Daryolarning xo'jalikdagi ahamiyati Reja: Daryo haqida umumiy tushuncha Darylarning to'yinish tiplari Daryolarning xo'jalikdagi ahamiyati Daryo deb - havzaga yoqqan yog'inlardan hosil bo'lgan yer usti va yer osti suvlari hisobiga to'yinib, tabiiy o'zanda oquvchi suv massalariga aytiladi. Daryolar suvi okeanlar, dengizlar yoki ko'llarga kelib quyiladi. Ayrim ko'llarda esa, turli sabablarga ko'ra, daryo suvi kamayib ketishi natijasida ularga yetib bormaslingi mumkin. 2-tartibli irmoq 1-tartibli irmoq Daryo Amerikalik gidrolog olim Xarton daryo irmoqlarini tasniflashni boshqacha tizimini taklif qilgan. U taklif etgan tasnif bo'yicha birinchi irmoq sifatida boshlang'ich jilg'a qabul qilinadi. Ana shu boshlang'ich jilg'a borib, qo'yiladigan soy ikkinchi tartibli irmoq deb yuritiladi. Daryolarning yana baliq ovlashda, rekratsion maqsadda, kemalar qatnovida ahamiyati bor. Daryo suvlarining ifloslanishida zavod-fabrika, kommunal xo'jalik, transport va sog'lomlashtirish tashkilotlaridan chiqayotgan iflos oqavalar ham sababchi bo'ladi. So'nggi yillarda sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tufayli zovur-drinaj suvlarini miqdorini ko'payishi, zavod-fabrikalardan, transport va sog'lomlashtirish tashkilotlaridan va boshqa korxonalardan chiqayotgan iflos suv miqdorini ortishi, ularning daryolarga oqizilishi tufayli daryo suvining tabiiy holati buzilib, ifloslanib bormoqda. Daryo suvlarni ifloslanishi oqibatida, suvning tabiiy holati buzilib, yashil suvo'tlarining, baliqlarning kamayib ketishiga, sug'oriladigan yerlardagi ekinlarning o'sishiga va natija oqibatida kishilar salomatligiga salbiy ta'sir etmoqda. Hatto, sanoatlashgan joylardan oqib o'tadigan daryo suvlari tabiiy holda ichishga yaroqsiz bo'lib qoldi. Daryo suv boyliklarini bundan buyon toza saqlash uchun ekin-dalalardan chiqayotgan zovur-drinaj suvlarining iloji boricha tabiiy havzalarga tashlashni ma'n etish, zovur-drinaj suvlarini yig'ib, yirik daryolarga parallel magistral zovur qazib dengiz va ko'llarga oqizishga erishish, qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi biologik uslubda kurashishni joriy etish, zavod-fabrika, maishiy va boshqa korxonalardan chiqayotgan iflos oqava suvlarni tozalab, so'ng suv havzalariga tashlashga erishish zarur. Bu borada hozirda yurtimizda 4,2 mln. gektar yerni sug'orish va sho'rini yuvish uchun daryolardan yiliga 53-55 km3 suv olinmoqda. Qishloq xo'jaligi uchun olinayotgan 53-55 km3 suvning 80%i yerlarning sug'orishga sarflansa, qolgan 20%i tuproq sho'rini yuvishga sarflanmoqda. Hozir mamlakatimiz sanoat tarmoqlari, maishiy-kommunal xo'jaligi va boshqa sanoat sohalarni suvga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun daryolardan yiliga 7,5-8,0 km3 suv olinmoqda. O'sha suvning 15%i sarflansa, qolgan 85%i ifloslangan yoki qisman tozalangan holada tabiiy havzalarga qo'shilmoqda. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.26 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:31
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.26 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:31 ]
Arxiv ichida: ppt