Daryo havzasi va o'zanning suv balansi

Daryo havzasi va o'zanning suv balansi

O'quvchilarga / Geografiya
Daryo havzasi va o'zanning suv balansi - rasmi

Material tavsifi

Daryo havzasi va o'zanning suv balansi Reja: Daryo oqimining hosil bo'lishiga ta'sir etuvchi omillar Daryo oqimini ifodalash usullari Daryo havzasining suv balansi, gidrologik yil Daryo oqimining hosil bo'lishiga ta'sir etuvchi omillar Daryo oqimi yomg'ir hamda tog'lardagi qor va muzliklarning erishi hisobiga hosil bo'ladi. Har ikki holda ham hosil bo'lgan suvning bir qismi yer ostiga shimiladi, bir qismi bug'lanadi, faqat qolgan qismigina oqim hosil bo'lishida ishtirok etadi. ¨mg'irning yog'ishi yoki qor va muzlikning erish jadalligi yer ostiga shimilish hamda bug'lanishning birgalikdagi jadalligidan katta bo'lgandagina oqim hosil bo'ladi. Yuqoridagi shart bajarilgandan so'ng hosil bo'lgan oqim yuza oqim yoki yonbag'irlar oqimi deyiladi. Bunda oqim juda kichik jilg'alar ko'rinishida bo'ladi. Ana shu kichik jilg'alar qo'shilib, vaqtinchali oqar suvlarni, ular esa o'z navbatida qo'shilib, o'zanda doimiy oquvchi soylarni hosil qiladi. Soylar suvining qo'shilishidan daryo oqimi hosil bo'ladi. Daryo oqimiga yer osti suvlari ham kelib qo'shiladi. Demak, daryo oqimi yer yuzasi va yer osti suvlarining yig'indisidan iborat bo'ladi. Yuqorida daryo oqimining hosil bo'lish jarayoni juda sodda ko'rinishda tasvirlandi. Lekin, aslida, daryo oqimining hosil bo'lishi juda murakkab tabiiy jarayondir. Daryo oqimining hosil bo'lishiga quyidagi tabiiy-geografik omillar ta'sir etadi: -havzaning geografik o'rni; -iqlim sharoiti; -geologik tuzilishi va relefi; -tuproq sharoiti; -o'simlik qoplami; -gidrografik sharoiti (muzlik, ko'l, botqoqlik) va boshqalar. Oqim hosil bo'lishiga insonning daryo havzasidagi xo'jalik faoliyati ham jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Iqlimiy omillar ta'siri. Malumki, iqlimiy omillar deganda atmosfera yog'inlari, bug'lanish, havo harorati, havo namligi, shamol kabilar tushuniladi. Shu omillardan qaysi birining oqimga hal etuvchi va bevosita ta'sir etishini bilish uchun daryo havzasining suv balansi tenglamasiga murojaat etaylik: X0 q U0 Q Z0 yoki U0 q X0-Z0 , bu yerda: X0 -havzaga yog'adigan o'rtacha ko'p yillik yog'in miqdori; Z0-havzadan bo'ladigan o'rtacha ko'p yillik bug'lanish miqdori; U0 - daryo oqimining o'rtacha ko'p yillik miqdori. Shu tenglamalardan ko'rinib turibdiki, iqlimning daryo oqimiga ta'sir etuvchi asosiy elementlari atmosfera yog'inlari va bug'lanishdir. Bir xil tabiiy sharoitda daryo havzasiga qancha ko'p yog'in yog'sa, oqim shuncha ko'p miqdorda hosil bo'ladi. Ular orasidagi bog'liqlikni analitik ko'rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: U0 q (X0) . Biroq, bu bog'liqlik hamma vaqt ham kuzatilmaydi. Chunki, oqim miqdoriga faqat yog'inning oz va ko'p bo'lishi ta'sir ko'rsatibgina qolmasdan, balki uning yil davomida taqsimlanish xarakteri ham muhim o'rin tutadi. Masalan, yog'inning ko'p qismi yilning sovuq davrlarida yog'sa, u vaqtda uning ancha qismi oqim sifatida daryoga kelib qo'shiladi, yani daryo oqimi bilan yog'in o'rtasida etarli darajada bog'liqlik bo'ladi. Agar yog'inning asosiy qismi yilning issiq fasllarida yog'sa, u vaqtda yog'inning katta qismi bug'lanishga va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.6 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.6 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga