8-sinf geografiya darsligi asosida 26-mavzu: DEHQONCHILIK Qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining yarmidan ortiqrog'i dehqonchilikdan, qolgani esa chorvachilikdan olinadi. Dehqonchilikda tuproq-iqlim sharoiti qat'iy hisobga olinadi. Dehqonchilik dalachilik, bog'dorchilik va uzumchilikdan iborat. Ekin turlari bo'yicha don ekinlari, texnika ekinlari, yem-xashak, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari xo'jaliklariga bo'linadi. Ekinlar hosiliga o'simlikning vegetatsiya davri, yorug'lik, issiqlik va namlikning yalpi miqdori ta'sir ko'rsatadi. Vegetatsiya davri - sutkalik o'rtacha harorat +5 darajadan kam bo'lmagan kunlar. O'zbekistonda sug'orib dehqon chilik qilish keng tarqalgan. Sug'oriladigan yerlar mamlakat yer boyliklarining 9,2 foizini tashkil etsada, qishloq xo'jaligida yetish tiriladigan yalpi mahsulotning 98,5 foizi shu yerlarda yetishtiriladi. Dehqonchilikda paxtachilik katta o'rin egallaydi (56-rasm). O'zbekistonda asosiy texnik ekin bo'lgan paxta qishloq xo'jaligining deyarli barcha sohalari va sanoatning ko'pgina tarmoqlari yuksalishining bosh omilidir (57-rasm). Paxta barcha texnik ekin maydonlarining katta qismini egallaydi. Paxtachilik yuksala borgani sari iqtisodiyotning turli tarmoqlari bilan uning ishlab chiqarish aloqasi kengayib, paxtachilik majmuasi vujudga keldi. Paxta beda, makkajo'xori va sholi bilan almashlab ekilsa, tuproq tarkibi yaxshilanadi, uning sho'ri kamayadi, paxta kasallikka chalinmaydi. Beda, makkajo'xori eqilishi tufayli chorva mollari uchun ozuqa ham olinadi. Ayni vaqtda donli ekinlar ekishni rivojlantirishga ham katta e'tibor berilmoqda. Mustaqillikka qadar jami ekin maydonining 20 foiziga yaqin qismida donli ekinlar ekilgan bo'lsa, endilikda donli ekinlar maydonlari hissasi 50 foizdan oshdi. Natijada mamlakatimiz don musta-qilligini ham qo'lga kiritdi. Donning asosiy qismini bug'doy, arpa, sholi, makkajo'xori va oq jo'xori tashkil qiladi. Bug'doy va arpa ko'proq bahorikor yerlarga ekiladi. Qishning yumshoq va nam kelishi hamda bahorgi yog'ingarchilik kuzgi g'alla uchun qulay sharoit yaratadi. Bug'doyning kuzgisi lalmi bug'doyga qaraganda serhosil bo'ladi (58-rasm). Donli ekinlar yetishtirishda sholikorlik ham kattagina o'rin tutadi. Sholi vegetatsiya davri uzoq, serquyosh, suv ga mo'l yerlarda yaxshi o'sadi. U hosildorlik jihatidan faqat makkajo'xoridan keyin turadi. Sholi Xorazm, Qora-qalpog'iston Respublikasi va Toshkent viloyatida, Zarafshon va Farg'ona vodiylarida ko'p ekiladi. Amudaryo quyi oqimi sohillaridagi unumdor qo'riq yerlarni ishga solish va ularni sug'orish uchun suv boyligidan foydalanish ko'plab sholi yetishtirish imkonini bermoqda. Endilikda yetishtirilgan guruchni chetga eksport qilish imkoniyati tug'ildi. O'zbekistonda ko'p yillik taran (teri oshlashda ishlatiladigan xomashyo), zig'ir, kunjut, maxsar, tamaki ham o'stirilmoqda. Sabzavotchilik, kartoshkachilik va polizchilik deyarli barcha viloyatlarda rivojlangan. U Toshkent, Samarqand, Andijon kabi yirik shaharlar atrofida katta maydonlarni egallaydi. O'zbekiston qovunlari xush bo'y va shirinligi bilan qadimdan mashhur. Ular Xorazm, Buxoro, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog'istonda ko'plab yetishtiriladi. Bog'dorchilik va uzumchilik tabiiy sharoit, xalqning asrlar bo'yi to'plagan boy tajribasiga muvofiq har bir viloyatda alohida tarmoq sifatida ixtisoslashgan. Quva (Farg'ona viloyati) va Dashnobod (Surxondaryo viloyati) anorlari, Andijon ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:10:20
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
10.01 MB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:31
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:10 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
10.01 MB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:31 ]
Arxiv ichida: ppt