Cho'llar Quruqlikning aridlashuv muammosi qurg'oqchillikning tez-tez takrolanishi tufayli turli sohalarning mutaxassislarida qiziqish o'yg'otish bilan bir paytda ularni tashvishga ham solmoqda. Bu hududlarni ogohlantiruvchi tadbirlar o'tkazish uchun shuningdek, bu hududlardagi yerlarning hosildorligini oshirish maqsadida сhuqur va har tomonlama o'rganish zarur. Insonning tabiatga ta'siri kundan - kunga о'sib bormoqda. Tabiatdan foydalanishning katta miqiyoslari sayyoramizda regional va global ekologik muammolarni keskinlashuviga hamda ayrim mintaqalarda ekologik tanazzulning kelib chiqishiga sabab bо'lmoqda. Inson tomonidan uning atrof tabiiy muhitga kо'rsatilayotgan ta'sirini tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot va qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning о'zaro ta'sirini uyg'unlashtirish, inson va tabiatning о'zaro munosabatlarda muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bо'lib qolmoqda. Ko'pgina regionalarda inson tabiatdan foydalanish jarayonida tabiiy - hududiy komplekslarni о'zgartirmoqda. Muammoning o'rganilganlik darajasi. Sayyoramiz yuzasida namoyon bo'ladigan geografik zonallik tusilmasida cho'llarning landshaftlari o'ziga xos mavqega ega. Million yillar davomida mujassamlashgan va mutanosiblashgan cho'l landshaftylarining о'zgartirilishi kо'pgina salbiy oqibatlarni yuaga keltirmoqda, ekologik - xo'jalik nuqtai nazaridan nomaqbul bо'lgan jarayonlarning kuchayishiga va katta maydonlarda tarqalishiga olib kelmoqda. Bunday jarayonlarni oldini olishda yoki qarshi kurashda majmua sajiyaga ega bо'lgan tadqiqotlar muhim amaliy ahamyatga ega. Bunday tadqiqotlar tabiatan komponentlarini о'zaro bog'liqlikda va о'zaro ta'sirida о'rganadi. Shu asosda ekspertizalar о'tkazish va prognozlar berish imkoniyatiga ega bо'ladi. Tabiatdan foydalanishni ilmiy asosda tashkil etishda yuqorida aytilgan tadqiqot usullariga ega bо'lgan geografiya fanlari alohida mavqega ega. Uzoq vaqt davomida tabiat zonalari tushunchasining mazmuni noaniq bo'lib keldi, ularni ajratishning asoslangan mezonlari ham yo'q edi.L.S.Bergning (194, 1952, 1955) asarlarida landshaft - geografik zonalar deb nom oldi. Bu atoqli olim geografik (yoki landshaft) zonalari deb iqlim mintaqalariga mos holda asosan kenglik yo'nalishida cho'zilgan va shu yo'nalishda tabiatning umumiy qiyofasi ozmi-ko-pmi o'zgarmasdan qolishi bilan farq qiladigan oblastlarni tushungan edi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.49 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.49 MB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:30 ]
Arxiv ichida: pptx