «landshaft turi» dan iborat (Nazarov, Toshov, 2004); 3) landshaftlarni tasniflash birliklarini geografiyaga yondosh bo'lgan fanlardagi nomdosh va mazmundosh atama va tushunchalar bilan uyg'unlashtirish tamoyili. Geografiya fani botanika, o'simliklar geografiyasi, tuproqshunoslik va cho'lshunoslik bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.12 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.12 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga