Dastlabki ma'lumotlarni GIS uchun tayyorlash

Dastlabki ma'lumotlarni GIS uchun tayyorlash

O'quvchilarga / Geografiya
Dastlabki ma'lumotlarni GIS uchun tayyorlash - rasmi

Material tavsifi

Dastlabki ma'lumotlarni GIS uchun tayyorlash. Prezidentimizning 2007 yil 29 oktabrda qabul qilingan Yerlarning meliorativ hotatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi farmoni melioratsiya ishlarini jadallashtirishda muhim omil bo'lmoqda. Amu-Qashqadaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi gidrogeologlys - meliorativ ekspeditsiyasida O'zbekiston Respubliksi Moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan Sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg'armasi potensialini rivojlantirish loyihasi doirasida GIS texnologiyalari bo'yicha o'quv-amaliy seminar otkazildi. Unda Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari mutaxassislari ishtirok etdi. GIS (Geographic Information Systems) - bu geografik axborot tizimi bo'lib, uning yordamida atrofimizdagi obyektlar xaritalar ko'rinishiga keltirilib tasvirlanadi, ko'plab omillar va parametrlar bo'yicha tahlil qilinadi va bu ma'lumotlar asosida turli sohalar uchun prognozlar tayyorlanadi. GIS texnologiyalarini turli jabhalarda, xususan, neft va gaz sanoati, yer kadastri, muhandislik kommunikatsiyalari, ekologiya, qishloq xo'jaligi va boshqa tarmoqlarda samarali qo'llash mumkin. Biroq yaqin kunlargacha ushbu texnologiyalardan foydalanish ancha qimmat bo'lib, katta quvvatli kompyuterlar ishlatishni talab qilar edi. Elektron-hisoblash texnikasi taraqqiyoti GIS texnologiyalarining barcha sohalarga dadil kirib borishi uchun mustahkam zamin yaratdi. Mazkur texnologiyalarning yurtimiz qishloq xo'jaligi melioratsiyasi sohasida ham joriy qilinayotgani quvonarlidir. Yerlarning meliorativ holatini baholash va tahlil qilish uchun joylardagi gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari mutaxassislari meliorativ kadastr xaritalarini ishlab chiqar edi, - deydi Sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg'armasi potensialini rivojlantirish loyihasi milliy texnik koordinatori Po'lat Umarov. - Ushbu o'quv kursida mutaxassislarga taqdim etilayotgan ArcGIS dasturlar jamlanmasi xuddi shu vazifalarni juda tez va yuqori saviyada, zamonaviy talablar darajasida bajarish imkonini beradi. O'quvning dastlabki kunida sug'oriladigan yerlar melioratsiyasi sohasida axborot texnologiyalarini qo'llash bo'yicha taqdimot o'tkazilib, ArcGIS dasturiar jamlanmasining boshqa geografik axborot tizimlaridan ustunlik jihatlari namoyish etildi. ArcCatalog, ArcToolbox hamda ArcMap dasturlari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar tashkil qilindi. Ekin hosildorligi kam sho'rlangan erlarda 20 foiz, o'rtacha sho'rlangan maydonlarda 35-40 foiz, kuchli sho'rlangan erlarda 50-55 foizga kamayadi, - deydi Quyi Sirdaryo irrtgatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Sirdaryo viloyati gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyasi bosh muhandisi G'aybulla Xolbekov. - Prezidentimiz rahnamoligida erlarning meliorativ holatini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Biz - ekspeditsiya mutaxassislari har bir tumanga borib, dehqon va fermerlar uchun maxsus seminarlar o'tkazamiz, ularga erlarning meliorativ holati aks etgan xaritalarni etkazamiz va amaliy tavsiyalar beramiz. GIS texnologiyalarini qo'llasak, mana shu xaritalarni chizishga ketadigan vaqt tejalishiga, ishimiz sifati va samaradorligi oshishiga ishonch hosil qildik. GIS texnologiyalari melioratsiya sohasidagi ishlarni yangi pog'onaga ko'tarishga ko'maklashadi. GIS texnologiyalarida kartalarni tuzishda ma'lumotlar raqamlar ko'rinishida keltiriladi. Raqamlar 2 xil usulda - maxsus moslamalar yordamida kartografik materiallarni skanerlash va digitalizatsiya qilish, so'ngra vektorli ko'rinishga keltirish, yoki rastrli ma'lumotlarni vektorlash yo'li bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.12 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.12 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga