Name of presentation Company name Daryolar 5-sing Geografiya fani darsligi asosida 22 § - mavzu O'zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. 46-rasm. Tekislik daryosi va daryo vodiysining ko'ndalang kesimi. O'zan daryo vodiysining suv oqadigan chuqur qismi hisoblanadi. 46-rasmga qarab daryo vodiysi haqida gapirib bering. Odatda daryolar doim oqib turadi. Lekin iqlimi quruq o'lkalarda issiq, yog'in kam vaqtlarda goho qurib qoladigan daryolar ham bor. Ularni vaqtincha qurib qoladigan daryolar deyiladi. Ma'lumki, har bir daryoning boshi va quyar joyi bo'ladi. Daryo boshlanadigan joy uning manbayi deb ataladi. Yurtimizdagi Sirdaryo va Amudaryo baland tog'lardagi qor va muzliklardan boshlanadi. Daryolar qayerdan boshlanmasin, ularning irmoqlari bo'lsa, katta sersuv daryolarga aylanadi. Irmoqlar deb daryoga yon tomondan kelib qo'yiladigan kichikroq daryolarga aytiladi. Ko'pchilik daryolar okean, dengiz, ko'l yoki boshqa daryolarga kelib quyiladi. Daryoning okean, dengiz, ko'l yoki boshqa daryoga qo'yiladigan joyi daryoning mansabi deyiladi. Daryo havzasi va suvayirgich. Yerga shimilishga ulgurmagan va bug'lanib kyetmagan hamma suv daryolarga oqib tushadi. Barcha suvi bir daryoga oqib tushadigan quruqlik maydoni daryo havzasi deb ataladi Amazonka Amazonka daryosi dunyodagi eng sersuv daryo, Janubiy Amerikada joylashgan. Uning uzunligi 6400 km ni tashkil qiladi. Masshtab:1:550 00 00 Daryo havzasining chegarasi (suvayirgich) Hamma daryolarning, hatto eng kichik daryolarning ham o'z havzasi bo'ladi. Amazonka havzasi eng katta havza bo'lib, maydoni 7 mln km2 dan iborat. Amazonka havzasi Qo'shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan chegara suvayirgich deyiladi. Suvayirgichlar tog'larning qirralariga, tekisliklarda esa balandroq joylarga to'g'ri keladi. Tog' va tekislik daryolari. Tog' daryolari tekislik daryolariga qaraganda juda tez oqadi, vodiylari tor va chuqur bo'ladi. Ko'p daryolar tog'lardan boshlanib, tekislikka oqib chiqadi va tekislik daryosiga aylanadi. Daryolar tog'lardan yemirib, oqizib kelgan tog' jinslari tekislikda cho'kib, cho'kindi jinslarni hosil qiladi. Daryolar suvidan cho'kindi jinslarning saralanib cho'qishi qonuniyatini birinchi bo'lib Abu Rayhon Beruniy aniqlagan. Daryolar suvi baland joylardan otilib tushib, sharsharalar hosil qiladi. Dunyodagi eng baland sharshara Janubiy Amerikada, Orinoko daryosidagi Anxel sharsharasi. Uning balandligi 1054 m. Anxel sharsharasi Savol va topshiriqlar: 1. Daryo deb nimaga aytiladi? 2. Daryo sistemasi, daryo havzasi, suvayirgich nima? 3. Daryoning to'yinishi deb nimaga aytiladi? 4. O'zbekistondagi qanday daryolarni bilasiz? 5. Dunyodagi eng sersuv daryolar qaysilar? Geografiya 5-sinf Mavzuning texnologik kartasi va o'tkazilish ishlanmasi Dars bosqichlari. Mashg'ulotni borishi Atama va tushunchalar: daryo, daryo havzasi, suv ayirg'ich, daryolar manbai, mansabi, tog'daryolari, tekislik daryolari, daryo vodiysi, daryo o'zani, irmoq, daryo sistemasi, sharshara, ostona, daryolar to'yinishi, daryolar rejimi, suv sarfi, suv sathi, daryolar suvini muhofaza qilish. Geografik obyektlar: Daryolar: Nil, Amazonka, Kongo, Missisipi, Gang, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.01 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:31
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.01 MB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:31 ]
Arxiv ichida: pptx