Daryo oqimini hisoblash

Daryo oqimini hisoblash

O'quvchilarga / Geografiya
Daryo oqimini hisoblash - rasmi

Material tavsifi

Daryo oqimini hisoblash Reja: Daryolarning yillik oqimi va uning o'zgaruvchanligi Daryo oqimining yillararo o'zgarishini xarakterlash Daryo oqimining yil davomida taqsimlanishi Daryolarning yillik oqimi va uning o'zgaruvchanligi Daryo oqimi yillararo o'zgarib turadi, yani daryoda bir yil suv ko'p bo'lsa, ikkinchi yili unga nisbatan kamroq bo'lishi mumkin. Bu o'zgarishlar havza yog'adigan atmosfera yog'inlari, havo harorati kabi iqlimiy omillarga bog'liq bo'lib, aniq bir qonuniyatga bo'ysunmaydi. Lekin har qanday o'zarish oqimning malum bir o'rtacha qiymati atrofida tebranib turadi. Tebranish amplitudasi turli daryolarda turlicha qiymatlarga ega bo'ladi. Daryo oqimini bir necha yillar (25-30 yil) davomida uzluksiz kuzatish natijasida hosil bo'lgan qatorni tasodifiy miqdorlar qatori deb qarash mumkin. Malumki, tasodifiy miqdorlardan hosil bo'lgan qator o'zgaruvchan-variatsion qator deyiladi. Kam suvli va ko'p suvli yillarning to'la siklini qamrab olgan davr uchun aniqlangan o'rtacha ko'p yillik oqim miqdori oqim normasini ifodalaydi. O'zgaruvchan qatorning asosiy ko'rsatkichlaridan biri o'rtacha arifmetik miqdor yoki boshqacha aytganda me'yor(norma)dir. U quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: , ifodada -oqim me'yori, -yillik oqim miqdorlarining yig'indisi, -kuzatish yillari soni. Oqim normasini aniqlashda hisoblash davrini belgilab olish muhimdir, chunki daryo oqimi ham Quyosh faolligi hamda iqlimning davriy-siklli o'zgarishiga bog'liq holda o'zgarib turadi. Oqim normasini hisoblash uchun tanlab olingan qator bir yo'la ko'p suvli va kam suvli davrlarni qamrab olishi zarur. Shu maqsadda daryo oqimining yig'indi (integral) egri chizig'i chizmasidan foydalaniladi (30-rasm, a). Integral egri chiziqni chizishda daryo oqimini modul koeffitsiyentlari orqali ifodalash katta qulaylik yaratadi. Bu egri chiziq daryo oqimining yillar bo'yicha siklli o'zgarishi davrlarini yaqqol ko'rsatib turadi. Daryo oqimining yillararo o'zgarishini xarakterlash uchun gidrologiyaga oid hisoblashlarda taqsimlanish va ta'minlanish egri chiziqlaridan foydalaniladi. ta'minlanish egri chizig'i berilgan oqim miqdorini necha foiz ishonchli ekanini yoki boshqacha aytganda necha yilda bir marta qaytarilishini aniqlashga yordam beradi. ta'minlanish egri chizig'i kuzatish ma'lumotlari asosida chiziladi (30-rasm, b). Daryo oqimining ta'minlanishi quyidagi ifoda yordamida topiladi va foizlarda ifodalanadi: , bu yerda: -daryolarda malum yilda kuzatilgan oqim miqdorining kamayuvchi qator bo'yicha aniqlangan tartib raqami; -kuzatish yillari soni. Yuqoridagi mazkur ifoda yordamida hisoblanib, chizilgan ta'minlanish egri chiziqlarida nuqtalar birmuncha sochilib tushadi. Bu esa hisoblashlarda malum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shundan qutilish, yani egri chiziqni silliqlash maqsadida bir qancha nazariy tenglamalardan foydalaniladi. Amaliy hisoblashlarda ko'proq II tipdagi Pirson taqsimoti egri chizig'idan foydalanish taklif etiladi. Nazariy taqsimotlarga asoslanib chizilgan ta'minlanish egri chiziqlarining quyidagi uchta parametri mavjud bo'ladi: -qatorning o'rtacha arifmetik miqdori-U0; -o'zgaruvchanlik (variatsiya) koeffitsiyenti-Sv; -asimmetriya koeffitsiyenti-Ss. Mazkur parametrlarning barchasi daryolarda olib borilgan uzluksiz kuzatish ma'lumotlari asosida aniqlanadi. O'rtacha arifmetik miqdor (me'yor) ning qanday aniqlanishi yuqorida aytib o'tildi. Daryo oqimining o'zgaruvchanlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 121.38 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 121.38 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga