Daryo oqimiga antropogen omillar ta'sirini baholash usullari

Daryo oqimiga antropogen omillar ta'sirini baholash usullari

O'quvchilarga / Geografiya
Daryo oqimiga antropogen omillar ta'sirini baholash usullari - rasmi

Material tavsifi

Daryo oqimiga antropogen omillar ta'sirini baholash usullari haqida Daryolarning gidrologik rejimiga antropogen omillarning ta'sirini miqdoriy baholash uchun, havzalarning tabiiy-geografik xususiyatlari, mavjud gidrometeorologik ma'lumotlarni va xo'jalik faoliyatining turi, rivojlanish darajasiga asoslangan holda quyidagi usullar guruhidan foydalanish mumkin: 1. Daryo havzasidagi tayanch gidrostvorlarda kuzatilgan ko'p yillik oqim tebranishlarini o'rganish, tabiiy meteorologik omillarning o'zgarishi bilan havzadagi xo'jalik faoliyatining rivojlanishini tahlil qilish usullari; 2. Suv balans usuli, daryo havzasida suv va issiqlik balans elementlarini aniqlash, olingan va tashlangan suv miqdorini hisoblash, shuningdek har bir xo'jalik turi faoliyatining ta'sirini alohida miqdoriy baholash; 3. Aktiv eksperiment usuli. Birinchi guruh usullarida gidrologik ko'rsatkichlarning quyi stvorlarda, daryo oqimining tabiiy va antropogen omillar ta'sirida ko'p yillik tebranishlarini baholashga asoslaniladi, shuningdek ho'jalik faoliyatining ta'sir ko'rsatish darajasi miqdoriy baholanadi. Daryolarning quyi stvorlarida o'lchangan gidrologik ko'rsatkichlarni tabiiy va antropogen omillar ta'sirida davrlar bo'yicha o'zgarishlari aniqlanadi va havzadagi xo'jalik faoliyatining gidrologik rejimga ta'sir ko'rsatish darajasi miqdoriy baholanadi. Bularga: turli davrlar uchun hisoblangan oqim ko'rsatkichlarini taqqoslash (analogiya), o'xshashlik usuli, daryo havzasida oqim hosil qiluvchi tabiiy omillar bo'yicha oqimni tiklash usullari kiradi. O'zining xususiyatlariga ko'ra bu usullar daryo havzasidagi gidrologik rejimga ta'sir ko'rsatuvchi barcha xo'jalik faoliyatini turlarini hisobga olish uchun qo'llanilishi mumkin, lekin ular yordamida alohida antropogen omillar hissasini baholash qo'l keladi. Bunday omillarga agrotexnika, sug'orish va quritish melioratsiyasi, o'zan oqimini boshqarish, urbanizatsiya, daryo havzalarida o'rmonlarni kesish tadbirlari kiradi va ular daryo havzalarida bu omillar asosiy bo'lib, oqimning tabiiy rejimini o'zgartirish quyi stvorlarda bosh rolni o'ynaydi. Ko'p hollarda antropogen omillar ta'sirini baholash uchun ko'p yillik kuzatishlar xo'jalik faoliyati turli bo'lgan davrlarga ajratib, shu davrdagi quyi stvordagi o'rtacha oqim qiymatlarini aniqlab, ular meteorologik omillar, ko'pincha daryo havzasidagi o'rtacha yog'in miqdorlari bilan solishtiriladi,. Bu eng sodda va qulay usullardir, lekin undan samarali foydalanish uchun quyi stvorda oqim shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy tabiiy omil to'g'ri tanlanishi kerak. Misol uchun namlik yetarli va ortiqcha bo'lgan hududlarda yillik oqim asosan yillik yog'in miqdori bilan aniqlanadi. Korrelyatsiya koeffitsiyenti oraliqda o'zgaradi. Xo'jalik faoliyatining ta'siri o'rtacha yillik oqim miqdori bilan yillik yog'inni solishtirish natijasida ishonchli baholanadi. Kam namlangan hududlarda esa yillik yog'in va oqim o'rtasida bog'lanish odatda kichik, korrelyatsiya koeffitsiyenti oraliqda o'zgaradi. Shuning uchun ham oqimning o'zgarishlarini baholash ikkita bir xil yog'inli davrlarga bir xil oqim miqdorlari to'g'ri keladi degan tahminlar asosli deb hisoblanmaydi. Oqimni tiklaganda juft korrelyatsiya va integral to'g'ri chiziqlarni qo'llanilishi samarali bo'lishi uchun havzadagi asosiy oqim hosil etuvchi omil argument sifatida olinishi kerak. Bu argument umumiy tabiiy-geografik sharoitga va oqim shakllanish xususiyatlariga bog'liq holda o'zgaradi. Shiklomanov I.A. va boshqa olimlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.51 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.51 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga