Daryolarning to'yinishi

Daryolarning to'yinishi

O'quvchilarga / Geografiya
Daryolarning to'yinishi - rasmi

Material tavsifi

Daryolarning toyinishi Reja: 1.Daryolarning toyinish manbalari. 2.Daryolarning iqlim jihatdan I.A.Vaeykov tasnifi. 3.Daryolarning toyinish manbalari boyicha M.I.Lvovich tasnifi. 4.Markaziy Osiyo daryolarining toyinish manbalariga ko'ra V.L.Shults tasnifi. 5.Daryolarning toyinish manbalari hissasini miqdoriy baholash. 1.Yer kurrasidagi barcha daryolar toyinishining asosiy manbai atmosfera yog'inlaridir. Yomg'ir ko'rinishida tushgan atmosfera yog'inlari yer yuzasida hosil qiladi va daryolar toyinishining bevosita manbai bo'ladi. Agar yog'in, qor ko'rinishida yog'sa, u yer sirtida yig'ilib, havo harorati ko'tarilgach eriydi. Qorning erishidan hosil bo'lgan suvlar ham daryolar toyinishida qatnashadi. Yer yuzasining baland tog'li qismida yoqqan qorlar bir yoz mavsumida erib ulgurmaydi, natijada u yerdagi qor zahirasini boyitib, muzliklar, doimiy qorliklar paydo bo'lishiga olib keladi. Ana shu baland tog'lardagi asriy qorliklar va muzliklar suvi daryolar toyinishining yana bir manbai hisoblanadi. Yomg'ir suvlari hamda qor va muzliklarning erishidan hosil bo'lgan suvlarning bir qismi yer ostiga sizilib grunt va yer osti suvlariga qo'shiladi. Yer osti va grunt suvlari ham daryo o'zaniga sekin - astalik bilan qo'shiladi, natijada daryolarda, diomiy suv bo'lishi ta'minlanadi. Shunday qilib, daryolar toyinishining to'rt manbai mavjuddir: yomg'irlar, qop qoplami, baland tog'lardagi asriy qor va muzliklar, yer osti suvlari. Yuqorida aytilgan manbalardan hosil bo'lib, daryolarga qo'shiladigan suv miqdori turli hududlarda har xil qiymatlarga ega bo'ladi. Uning miqdori esa asosan daryo havzasining iqlim sharoitiga bog'liq holda yil fasllari boyicha o'zgarib turadi. Iqlimning daryolar toyinishidagi ahamiyati va ularning tartibiga ta'sirini birinchi bo'lib 1884 yilda taniqli rus iqlimshunos olimi A.I.Voseykov o'zining mashhur Yer kurrasi va xususan Rossiya iqlimlari kitobida aniq baholab bergan. U hozir ham o'z kuchini yo'qotmagan mashhur kitobida daryolar o'z havlari iqlimining mahsulidir degan edi. Hozirgi paytda bu fikr bir muncha keng ma'noda, ya'ni daryolar havzadagi mavjud landshaftning umumiy muhitida iqlimning mahsulidir, degan edi. Natijada iqlimning yetakchi hissasini ta'kidlash bilan birga landshaftning sharoitlari havzalarning geologik tuzilishi, ularning tuprog'i, o'simligi va boshqalarning ham ma'lum ahamiyati uqtiriladi. 2.Daryolar o'z havzalari iqlimining mahsuli degan xulosaga asoslangan holda A.I.Voeykov daryolar suv tartibining xususiyatlaridan iqlim indikatori sifatida foydalanish mumkin deb hisoblaydi. Shu fikrga asoslanib u birinchi bo'lib daryolarning iqlimiy tasnifini ishlab chiqdi. A.I.Voeykov Yer kurrasidagi barcha daryolarni to'rt guruhga bo'ldi: 1. Qor va muzlik suvlaridan toyinadigan daryolar. O'z navbatida bu guruh 3 turga bo'linadi: a) tekislikdagi va balandligi 100 m gacha bo'lgan hududlardagi muzliklar suvi hisobiga toyinadigan daryolar. Bunday daryolar, shimoliy hududlarda joylashgan. b) tog'lardagi qor va muzliklar hisobiga toyinadigan daryolar. Bu turga misol qilib Markaziy Osiyo daryolarini ko'rsatish mumkin. Bu daryolarda tulin suv davri yozda kuzatiladi. v) bahor va yozining boshlarida qor suvlari hamda yomg'ir suvlari hisobiga toyinadigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.71 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.71 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga