Daryo oqimining hosil bo'lishi, unga ta'sir etuvchi omillar, havza relyefi va uning oqim hosil bo'lishiga ta'siri

Daryo oqimining hosil bo'lishi, unga ta'sir etuvchi omillar, havza relyefi va uning oqim hosil bo'lishiga ta'siri

O'quvchilarga / Geografiya
Daryo oqimining hosil bo'lishi, unga ta'sir etuvchi omillar, havza relyefi va uning oqim hosil bo'lishiga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Daryo oqimining hosil bo'lishi, unga ta'sir etuvchi omillar, havza relefi va uning oqim hosil bo'lishiga ta'siri Reja: 1. Daryo haqida tushuncha 2. Daryo oqimining hosil bo'lishiga ta'sir etuvchi omillar 3. Iqlimiy omillar ta'siri 4. Daryo havzasi geologik tuzilishining ta'siri 5. Antropogen omillar ta'siri Daryo haqida tushuncha Daryo tabiiy suv manbasi bo'lib, odatda okean, ko'l, dengiz va boshqa daryoga quyiluvchi toza suvdir. Daryo - tabiiy o'zanda doimiy yoki mavsumiy oqadigan va daryo havzasidagi yer usti va yer osti suvlari hisobiga to'yinadigan suv oqimi. daryolarni quruqlik gidrologiyasining darelar gidrologiyasi bo'limi o'rganadi. Har bir daryo ning manbai va dengiz, ko'lga qo'yiladigan yoki boshqa daryo bilan qo'shilib ketadigan joyi - mansabi bo'ladi. Manba suvayirg'ichga yaqin joylashgan bo'ladi. Bevosita okean, dengiz, ko'lga qo'yiladigan yoki qumga singib ketadigan daryo bosh daryo hisoblanadi, bosh daryo ga qo'yiladigan daryo - irmoq deb ataladi. Bosh daryo barcha irmoklari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi. daryolar ko'pincha ko'l, botqoklik, buloq va muzliklardan boshlanadi. Mac, O'rta Osiyodagi Panj, Vaxsh, Zarafshon va Norin kabi daryolar muzliklardan, Rossiya Federatsiyasidagi Neva, Svir, Angara singari daryolar ko'llardan, Belorussiya, Ukraina, G'arbiy Sibirdagi aksariyat daryolar botqokliklardan boshlanadi. Quruq va issiq iqlimli o'lkalardagi daryolar ko'pincha suvi bug'lanib va qumga singib tugaydi yoki hamma suvi sug'orishga sarf bo'ladi, jumladan O'rta Osiyodagi daryolarning ayrimlari ma'lum bir joyga quyilmasdan tugab qoladi (Zarafshon, Qashqadaryo, chu va Turkmanistondagi daryolar). daryo sistemasi o'zining suvini yig'ib oladigan quruqlik yuzasi suv yig'iladigan maydon deb ataladi. Yer sirtining daryo sistemasi joylashgan va boshqa suvayirg'ichlar bilan chegaralangan qismi daryo havzasi deyiladi O'zbekistondagi daryolar, asosan, tog'lardagi qor va muzliklardan hamda yomg'ir suvlaridan to'yinadi. O'zbekiston hududini kesib o'tuvchi eng katta suv arteriyalari bo'lmish Sirdaryo va Amudaryo qamda ularning irmoqlari O'zbekistondan tashqarida boshlanadi. O'zbekistonning yirik daryolari: Norin, Qoradaryo, So'x, chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, sheroboddaryo. Ularning ko'pchiligi faqat o'rta va quyi oqimida Uzbekistan hududidan o'tadi Daryo oqimining hosil bo'lishiga ta'sir etuvchi omillar Daryo oqimi yomg'ir hamda tog'lardagi qor va muzliklarning erishi hisobiga hosil bo'ladi. Har ikki holda ham hosil bo'lgan suvning bir qismi yer ostiga shimiladi, bir qismi bug'lanadi, faqat qolgan qismigina oqim hosil bo'lishida ishtirok etadi. yomg'irning yog'ishi yoki qor va muzlikning erish jadalligi yer ostiga shimilish hamda bug'lanishning birgalikdagi jadalligidan katta bo'lgandagina oqim hosil bo'ladi. Yuqoridagi shart bajarilgandan so'ng hosil bo'lgan oqim yuza oqim yoki yonbag'irlar oqimi deyiladi. Bunda oqim juda kichik jilg'alar ko'rinishida bo'ladi. Ana shu kichik jilg'alar qo'shilib, vaqtinchali oqar suvlarni, ular esa o'z navbatida qo'shilib, o'zanda doimiy oquvchi soylarni hosil qiladi. Soylar suvining qo'shilishidan daryo oqimi hosil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:30 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.06 MB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga