Daryolarning suv sathi rejimi va uni kuzatish

Daryolarning suv sathi rejimi va uni kuzatish

O'quvchilarga / Geografiya
Daryolarning suv sathi rejimi va uni kuzatish - rasmi

Material tavsifi

Daryolarning suv sathi rejimi va uni kuzatish Reja: Daryolarning suv sathi rejimi va uni kuzatish Suv o'lchash postlarini tashkil etish tamoyillari,ulardagi balandlik va hisob sistemasi Gidrometriyada daryo va boshqa suv obyektlarining suv sathini kuzatishga, aniq o'lchashga alohida etibor beriladi. Bu mavzuda asosiy etibor suv sathining o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar va tebranish xarakterlarini yoritishga qaratilgan. Daryolar va boshqa suv obeklaridagi suv miqdori vaqt maboynida o'zgarib turadi. Natijada suv sathi ham tebranib turadi. Mana shu o'zgarish jarayonini kuzatish, uning o'ziga xos qonuniyatlarini ochish, o'zgarishga sabab bo'luvchi omillarni aniqlash muhim hisoblanadi. Suv sathining tebranish xarakteri va qiymatlari bir qancha tabiiy geografik omillarga bog'liqdir. Vaqt nuqtai nazaridan suv sathining tebranishini quyidagi muddatlarga bo'lib o'rganish ancha qulaylik keltirib chiqaradi: 1) suv sathining ko'p yillik tebranishi; 2) suv sathining yillik tebranishi; 3) suv sathining fasliy tebranishi; 4) suv sathining kunlik tebranishi. Suv sathining ko'p yillik tebranishi asosan iqlimning atmosfera tsirkulyatsiyasi ta'sirida ko'p yillik siklli tebranishiga bog'liq holda kechadi. Atmosfera yog'inlari ko'p yoqqan yillarda deyarli barcha suv obyektlarida suv sathi ham ko'tariladi. Bundan tashqari suv sathining ko'p yillik tebranishi geologik, tektonik jarayonlarga ham bog'liqdir. Muzlik suvlari hisobiga to'yinadigan daryolarda esa havo harorati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Daryolarda suv sathining yillik tebranishi asosan shu yilning meteorologik sharoitiga bog'liq bo'ladi. Agar o'rganilayotgan yilda atmosfera yog'inlari miqdori ko'p bo'lib, namlik katta bo'lsa, suvsathiningtebranishamplitudasihamkattabo'ladi. Suv sathining fasliy tebranishi daryo havzasining tabiiy - geografik sharoitiga bog'liq bo'ladi. Bunda daryoning joylashish o'rni, balandligi muhim rol o'ynaydi. Daryolar suv sathining fasliy tebranishga yoz oylarida suv o'simliklari, qish oylarida esa muzlash hodisalari ta'sir ko'rsatishi mumkin. Suv sathining kunlik tebranishi ko'proq daryolarning dengizga quyilish joylarida (shamolta'sirida) va muzliklardan boshlanadigan kichik soylarda kuzatiladi. Daryolar suv sathini kuzatishda nasosiy maqsad gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish va foydalanish uchun kerakli ma'lumotlarni olishdir. Daryolar, soylardagi suv sathining o'zgarish qonuniyatlarini bilmasdan turib, ularda bironta ko'prik, to'g'on, kanal kabi suv inshootlarini loyihalash va qurish mumkin emas. Suv sathini kuzatish barcha gidrometrik ishlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Gidrometriyada suv sathini kuzatish ma'lumotlaridan daryolardagi oqim miqdorini aniqlashda ham foydalaniladi. Buning uchun suv sathi bilan suv sarfi orasidagi bog'lanish, yani suv sarfi egri chizig'i grafigi chiziladi. Suv o'lchash postlarini tashkil etish tamoyillari, ulardagi balandlik va hisob sistemasi Malumki, suv obyektlarida olib boriladigan suv o'lchash va kuzatish ishlari gidrometeorologik stansiya va postlarda olib boriladi. Ushbu mavzuda suv o'lchash postlarini qurish tamoyillari, kuzatishlarni amalga oshirishda asos bo'ladigan «0» grafik tekisligi, uni tanlash qoidalari va orttirmalar haqidagi ma'lumotlar keltiriladi. Suv o'lchash tizimlarini tashkil etishda (qurishda) quyidagi ikki tamoyilgaasoslanish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.26 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.26 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga