Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT) - davlat kadastrlarining barcha turlarini birlashtiruvchi ko'p maqsadli axborot tizimidir. Quyidagilar Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiradi: davlat yer kadastri; konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri; davlat suv kadastri; davlat o'rmon kadastri; o'simlik dunyosi obyektlari davlat kadastri; hayvonot dunyosi davlat kadastri; qo'riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri; binolar va inshootlar davlat kadastri; davlat shaharsozlik kadastri; gidrotexnika inshootlari davlat kadastri; madaniy meros obyektlari davlat kadastri; avtomobil yo'llari davlat kadastri; temir yo'llar davlat kadastri; yetkazib berish quvurlari davlat kadastri; aloqa obyektlari davlat kadastri; energetika obyektlari davlat kadastri; chiqindilarni ko'mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri; tabiiy xavf yuqori bo'lgan zonalar davlat kadastri; texnogen xavf yuqori bo'lgan zonalar davlat kadastri; kartografiya-geodeziya davlat kadastri. Davlat kadastrlari yagona tizimiga qonun tomonidan belgilanadigan davlat boshqa kadastrlari ham kirishi mumkin. Davlat kadastrlari yagona tizimi O'zbekiston Respublikasi va uning alohida hududlarining tabiiy-iqtisodiy salohiyatini yagona umumdavlat jihatidan kompleks hisobga olishni va baholashni ta'minlash maqsadida yaratiladi va yuritiladi. Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi (Yergeodezkadastr davlat qo'mitasi) tomonidan amalga oshiriladi. Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish bilan bog'liq munosabatlar mazkur Nizom, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib boriladi. Davlat kadastrlari yagona tizimi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni ularning faoliyati uchun zarur bo'lgan barcha turdagi davlat kadastrlari axborotlari bilan tezkor ta'minlash uchun mo'ljallangan. Belgilangan tartibga muvofiq aniqlangan kadastrlar obyektlarining huquqiy maqomi to'g'risidagi ma'lumotlar, kartografiya-geodeziya materiallari, statistik hisobga olish ma'lumotlari, davlat kadastrlari ma'lumotlari Davlat kadastrlari yagona tizimining asosini tashkil etadi. Davlat kadastrlari yagona tizimi doirasida hududlarni kompleks baholash uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlar ham jamlanadi. Davlat kadastrlari yagona tizimida belgilangan chegaralarda har bir hisobga olingan yer yuzasi uchastkasi uchun uning jug'rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda tabiiy baholash, xo'jaliklar va boshqa kadastrlar obyektlari to'g'risida hujjatlashtirilgan ma'lumotlar bo'lishi kerak. Yer, konlar hamda foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari, suv, o'rmon, o'simlik va hayvonot dunyosi, alohida qo'riqlanadigan tabiiy hududlar, binolar va inshootlar, shahar va shaharchalar, gidrotexnika inshootlari, madaniy meros obyektlari, avtomobil yo'llari va temir yo'llar, yetkazib berish quvurlari, aloqa obyektlari, energetika obyektlari, chiqindilarni ko'mish va yo'q qilish joylari, texnogen xavf yuqori bo'lgan zonalar, geodeziya punktlari va Davlat kadastrlari yagona tizimi masalalarini hal etish uchun zarur bo'lgan boshqa obyektlar Davlat kadastrlari yagona tizimining obyektlari hisoblanadi. Vazirlar Maxkamasining 16.02.2005 yil № 66 karoriga binoan Davlat Kadastrlari yagona tizimiga kuydagilar ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.63 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.63 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:31 ]
Arxiv ichida: doc