Davlat kadastrlarining yagona tizimida yer kadastrining o'rni, vazifasi va ahamiyati

Davlat kadastrlarining yagona tizimida yer kadastrining o'rni, vazifasi va ahamiyati

O'quvchilarga / Geografiya
Davlat kadastrlarining yagona tizimida yer kadastrining o'rni, vazifasi va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Davlat kadastrlarining yagona tizimida yer kadastrining o'rni, vazifasi va ahamiyati Reja: Davlat yer kadastrining turlari, tamoyillari va hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 iyuldagi «O'zbekiston Respublikasi davlat kadastrlari Yagona tizimini tashkil etish hamda uni yuritish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» gi 255-sonli qaroriga binoan bugungi kunda Respublikada qator rivojlangan xorijiy davlatlardagi singari davlat kadastrining yagona tizimi yaratilmoqda. Davlat kadastrining yagona tizimi (DKYaT) - bu barcha turdagi davlat va tarmoq kadastrlarini yagona tamoyil asosida birlashtiruvchi ko'p qirrali informatsion tizim hisoblanadi. DKYaT yer yuzasining har bir hisob-kadastr uchastkasi bo'yicha ularning geografik holatini, huquqiy hamda xo'jalik statusini yoritgan holda yer, suv, o'rmon, qazilma boyliklar, o'simliklar va hayvonot dunyosi, ko'chmas mulk va boshqa tabiiy, shuningdek xo'jalik resurslari to'g'risidagi hujjatlashtirilgan ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Bunday takomillashgan tizim asosan O'zbekiston Respublikasining tabiiy iqtisodiy salohiyatini umumdavlat nuqtai nazaridan majmuali tarzda hisob kitob qilish va baholashni ta'minlash maqsadida yaratiladi hamda yuritiladi. Yer uchastkalari va obyektlarning huquqiy holatlari to'g'risidagi ma'lumotlar, belgilangan tartibga mos holda aniqlangan tarmoq kadastrlarining ma'lumotlari DKYaT ning asosini tashkil etadi. DKYaT asosan davlat boshqaruv tizimini, yuridik hamda jismoniy shaxslarni ularning faoliyatlari uchun zaruriy ma'lumotlar hamda hududlar va ko'chmas mulk to'g'risidagi ma'lumotlar bilan tezkorlikda ta'minlashga mo'ljallangan. Uning ma'lumotlari davlat boshqaruvining barcha tizimlari, yuridik hamda jismoniy shaxslar, shu jumladan, chet el fuqarolari uchun zaruriy kuchga egadir. Kadastr hujjatlari mulkchilik hamda xo'jalik yuritishning barcha shakllarining obyektlari to'g'risidagi birlamchi huquqiy iqtisodiy va texnik ma'lumotlar sifatida qabul qilinishi zarur. DKYaT ning obyektlari quyidagilardir: tabiiy resurslar (yer, suv, o'rmon, yer osti qazilma boyliklari va boshq.); binolar va inshoatlar, transport va muhandislik kommunikatsiyalari; geodezik tarmoqlar punktlari; DKYaT vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan obyektlar; DKYaT ning obyektlari to'g'risidagi ma'lumotlar Respublika bo'yicha qo'yidagicha yagona texnologik asosida qaraladi: davlat yer kadastri bo'yicha - joylardagi davlat hokimiyati tizimi, qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tizimi tomonidan; davlat suv kadastri bo'yicha - gidromelioratsiya bo'yicha Bosh boshqarma (tabiiy suv manbaalari), geologiya va mineral resurslar Davlat qo'mitasi (yer osti suvlari), qishloq va suv xo'jaligi vazirligi (suv resurslaridan foydalanish va erlarning meliorativ holati); davlat o'rmon kadastri bo'yicha - qishloq va suv xo'jaligi vazirligi (o'rmonchilik Bosh boshqarmasi); davlat yer osti qazilma boyliklari kadastri bo'yicha - geologiya va mineral resurslar Davlat qo'mitasi; alohida muhofaza qilinadigan hududlar bo'yicha - tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi va Fanlar Akademiyasi; hayvonot dunyosi, o'simliklar dunyosi bo'yicha - Fanlar Akademiyasi; ko'chmas mulk kadastri bo'yicha - joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo'mitasi; davlat qurilish kadastri bo'yicha - joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda arxitektura ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.97 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.97 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga