Davlat kadastrlari to'g'risida

Davlat kadastrlari to'g'risida

O'quvchilarga / Geografiya
Davlat kadastrlari to'g'risida - rasmi

Material tavsifi

«Davlat kadastrlari to'g'risida»gi qonunning mohiyati va mazmuni Ushbu qonunining maqsadi davlat kadastrlarini yuritish, kadastrga doir axborotni to'plash va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Davlat kadastrlari to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining davlat kadastrlari to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bulsa, xalqaro shartnoma qoidalari kullaniladi. Davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy kismi hisoblanadi hamda u davlat kadastri yuritiladigan tabiiy, xo'jalik obyekti yoki boshqa obyekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to'g'risidagi yangilanib turiladigan ma'lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat bo'ladi. Davlat kadastrlarining yagona tizimi O'zbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini ta'minlashga mo'ljallangan ko'p maqsadli axborot tizimi tarzida yaratiladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlvt kadastri bosh boshqarmasi davlat kadastrlarni yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi: -vazirliklar,davlat kumitalari,idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiklashtiradi; -Davlvt kadastrlari yagona tizimini yuritadi; -vazirliklar,davlat kumitalari va idoralarni tegishli davlat kadastrlarini yuritish uchun zarur bo'lgan kartografiya materiallari bilan belgilangan tartibda ta'minlaydi; -davlat kadastrlariyuritilishiga doir normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiklaydi; -mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil qilish. -qonun hujjatlariga muvofik boshqa vazifalarni amalga oshirishi. mahalliy davlat hokimiyati organlari: -kadastr obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ruyxatidan o'tkazishni tashkil etadilar; -davlat yer kadastrini,binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiradilar; -tegishli hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etadilar; -qonun hujjatlariga muvofik boshqa vakolatlarga oshiradilar Davlat kadastrlarini yuritish Davlat kadastrlarini yuritish tegishli vazirliklar, davlat kumitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat kadastrlarini yuritishga kuyidagilar kiradi: kadastr obyektlariga bo'lgan mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat ruyxatidan o'tkazish; kadastr obyektlarining miqdor va sifat tavsifini hisobga olish; kadastr obyektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash; kadastrga doir axborotni tizimga solish,saqlash va yangilab borish; kadastr obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzish; davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot takdim etish; foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastrga doir axborot bilan ta'minlash. Kadastr obyektlarining mulkdorlari hamda kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, davlat kumitalari,idoralar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, xukiy miqdor,sifat tavsiflari va bahosi to'g'risida,shuningdek ularning holatidagi joriy o'zgarishlar haqida axborot takdim etishlari shart. Davlat kadastrlarini yuritish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiklanadi. Davlat kadastrlarini yuritilishini moliyalashtirish davlat byudjeti tomonidan amalga oshiriladi. Kadastr obyektlariga bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.08 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.08 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga