Davlat kadastrlarining yagona tizimini yuritish tartiblari Davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy kismi hisoblanadi hamda u davlat kadastri yuritiladigan tabiiy, xo'jalik obyekti yoki boshqa obyekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to'g'risidagi yangilanib turiladigan ma'lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat bo'ladi. Davlat kadastrlarining yagona tizimi O'zbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini ta'minlashga mo'ljallangan ko'p maqsadli axborot tizimi tarzida yaratiladi. Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan davlat kadastrlarining axborotini takdim etish tartibi. Yer, foydali kazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar, hayvonot dunyosi,alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar texnogen hosilalar, suvlar, urmonlar, o'simliklar va hayvon dunyosi, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni texnogen xavfi yuqori bo'lgan chegaralar ishlab chiqarish va istemol chiqindilarini kumib tashlash va utillashtirish joylari, binolar va inshootlar, geodeziya punktlari, avtomobil yo'llari va temir yullar, transport va muhandislik kommunikatsiyalari davlat kadastrlarining obyektlari hisoblanadi. qonunda davlat kadastrlarining boshqa obyektlari xam nazarda tutilishi mumkin. Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari kuyidagilardan iborat: -Kadastr obyektlarining xar bir turi bo'yicha O'zbekiston Respublikasining butun hududini tula kamrab olish: -fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo'llash: -kadastrga doir axborotni shakllantirish uslubiyatininig yagonaligi: -kadastrga doir axborotning anikligi: -kadastrga doir axborotning xamma Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, maxsus vakolatli organ va maxaliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat kadastrlarini yuritish tegishli vazirliklar, davlat kumitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat kadastrlarini yuritishga kuyidagilar kiradi: kadastr obyektlariga bo'lgan mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat ruyxatidan o'tkazish; kadastr obyektlarining miqdor va sifat tavsifini hisobga olish; kadastr obyektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash; kadastrga doir axborotni tizimga solish,saqlash va yangilab borish; kadastr obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzish; davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot takdim etish; foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastrga doir axborot bilan ta'minlash. Kadastr obyektlarining mulkdorlari hamda kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, davlat kumitalari, idoralar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, xukiy miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to'g'risida, shuningdek ularning holatidagi joriy o'zgarishlar haqida axborot takdim etishlari shart. Davlat kadastrlarini yuritish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiklanadi. Davlat kadastrlarini yuritilishini moliyalashtirish davlat byudjeti tomonidan amalga oshiriladi. Kadastr obyektlariga bo'lgan hujjatlarni davlat ruyxatidan o'tkazish. Kadastr obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ruyxatidan o'tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo'lgan huquqlari davlat tomonidan etirof etilishi va tasdiklanishining yuridik hujjati hisoblanadi. Kadastr obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ruyxatidan o'tkazish hujjatlar bilan tasdiklangan axborotlarni davlat reestrlariga kiritish yo'li bilan amalga oshiriladi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.55 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.55 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:31 ]
Arxiv ichida: doc