Daryolar mavzusini ta'lim texnologiyalari asosida o'qitishga doir K i r i sh Ta'limni - tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi-bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. I.A. KARIMOV Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillikdan so'nggi davrlarda ta'lim sohasida ham katta o'zgarishlar ro'y berdi. Bugungi kunda yosh avlodni zamon ruhi va talabi hamda ishlab chiqarish ehtiyojlariga to'liq javob beradigan darajada o'qitish va tarbiyalash Ta'lim to'g'risida gi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining asosiy talabi hisoblanadi. Belgilangan ushbu vazifalar ta'lim va tarbiya tizimidagi barcha bo'g'inlarning o'zaro hamkorligi asosida amalga oshirilmoqda. O'zbekiston o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lidan rivojlanib, xalqaro maydonda o'zining munosib o'rnini topmoqda. Davlatimizning mustaqil taraqqiyot yo'lini ta'minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'rifiy sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat va inson manfaatiga qaratilgan bu islohotlarning samarasi bevosita ta'lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning salohiyatiga bog'liqdir. Bu mavzuning dolzarbligini bildiradi. Shu bois mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sifatli kadrlar tayyorlashga qodir milliy asosga qurilgan va jahondagi ilg'or davlatlar ta'limi taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Ta'lim-tarbiyaning mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o'tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib, hozirda inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari shu faoliyatdan ko'zda to'tilgan maqsadlarni to'liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, yangi texnologiyalarga aylanib bormoqda. 1997 yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi milliy ta'lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi hujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin yaratdi. Bugungi kun ta'lim tizimining talablaridan kelib chiqqan holda innovatsion texnolgiyalardan geografiya darslarida mavzuga mos turda saralab olish va olib borishdan ko'zda to'tiladigan maqsadlar quyidagicha taqsimlanadi: -o'quvchilarning geografiya faniga va u orqali o'zi yashayotgan o'lka tabiatiga mexr-muhabbatni shakllantirish, -ularning nazariy bilimlarni chuqur o'rganishida, o'zicha fikrlay olishi hamda o'rganilgan bilimlarni amalda bajara olishida muhim o'rinni egallash; -o'rganilayotgan mavzuni yengil o'zlashtira olishga yordam berish va boshqada shunga o'xshagan ahamiyatli vazifalarini o'z ishiga oladi. Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov «Aql zakovatli, yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo'ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi» deb ko'rsatganining o'zi jamiyatmizning yuksalishida va uning rivojlanishida ilmning boshqa sohalari bilan bir qatorda zamonaviy geografiyaning ham tutgan o'rni alohida e'tiborga loyiq. 2012 yil vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko'taradigan yil bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O'zbekistonni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan vazirlar mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. Umumta'lim maktablarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash borasida katta ishlar amalgam oshirildi. Eng ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
143.06 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
143.06 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:30 ]
Arxiv ichida: doc