Davlat o'rmon kadastrini yuritish

Davlat o'rmon kadastrini yuritish

O'quvchilarga / Geografiya
Davlat o'rmon kadastrini yuritish - rasmi

Material tavsifi

Davlat o'rmon kadastrini yuritish Reja: 1. Davlat urmon kadastri to'g'risida umumiy tushuncha, uning mohiyati va mazmuni 2. Davlat urmon kadastrining asosiy vazifalari 3. Davlat urmon kadastrini yuritishning uslubiy masalalari 1. Davlat urmon kadastri to'g'risida umumiy tushuncha, uning mohiyati va mazmuni O'rmon to'g'risidagi qonun hujjatlarining vazifalari o'rmonlarni muhofaza qilish, qo'riqlash, ulardan oqilona foydalanish, takroriy ko'paytirishni ta'minlash hamda o'rmonlar mahsuldorligini oshirish maqsadida o'rmonga oid munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini muhofaza qilishdan iborat. Davlat o'rmon kadastrining mazmuni. Davlat o'rmon kadastri quyidagi ma'lumotlardan iborat: Urmon hududidagi erlarning huquqiy nizomi ; Urmon xo'jaliklarini kayd qilish; Urmonlarni ugodyalarni himoyalash kategoriyasi bo'yicha urmon fondi maydonlarining tarkibi; Urmonlarning son va sifat jihatidan holati; Urmonlarninig iqtisodiy baholanishi; Urmonlarni qayta tiklash uchun mo'ljallangan yer maydoni; Davlat manfaati maqsadlari uchun mo'ljallangan urmon maydonlari (massivlari) maydoni; Urmon maydonlarini taksimlash; Urmon o'simliklarining turi, holati; Bonitet klassi va tuliklik guruhi bo'yicha urmon maydonlarini taksimlash; Urmon xo'jaligi fondida joylashgan alohida himoya qiluvchi tabiiy hudud; Urmon resurslarini ijtimoiy ekologik baholash; Davlat urmon kadastri ga urmon resurslarining baho tavsifi, ularni kompleks baholash uchun kerak bo'lgan barcha zarur tavsiflari. yuqoridagi bandlar Davlat urmon kadastri ning mazmuninini belgilaydi. O'rmonlar asosan ekologik (suvni muhofaza qilish, qo'riqlash, sanitariya-gigiyena, sog'lomlashtirish, rekreatsion), estetik va boshqa vazifalarni bajarishda, cheklangan darajadagi foydalanish ahamiyatiga ega. O'rmonlar davlat mulki - umummilliy boylik bo'lib, ulardan oqilona foydalanish lozim hamda ular davlat tomonidan qo'riqlanadi. Hamma o'rmonlar davlat o'rmon fondini tashkil etadi. O'rmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek o'rmon bilan qoplanmagan, ammo o'rmon xo'jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar o'rmon fondi yerlari hisoblanadi. O'rmon fondi erlarining chegaralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. O'rmon fondi yerlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, foydalanish uchun, shu jumladan ijaraga berilishi mumkin. Davlat o'rmon fondi uchastkalari davlat o'rmon fondining bir qismi bo'lib, ularning muayyan chegarasi, maydoni, joylashgan manzili, huquqiy rejimi qayd etilgan hamda chizma-kartografik materiallarda ko'rsatilgan bo'ladi. O'rmonlarni muhofaza qilish, qo'riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko'paytirish sohasidagi davlat boshqaruvi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O'zbekiston Respublikasi Davlat o'rmon qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Davlat o'rmon qo'mitasi va uning joylardagi organlari davlat o'rmon xo'jaligi organlari hisoblanadi. O'rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasida quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi: o'rmonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo'yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish; davlat o'rmon fondini tasarruf etish; o'rmonlarning qo'riqlanish toifalarini aniqlash tartibini belgilash; o'rmondan foydalanganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlarini belgilash; o'rmonlarni muhofaza qilish, qo'riqlash, ulardan foydalanish va ularni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.27 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.27 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga